5. Falsafiy tizim va an’anlarning tasnifi. Falsafa fani 3 – 2,5 ming yillik tarixga ega ekan, uning bosib o’tgan yo’lini, jamiyat rivojiga qo’shgan hissasini, kelgusidagi istiqbollarini hisobga olgan holda konkret dunyoqarash va nazariy asoslash yo’nalishlari, ochiqligi va hammabopligi, tarixiy va geografik belgilari, moddiy va ma’naviy asoslar birlamchiligi masalasining yechimi, aniq mafkuraviy kontseptsiyalar, nazariyalar, g’oya va dinlar kabi mezonlar bo’yicha quyidagicha tasniflash mumkin.
7-sxema. Falsafaning tasnifi (1-qism)
8-sxema
Falsafaning tasnifi (2- qism)
Диний фалсафа
Hozirgi kunda barcha fanlar, shu jumladan, falsafa ilmi ham mustaqil fan sifatida differentsiallashuv va integrallashuv jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Bu esa insonning butun olamda sodir bo’layotgan barcha narsa, hodisa, voqelarning tub mohiyatini bilish, shu orqali ulardan insoniyat manfaat va ehtiyojlarini qondirish yo’lida foydalanilayotgan jarayonlardan biri hisoblanadi.
6. «Fan» tushunchasi, ta’rifi va tavsifi. Fan voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlarni rivojlantirish va tizimlashtirishga qaratilgan inson faoliyatining bir sohasi hisoblanadi. Ushbu faoliyat faktlarni to’plash, ularni muntazam yangilab borish, tizimlashtirish va tanqidiy tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shu asosda kuzatilgan tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni tavsiflovchi va bashorat qilishga imkon beradigan sababiy aloqalarni ko’rsatadigan yangi bilimlar yoki umumlashmalar birikmasi hosil qilinadi. Bu borada kuzatilgan faktlarning umumiyligini tavsiflovchi va tajribalar orqali rad etilmagan farazlar tabiat yoki jamiyat qonunlari sifatida tan olinadi.
Fan keng ma’noda tegishli inson faoliyatning bir qismi sifatida: ilmiy ishlarning taqsimlanishi va kooperatsiya21si; ilmiy muassasalar, eksperimental va laboratoriya uskunalari; tadqiqot ishlari usullari; konseptual22 va kategorik apparatlar; ma’lumotlarni to’plash, saqlash va ulardan foydalanish tizimini o’z ichiga oladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |