1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Dunyoqarashning tarkibiy tuzilishi


Download 328.62 Kb.
bet3/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

4. Dunyoqarashning tarkibiy tuzilishi. Dunyoqarash murakkab tuzilishga ega bo’lgan ma’naviy hodisa bo’lib, uning mazmun-mohiyatini belgilashda bilimlarni umumlashtirish, ishonch, qadr-qimmat, ideal, e’tiqod, faoliyat, hayot normalari muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarashga yarim funktsionallik xos bo’lib, uning asosini odamning dunyo sir-asrorlarini bilishda fizio-psixologik mexanizmlar orqali mo’ljal olishi tashkil qiladi. Bunda so’z inson ma’naviy dunyosining hissiyot, aql, erk va ularning birgalikda harakat qilishi haqida ketmoqda. Shunga ko’ra, dunyoqarashning tarkibiy qismlariga quyidagilarni kiritish mumkin bo’ladi.
Dunyoqarashning tarkibiy qismlari:
a) dunyoni sezish – bu odamlarning olamdagi real mavjud narsalarni sezgi organlari orqali his etishi bo’lib, uni dunyoqarashning emotsional- ruhiy tashkil etadi;
b) dunyoni idrok etish – kishilarning atrof-borliqni orttirilgan tajribasi tufayli timsoliy idrok etishi bo’lib, uni dunyoqarashning dunyo haqida tasavvurlarining shakllanishi tashkil etadi;
v) dunyoni tushunish – dunyoning mohiyatini, undagi narsa va hodisalarning o’zaro aloqalarini bilib olish bo’lib, uni dunyoqarashning intellektual darajalaridan tashkil topgan bo’ladi.
Demak, odamlarning tabiat va jamiyat haqidagi bilimlari sintezlanib, dunyoning umumiy manzarasi, tabiatshunoslik ilmlarining qo’shilishidan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasi, ijtimoiy fanlarning mantiqiy birlashishidan dunyoning ijtimoiy-tarixiy manzarasi, dunyoning mafkuraviy manzarasi kabilar yaratiladi. Dunyoning umumiy manzarasini ishlab chiqish esa barcha ilm sohalarining vazifasi hisoblanadi.
Dunyoqarashni sohiblariga ko’ra ikkiga ajratimiz:
1. Individual dunyoqarash.
2. Ijtimoiy dunyoqarash.
1. Individual dunyoqarash deb dunyo to’g’risida bir kishiga yoki alohida shaxsga xos bo’lgan qarashlarga aytiladi. Uning sohibi konkret odam hisoblanadi. Masalan, fuqaro Olim Ahmedovning dunyoqarashi individual dunyoqarashlar jumlasiga kiradi.
2. Ijtimoiy dunyoqarash deb dunyo-olam haqida mehnat va xizmat jamoalari, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, elat, millat, xalqlar, xullas, butun jamiyatga xos bo’lgan qarashlar tizimiga aytiladi. Bunga,masalan, O’zbekistondagi siyosiy partiyalarning dasturlarini kiritish mumkin.
Ijtimoiy dunyoqarashning negizida alohida odamlarning dunyoqarashlari yotadi. Har qanday dunyoqarash ko’p o’lchovli tizim bo’lib, uning shakllanishi va rivojlanishida inson ong va ongostining turli xil sezgi, kayfiyat, intilish, ishonch, bilim, qadriyat, baho, intuitsiya kabi qisimlari ishtirok etadi. Yuqoridagi tarkibiy qismlar bir butunlikni tashkil qilib, insonning real hayotida u yoki bu darajada o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad fuqarolarimizning dunyoqarashini tubdan o’zgartirishdan iboratdir. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga o’tish borasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida, Sh.M.Mirziyoev aytganidek, Dunyoqarashni – ilm, daromad, manfaat o’zgartiradi”4.
5. Dunyoqarashning komponent5lari. Dunyoqarash individual va ijtimoiy ongning murakkab, sintetik, integrallashgan birikmasi bo’lib, uni tuzilishi bo’yicha to’rtta asosiy komponentga ajratib o’rganish mumkin:
1. Bilish komponenti. Bu asosan odamlarning har kuni olgan oddiy ma’lumotlari, shuningdek, professional aql-zakovati, ilmiy izlanishlari orqali hosil qilingan individual va ijtimoiy bilish natijalarini tizimlashtirish orqali dunyoning ilmiy universal va konkret-ilmiy manzrasini tasavvur etishga asos bo’ladigan tarkibiy qismidir.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling