1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Download 328.62 Kb.
bet23/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

Qisqacha xulosalar
1. Inson bioijtimoiy mavjudod sifatida tana va ruh, jism va jon, ong va materiya, moddiylik va ma’naviylikning uzviy birligidan tashkil topgan bir go’zal mo’jizaviy xilqatdir32.
2. Har bir insonning o’ziga xos bo’lgan dunyoqarashi mavjud bo’lib, u eng avvalo o’zining kim ekanligini bilishga bo’lgan qiziqishi tufayli, so’ngra atrofini o’rab turgan narsalarning bevosita ta’sir ko’satayotgan tomonlarini, shuningdek, yaqin va uzoq masofada joylashgan borliq shakllarining xususiyatlarini, mamun-mohiyatini bilishga, qolaversa, ularni o’zgartirishga bo’lgan ishtiyoqi asosida shakllanib, rivojlanib boradi.
3. Inson dunyoqarashining eng mukammal shakli falsafiy dunyoqarash bo’lib, u ob’ektiv olamdani narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning sir-asrorlarini bilish orqali kengayib, takomillashib boradi.
4. Falsafiy dunyoqarash asosida butun olam to’g’risida falsafiy bilimlar hosil bo’ladi, falsafa umumnazariy fan sifatida qaror topadi.
5. Barcha fanlar umumnazariy ahomiyatga molik bo’lgan falsafiy qonun va kategoriyalar talabiga mos ravishda faoliyat olib borsagini, ularning tushuntirib beruvchi apparati shunchalik mukammal bo’ladi.
6. Falsafiy tarbiya - barcha tarbiya turlarining metodologik asosi bo’lib, u yosh avlodni musaqil fiklashga,yuzaga kelgan vaziyatdan to’g’ri xulosa chiqarishga, ona-Vatanini sevishga, o’z hayotining mazmun-mohiyatini belgilab olishga o’rgatadi.
Tayanch tushunchalar
Falsafa, dunyoqarash, fan, fan falsafasi, ontologiya, gnoseologiya, sotsiologiya, logika, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, materialistik monizm, idealistik monizm, gnostiklar, agnostiklar, agnostitsizm, falsafaning funktsiyalari, dunyoqarash, gnoseologik, metodologik, aktsiologik, ijtimoiy, tarbiyaviy, metod, dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Falsafaning bahs mavzusi nima?
2. Falsafaning asosiy funktsiyalari mohiyatini ochib bering.
3. Falsafa fanining izlanish uslublarini tavsiflab bering.
4. Falsafa faniga siz qanday ta’rif bergan bo’lar edingiz?
5. Olamning asosini nima tashkil qilishi haqida qanday falsafiy qarashlarni bilasiz?
6. O’zbek falsafasi nimalardan bahs yuritishi kerak deb o’ylaysiz?
7. Fan deb nimaga aytiladi? Ularning diffentsiallashuvi va integrallashuvi deganda nimalarni tushunasiz?
8. «Bir o’ylab ko’raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor tufayli emasmi?»33 , - degan fikrga o’z munosabatingizni bildiring?

1 O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-jild. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,2006. – B. 662-664

2 O’zbek tilining izohli lug’ati. 3-jild. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,2007. – B. 105

3 Atribut [lotincha attributum – qo’shib berilgan,ta’minlangan,qo’shimcha qilingan] 1. Predmet yoki hodisaning o’ziga xos,undan ajratib bo’lmaydigan eng muhim xarakterli xususiyati,belgisi.

4

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling