1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»
Dunyoqarashning tarixiy tiplari
Download 328.62 Kb.
|
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shunday qilib
9. Dunyoqarashning tarixiy tiplari. Falsafa ilmida dunyoqarash asosan uchta tarixiy tip8ga ajratilib tadqiq qilinadi.
Bularga quyidagilar kiradi: 1. Mifologik dunyoqarash. 2. Diniy dunyoqarash. 3. Falsafiy dunyoqarash 1. Mifologik dunyoqarash va unga xos bo’lgan xususiyatlar. Mifologik dunyoqarash inson va jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlariga xos bo’lib, ma’naviy madaniyatning alohida shakli sifatidagi mifologiya bilan bog’liq, uning vositasida qurshab turgan dunyoni va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish amalga oshiriladi. Mifologik ong o’zining sinkretikligi9 – qorishiqligi, birlashganligi, qism va bo’laklarga ajralganligi bilan farqlanadi. Afsonalarda diniy ishonch, ilmiy bilimlar kurtaklari, falsafa, san’at, siyosiy va ijtimoiy qarashlar murakkab tarzda o’ylab topilib, talqin qilinadi. Afsonalarning ifodalanish shakllari ko’pincha sezgi-shoirona tarzda bo’lib,ularda aql-idrok tushunchasi ham shakllanmagan bo’ladi. Afsonalarda taqqoslash, kinoya, o’xshatish, ishoralardan tez-tez foydalaniladi. Ijtimoiy hayotda faqat ijtimoiy voqelikni anglash va maqsadli takomillashtirish, shunchaki an’analarga, marosimlarga, qaror topgan xulq-atvor me’yorlari va qadriyatlarga tayanish mifologik ongga xosdir. Shu bilan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va tartibga solish amalga oshiriladi. Insonning madaniy yutuqlari, dunyo va insonning kelib chiqish masalalari, tarixiy voqealar, hayot va o’lim masalasi, yaxshilik va yomonlik, shuningdek, abadiy falsafiy muammolar, inson va dunyoning kelajagini bilishga intilish mifologiyaning predmeti hisoblanadi. Ilk mifologiya xayoliy (bolalarcha) yarim xayoliy dunyoqarash sifatida baholandi, unda tarqalgan fikrlarga binoan, real voqelik g’alati qiyshiq oynadagiday buzib ko’rsatilgan bo’ladi. Hozirgi tadqiqotchilar bunday bir tomonlama baholashdan chekinib, miflarni ilk, ba’zan xayoliy hodisa sifatida, lekin borliqni bilishda unumli va chuqur urinish sifatida qarashmoqda. Hozirgi davrda mifologik dunyoqarash qoloq xalqlar o’rtasida hukmronlik qilmoqda. Bir shakldan boshqa shaklga o’tgan mifologik qoldiqlarning turlari ijtimoiy ongda va rivojlangan millatlarda saqlanmoqda. Masalan, ijtimoiy-siyosiy mif turlarida («xalq dahosi», «kuchli qo’l», bir millatning ikkinchi millatdan ustunligi, «tanlangan millat» to’g’risida va boshqalar). Shunday qilib, mifologik dunyoqarash (grekcha «mifos» – afsona, ertak va «logos» – tushuncha,ta’limot) – bu ibtidoiy odamlarning tevarak-atrofini qurshab turgan voqelikni naql, rivoyat, afsonalar shaklida jonlantirilgan obrazlar vositasi orqali tasavvur qilishi va shu asosda tushuntirilishidir. Bunday holat, birinchidan, ibtidoiy odamning o’zini hali o’rab turgan tabiiy muhitdan ajratmaganligi, ikkinchidan esa, ibtidoiy odam tafakkurining emotsional-ruhiy holatlardan aqliy bilish tomon aniq ajralmaganligi bilan ifodalanadi. Download 328.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling