Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari


Download 1.15 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1539701
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdualimova Saodat

Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari

Tayyorladi: Abdualimova Saodat

Qadimgi Xitoydagi ilmiy iqtisodiy qarashlarning avj olgan davri eramizdan avvalgi VI-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari eramizdan avvalgi II ming yillikda paydo bo‘lgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Xitoyda Konfutsiy ta’limoti juda katta rol o‘ynadi. Bu ta’limotning asoschisi Konfutsiy (ilmiy asarlarda shunday yoziladi) yoki Kun-Szi (eramizdan avvalgi 551-479-yillar)dir. Uning asosiy ilmiy qarashlari “Lun-yuy” (“Suhbat va muhokama”) to‘plami bo‘lib, u shogirdlari tomonidan to‘plangan. Uning davrida yirik zodagonlar ta’siri ancha kamayib, jamiyatda parokandalik hukm surmoqda edi. Uni bu holatdan chiqish va kelajakni poklash uchun o‘tmishni yaxshiroq o‘rganishga chaqirdi; ana shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qildi. Konfutsiy mamlakatning kelajagi uchun, o‘tmishini ko‘proq bilishni o‘zining ijtimoiy oliy maqsadi deb bildi.

  • Qadimgi Xitoydagi ilmiy iqtisodiy qarashlarning avj olgan davri eramizdan avvalgi VI-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari eramizdan avvalgi II ming yillikda paydo bo‘lgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Xitoyda Konfutsiy ta’limoti juda katta rol o‘ynadi. Bu ta’limotning asoschisi Konfutsiy (ilmiy asarlarda shunday yoziladi) yoki Kun-Szi (eramizdan avvalgi 551-479-yillar)dir. Uning asosiy ilmiy qarashlari “Lun-yuy” (“Suhbat va muhokama”) to‘plami bo‘lib, u shogirdlari tomonidan to‘plangan. Uning davrida yirik zodagonlar ta’siri ancha kamayib, jamiyatda parokandalik hukm surmoqda edi. Uni bu holatdan chiqish va kelajakni poklash uchun o‘tmishni yaxshiroq o‘rganishga chaqirdi; ana shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qildi. Konfutsiy mamlakatning kelajagi uchun, o‘tmishini ko‘proq bilishni o‘zining ijtimoiy oliy maqsadi deb bildi.

U urug‘chilik, aslzodalik pozitsiyasini himoya qildi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash uchun u ma’naviy poklanish dasturini ilgari surdi. Chunki o‘sha davrda Xitoyda temirni qayta ishlash kuchayib, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida savdo va savdogarlarning jamiyatda ta’siri ortdi. Hukmron sinf ichida sinfiy bo‘linish vujudga keldiki, yirik avloddan-avlodga o‘tuvchi aristokratiya bilan yosh yangi aristokratiya o‘rtasida adovat kuchaydi. Aynan shu davrda bu qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intiluvchi mafkura (ideologiya) sifatida konfutsiychilik maydonga keldiki, bu ta’limot quldorlik tuzumini himoya qilib “tabiiv huquq” g‘oyasini ilgari surdi. Bu ta’limotga ko‘ra, Xudo olamni yaratuvchidir. Ammo xudo ijtimoiy hayotga aralashmaydi, chunki jamiyat tabiiy qonunlar asosida rivojlanadi. Uni bilib olish esa Xudo bergan aqlga bog‘liq, u esa fiiqarolik qonunlari bilan himoyalanadi. Bu ta’limot asrlar davomida Xitoyda o‘rganilib kelinmoqda.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling