10. Falsafaning amaliy qadr-qimmati. Odamlar, xususan talabalar nima uchun bankirga, dasturchiga, shifokorga, huquqshunosga, tilchiga, muhandisga, o’qituvchi va boshqalarga falsafani o’rganish kerak degan savolni tez-tez berishadi. Ularning kelgusi mutaxassisligiga falsafa qanchalik kerak? Ularga quyidagicha javob berish mumkin: falsafa inson hayotida kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarish, unda muayyan yutuqlarga erishishda mavjud real voqelik va faoliyatlarga alohida munosabatda bo’lish, tafakkur tamoyillari va tarzini egallashni o’rganish va o’rgatish uchun zarurdir.
Demak, falsafa amaliyotda insonga nima beradi?
1. Dunyo yaratilishining umumiy qonunlari va tamoyillarini bilishga yordam beradi
2. Dunyoda o’zining o’rnini va hayotiy maqsadlarini anglashni o’rgatadi.
3. Haqiqiy hayotiy qadriyatlarni va yo’nalishlarni aniqlash, shuningdek, to’g’ri yashashni (xayollarsiz, yanglishlarsiz, azob-uqubatlarsiz) o’rganish vazifasini bajaradi.
4. Tafakkurning dialektik tarzini o’zlashtirish, har qanday muammoni bir butun, uning har xil tomonlarini ziddiyatli, chuqur anglash va samarali hal qilish yo’llarini ko’rsatib beradi
5. O’zini kamolotga etkazishda falsafiy donishmandlikdan foydalanishga imkon hosil qiladi.
6. Shaxsning ichki ma’naviy «o’zagini» mustahkamlaydi va hayotiy qiyinchiliklarni va «taqdir zarbalarini» matonat bilan engish qobiliyatini rivojlantiradi.
7. Kelajakka boqish va chegaralangan bilishdan odamning baland turish imkoniyatini ro’yobga chiqarishga yordamlashadi.
11. Falsafaning inson va jamiyat hayotda tutgan o’rni. Falsafaning inson va jamiyat hayotida tutgan o’rni – bu uning inson va jamiyat rivoji uchun qo’shgan hissasi va kelgusida nimalarni bajarishga qodir ekanligi bilan belgilanadi.
Falsafaning inson va jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati:
Olamning eng umumiy qonunlari va printsiplarini bilish.
Olamda o’zining tutgan o’rnini va umrining mazmunini anglash.
Haqiqiy hayotiy qadriyatlarni ajrata bilish va shunga qarab o’z hayotini tashkillashtirish.
Dialektik tafakkur tarzini egallash, ya’ni hayotning barcha qarama-qarshiliklarini anglash va ular orasidan to’g’ri yo’lni tanlash.
O’zinining barkamolligini ta’minlash yo’lida falsafiy aql-zakovatni ishga solish.
O’zining ichki ma’naviy dunyosini har xil hayotiy «taqdir zarba»- lariga bardoshli qilib chiniqtirishni mustahkamlash.
Hozirgi zamon bilimlari puxta o’zlashtirgan holda, uning kelgusidagi istiqbollarini ko’ra bilish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |