1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Falsafaning asosiy masalasi: bahslar va yechimlar


Download 328.62 Kb.
bet14/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

4. Falsafaning asosiy masalasi: bahslar va yechimlar. Falsafaning asosiy masalasi to’g’risida har xil qarashlar mavjud. Masalan, hind klassik falsafasi uchun u insonni azob-uqubatdan qutqazishning amaliy yo’llarini izlash, mayi hokimiyati (xayollar), karm (savob qonuni), azoblar dunyosida – Yer dunyosida doimo qayta tug’ilishning zarurligi bilan bog’liq. Hind donishmandlari uchun falsafa oliy ma’naviy dunyoda o’limsiz hayotga erishish vositasidir. O’rta asr diniy falsafasida eng muhimi jonni saqlash va Xudoni bilishdir. Nemis faylasufi Immanuil Kant falsafaning bir nechta masalalarini ifodalaydi: «men nimani bilaman?», «men nima qilishim kerak?», «nimaga men ishonishim kerak?».
Markscha-lenincha falsafada ong va materiya (ong va borliq) ning munosabati asosiy masala sifatida qaraladi. Bu holda bu masalaning ikki jihati bor. Birinchi: nima birlamchi – ruh yoki materiya (ontologik jihat). Bu savolga javob berishiga qarab, faylasuflar materialistlar va idealistlarga bo’linadi: materialistlar (Brixaspati, Charvak maktabi, Levkipp, Demokrit, Kondilyak, Lametri, Golbax, Gelvetsiy, Feyerbax, Marks, Engels, Lenin va boshqalar) va idealistlar (Budda, Platon, Aristotel, Origen, Avgustin, Foma Akvinskiy, Dekart, Leybnits, Shelling, Gegel, Solovyov, Berdyaev va boshqalar). Idealizm doirasida ob’ektiv va sub’ektiv idealistlar mavjud. Materializm doirasida: qadimgi tarqoq, sodda materializm. Yangi dunyoning mexanik materializmi va XIX-XX asrlardagi dialektik materializm.
Falsafa asosiy masalasining ikkinchi (gnoseologik) jihati: dunyoni bilish mumkinmi? degan savol. Yanada aniqroq ifodalansa u quyidagicha: ong borliqni aynan ifodalashga qodirmi? Bunda dunyoni to’la va qisman bilishni inkor qiluvchilar agnostik19lar (sofistlar maktabi, D. Yum, pozitivizm20 va neopozitivizmdagi ba’zi bir oqimlar, Dj. Santayana va boshqalar) deyiladi.
Hozirgi kunda ularning muqobili sifatida sinergetik materializmning tabiat va jamiyat olamini tushuntirib berishga qaratilgan harakatlari ham falsafiy ta’limot sifatida falsafiy bilimlar tizimidan joy olmoqda.
Ba’zi falsafiy oqimlar (masalan, teosofiya va «Jonli etika» vakillari E. P. Blavatskaya, Ye. I. Rerix va boshqalar) ruh va materiyani Yagona kosmik substantsiya (Birlamchi) asosiy belgi sifatida qaraydi. Shuning uchun ular materiya va ruhning birlamchiligining marksistlarcha ifodalanishi uydirmadir, deb hisoblaydilar.
Bugungi kunda tarixiy ildizi juda qadimiy bo’lgan o’zbek falsafasi o’zining asosiy masalasini – moddiy va ma’naviy olamning uzviy birligi sifatida talqin qilmoqda. Masalaning bunday yechim topishi bizning milliy shakldagi dunyoqarashimizga mos keladi.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling