Qadimgi rim italiya madaniyati
Download 28.02 Kb.
|
QADIMGI RIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rim – Italiyada ilmiy bilimlar.
- Miloddan avvalgi II–I asrlarda
- Qadimgi Rim – Italiyada tarixnavislik.
- Tit Liviy
QADIMGI RIM – ITALIYA MADANIYATI Reja: Qadimgi Rim – Italiya yozuvi va kitoblari. Qadimgi Rim san`ati va diniy e`tiqodi Qadimgi Italiya tibbiyoti. 1. Qadimgi Rim – Italiya yozuvi va kitoblari. Qadiragi Rim – Italiya o`ziga xos madaniyat yaratib jahon madaniyati xazinasiga katta hissa qo`shgan mamlakatdir. U madaniyat qo`shni yunon va sharq xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lgan holda vujudga kelgan. Italiya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yozuv moddiy madaniyatning bir turi bo`lib, u lotin va etrusklar madaniyatining bevosita davomi hisoblanadi. Etrusk, osk va lotin yozuvlari miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda yaratilgan edi. Bu yozuvlar tosh, sopol, teri va boshqa narsalarga yozilgan. Ammo qadimgi Rim yozuvlari ancha murakkab bo`lib, u hanuzgacha yaxshi o`rganilgan emas. Keyinchalik Italiya qabilalari yunonlardan olingan Finikiya yozuvi asosida tuzilgan yozuvni qabul qilganlar. Bu yozuv keyinchalik lotin alifbosi nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Lotin yozuvi hozirda dunyoning ko`p mamlakatlarida qo`llaniladi. Italyanlar lotin alifbosida kitoblar yaratganlar. 2. Rim – Italiyada ilmiy bilimlar. Italiyaliklar yunonlar kabi fizika, matematika, dengizda suzish, astronomiya, gidrotexnika va agronomiya (qishloq xo`jaligi) fanlariga juda qiziqqanlar. Italiya olimlari me`morchilik, gidrotexnika va agronomiyadan dastlabki qo`llanmalar yaratganlar. Rim astronom ustalari quyosh va suv soatlarini kashf etib, ulardan foydalanganlar. Ilgari ma`lum bo`lgan kalendar – taqvimlarni qayta ishlab, takomillashtirganlar. Miloddan avvalgi II–I asrlarda Italiyada falsafiy asarlar yaratilgan. Bu jihatdan miloddan avvalgi 99–55-yillarda yashab ijod etgan Lukretsiy Karning asarlari diqqatga sazovordir. U «Buyumlar xislati haqida» kitobida dunyo, odamlar, hayvonlar va narsalarning paydo bo`lishi to`g`risida ko`p ma`lumot yozib qoldirgan. U yunon olimlari Demokrit va Epikurlar izidan borib, dunyodagi barcha narsalar atom zarralaridan tuzilgan, – deb ta`kidlaydi. Odamlar, deydi u tabiat hodisalaridan qo`rqib xilma-xil xudolarga e`tiqod qilishni vujudga keltirganlar. Odamlar kashf etgan olov, ma`danlar va ulardan yasalgan qurollar, yozuv, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va boshqa narsalar xudolar in`omi emas, balki odamlar mehnatining natijasidir, – deb yozgan edi. Lukretsiy o`sha zamondagi diniy e`tiqodlarni inson tafakkurini jilovlab turadigan yuganga o`xshatadi. U o`z asarida tabiat, jamiyat va kishilar hayotida sodir bo`ladigan voqealarni sodda, ilmiy tilda tushuntirib berishga harakat1 qilgan. -Qadimgi Rim – Italiyada tarixnavislik. Qadimgi Rim – Italiya o`zining ko`p asrlik tarixiga ega. Bu diyorda ko`p tarixchilar yetishib chiqishgan. Qadimgi Rimning o`tmish tarixi bilan shug`ullangan tarixchilar qatoriga Tit Liviy, Polibiy, Yuliy Sezar, Galikarnas, Dionisiy, Yusuf Flaviy, Korneliy, Tasit, Appian, Dion Kassiy Katton, Varron va boshqalarni kiritish mumkin. Avgust davrining (44–14) mashhur tarixchilaridan biri Tit Liviy bo`lib, u 142 jilddan iborat «Rimning ta`sis qilingandan keyingi tarixi» nomli asarini yaratgan. Download 28.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling