1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Download 328.62 Kb.
bet1/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI


1-mavzu. FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI


1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli
1. «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingan bo’lib lug’aviy ma’noda «donishmandlikni sevish»fileo» – sevaman, «sofia» – donolik) degan mazmunni anglatadi. Bu so’z dastlab taxminan eramizdan oldingi VII asrda yashagan taniqli matematik olim Pifagor tomonidan ishlatilgan va Yevropa madaniyatiga qadimgi yunon faylasufi Aflotun (mil.avv. 427-347 yy.) asrlari orqali kirib kelgan. Abu Nasr Forobiy «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi haqida» nomli asarida «falsafa» atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. Demak,«falsafa» va «filosofiya» atamalari bir xil ma’noga ega bo’lib,uning kelib chiqqan makoni qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Ular barcha ilm-amal sohalarini filosofiya deb atashgan va « barcha fanlarning otasi» sifatida e’tirof etishgan. Bugungi kunda ham katta ilmiy yutuqlarni Erishgan ilm ahliga,masalan, «matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori», «tibbiyot bo’yicha falsafa fanlari doktori» kabi ilmiy unvonlar berilib,uning «otalik» maqomi ajdodlardan avlodlarga o’tgan holda saqlanib kelinmoqda.
Falsafani o’rganish «dunyoqarash» tushunchasining mazmunini bilib olishdan boshlanadi. Dunyoqarashda butun olamning mohiyati va xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar va ularnnng yechimi to’g’rida fikrlar yuritiladi. Bu muammolar olamning kelib chiqishi va uning nechtaligi, strukturasi va tashqi shakli, o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlari, katta-kichikligi va nimadan tashkil topgani va shu kabi murakkab ilmiy-nazariy masalalarni o’z ichiga oladi.
2. Dunyoqarash tushunchasi. Har bir insonning o’zini o’rab turgan turfa olam – dunyoga nisbatan qarashlari bo’ladi. O’zbek tilida «Dunyo» [arabcha–jahon, olam] so’zi quyidagi:”1) butun borliq; koinot, olam; 2) borliqning, mavjudotning ayrim bo’laklari yig’indisi, to’plami; 3) jonli tabiatning ayrim qismlari, ular yashaydigan muhit; 4) ijtimoiy hayot yoki turmushda yuz bYergan (mavjud bo’lgan) holatga nisbatan, unga qarama-qarshi bo’lgan boshqa bir holat; 5) atrofimizni o’rab turgan butun mavjudot; atrof muhit; 6) Yer yuzi va undagi barcha odamlar, insoniyat; 7) Yer yuzi, undagi barcha qit’alar, mamlakatlar; 8) hayot, tiriklik; 9) kishilarning ma’naviy,ruhiy olami,hayoti; 10) ma’lum bir im-fan,kasb-hunar,ijtimoiy hodisa sohasi; 11) ma’lum bir ijtimoiy tuzumga,o’ziga xos madaniy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo’lgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud bo’lgan davr; 12) boylik, davlat”1,– degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Demak, dunyoqarash – bu «dunyo» so’zidan olingan bo’lib, individ, shaxs, katta va kichik jamoalar, elat, millat, xalqlarning – butun dunyoga, unda o’zining egallagan o’rniga, atrofidagi real voqelikka, ularning ayrim voqea-hodisalariga bo’lgan ilmiy, mafkuraviy, ma’naviy, ilohiy qarashlar tizimidir. Falsafiy adabiyotlarda ko’pincha «dunyo» va «olam» atamalari sinonim so’zlar sifatida qo’llaniladi. Chunki, «olam» so’zi ham arabcha bo’lib, odatda dunyo, jahon; koinot; xalq, omma ma’nosini anglatadi2.
Dunyoqarash bu shunchaki olam to’g’risidagi qarashlar tizimidan iborat emas, balki unda odamzod ongu-tafakkurining o’ziga xos bo’lgan o’zini o’zi anglash shakli ham, demakdir. Bunda «odam – olam » munosabatlari dunyoqarashning asosiy masalasini tashkil qiladi. Shunga ko’ra dunyoqarash – inson ongining muhim atribut3laridan biri hisoblanadi. Yevropa olimlarining fikriga ko’ra «Dunyoqarash» tushunchasini birinchi bo’lib nemis mumtoz faylasufi Immanuil Kant ilmiy bilimlar tizimiga kiritgan, emish.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling