Badiiy matnlarning lingvopoetik tadqiqi masalalari


Download 14.21 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.21 Kb.
#1565621
Bog'liq
Akramova xulosa.


Akramova Nilufar A’zamjon qizining “Badiiy matnlarning lingvopoetik tadqiqi masalalari” mavzusidagi 70230101- Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbar f.f.f.d D.S.Turdaliyevaning
XULOSASI
Men Akramova Nilufar A’zamjon qizining “Badiiy matnlarning lingvopoetik tadqiqi masalalari” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun 2021-2022 va 2022-2023 o`quv yillari davomida yozilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlikni olib bordim. Ishning ilmiy bajarilishi davomida Akramova Nilufar 2021-2022 o`quv yili boshida tuzilib, tasdiqlangan reja bo`yicha muntazam ish olib bordi. U o`tgan vaqt davomida dissertatsiyasi yuzasidan men topshirgan vazifa va ko`rsatmalarni bajarishga harakat qildi. Men ilmiy rahbar sifatida ishni kuzatib, kerakli maslahatlarni berib bordim. Magistrlik dissertatsiyasi yakunlangandan so`ng, men ishni ko‘rib chiqdim.
Akramova Nilufarning ilmiy izlanishida uning mavzusi dolzarbligi ochib berilgan, maqsadi, vazifalari, predmeti, obyekti, materiali, tahlil metodlari, ilmiy yangiliklari, ilmiy va amaliy qiymati talab darajasida yoritilgan. Shuningdek, mavzu turli tizimli tillarda ya’ni, o‘zbek va ingliz tillarida badiiy matnlarning lingvopoetik tahlili qiyosiy tahlil asosida ham ochib berilgan. Dissertatsiyadagi fikr va mulohazalar o`zbek va ingliz tillaridagi misollar yordamida yanada boyitilgan.
Shuning bilan birga, dissertatsiya bir qator xato va kamchiliklardan xoli emas. Ishda bir qator orfografik xatolar ham mavjud. Havolalar va adabiyotlar ro‘yhatini qayta ko‘rib chiqish zarur. Ammo bu kamchiliklar juz’iy kamchiliklar bo‘lib, ishning qimmatiga putur yetkazmaydi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslangan holda Akramova Nilufar A’zamjon qizining “Badiiy matnlarning lingvopoetik tadqiqi masalalari” mavzusidagi 70230101-Lingvistika(Ingliz tili) mutaxassisligi bo’yicha mazkur magistrlik dissertatsiyasini Magistratura bo`limi va Chet tillari fakulteti Ingliz tili kafedrasi huzurida dastlabki himoya qilinishiga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
D.S.Turdaliyeva
Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling