Qadimiy tarixiy nomlar xalq tarixining o‘ziga xos darakchilaridir
Download 39.5 Kb.
|
Хулоса ва такризлар (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: N.R.Klichov QDU O’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti
- X U L O S A S I
- Ilmiy rahbar: f.f.n., dots. M.Xudayarova
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi 5A111201 - O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligini bitiruvchisi Yusupov San’at Shuxratovich «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga T A Q R I Z Qadimiy tarixiy nomlar xalq tarixining o‘ziga xos darakchilaridir. Atoqli otlar, o‘zida lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, geofizik, etikaviy va hattoki arxeologik ma'lumotlarni ham mujassam qilgan bo‘ladi. Atoqli otlar qadimiy ajdodlarimiz bizga qoldirgan buyuk madaniy lisoniy merosdir. Bu merosda xalqimizning tarixiy xotirasi o‘z ifodasini topgan. Shu sababli keyingi yillarda o‘tmish davrlarga oid tarixiy nomlarni tiklash va asrashga doir harakatlarning kuchayganligi seziladi. Ana shu nazardan qaraydigan bo‘lsak, Yusupov San’at Shuxratovichning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilayotgan dissertatsiyasi mavzusi va uning mazmun-mohiyati nihoyatda dolzarbdir. Dissertatsiya kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashqari o‘zaro ichki bog‘liqlikdagi fasllar bilan aloqador uchta bobdan iborat bo‘lib, kirish qismida dissertatsiyaning umumiy tavsifi, tadqiqot mavzusining asoslanishi va dolzarbligi, ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, asosiy masalalari va farazlari, mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha bayon qilingan. S.Yusupov tadqiqotning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» - birinchi bobida O‘zbek onomastikasida toponimlarni o‘rganishning nazariy masalalari deb nomlanib, O‘zbek toponimikasining o‘rganilish tarixi va asosiy muammolari, Nekronimlar toponimikaning mustaqil sohasi sifatida degan bo‘limlardan iborat qilib belgilangan. Dissertatsiyaning “Nekronimlarning leksik-semantik mavzuviy guruhlari”- ikkinchi bobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan nekronimlar haqida atroflicha tahlil etilib, xulosalar chiqarilgan. Xullas, Yusupov San’at Shuxratovichning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi 5A111201 - «O‘zbek tili va adabiyoti» magistratura mutaxassisligi shifriga to‘la javob beradi va uni eng a’lo darajada bajarilgan ishlar qatorida baholashga arziydi, deb hisoblayman. Taqrizchi: N.R.Klichov QDU O’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi 5A111201 - O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligini bitiruvchisi Yusupov San’at Shuxratovichning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbar X U L O S A S I Yusupov San’at Shuxratovichning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun taqdim etilayotgan dissertatsiyasi mavzusi, tuzilishi va mazmun-mohiyati, qo‘yilgan maqsad hamda vazifalarni yoritishili jihatidan talab darajasida bajarilgan. Dissertatsiya kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, uchta bobdan tashkil topgan hamda boblar fasllarga ajratilgan. Tadqiqot «O‘zbek onomastikasida toponimlarni o‘rganishning nazariy masalalari», «Nekronimlarning leksik-semantik xususiyatlari», «Nekronimlarning grammatik xususiyatlari» deb nomlangan boblarga ajratilib, ularda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan nekronimlar haqida atroflicha tahlil etilib, xulosalar chiqarilgan va ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Umuman olganda, Yusupov San’at Shuxratovichning «O‘zbek tilida nekronimlarning lingvistik xususiyatlari (Qoraqalpog‘iston hududi misolida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi 5A111201 - «O‘zbek tili va adabiyoti» magistratura mutaxassisligi shifriga to‘la javob beradi, yakunlangan va xulosalangan ish sifatida rasmiy himoyaga tavsiya qilaman. Ilmiy rahbar: f.f.n., dots. M.Xudayarova Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling