1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»
Download 328.62 Kb.
|
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
9. Falsafaning metodlari. Falsafaning metodlariga quyidagilar kiradi:
1. Dialektika26 metodi. «Dialektika» yunon tilida bahs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Dialektikaga ko’ra, olamda o’z o’rniga va joyiga, yashash vaqti, harakat yo’nalishiga ega barcha narsa, hodisalar o’zaro bog’liq hamda aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon bo’ladi. 2. «Metafizika»27 – bu tushuncha falsafa tarixida birinchi marta Aristotelning «Metafizika» degan asariga nisbatan ishlatilgan. Metafizika – tabiatshunoslikdan falsafiy metod sifatida falsafaga kiritilgan bo’lib, dunyodagi narsa va hodisalarni bir-biridan ajralgan holda, umumiy bog’lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida narsa-hodisalarni harakatda emas, balki harakatsiz holatda, muhim darajada o’zgaradigan narsalar sifatida emas, balki abadiy o’zgarmaydigan, tirik emas, balki o’lik narsalar sifatida tekshirishga qaratilganligi bilan ifodalanadi. 3. Sofistika28 – bilib turib, xato asoslardan yolg’on xulosa chiqarish (bu yerda so’fiylik falsafasi emas, o’rta asrlarda Yevropada keng tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi). Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo’lib, ayniqsa o’rta asrlarda keng tarqaladi va rivojlanadi. Qadimgi davr yunon falsafasida biror-bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar deb atalgan bo’lsa, keyinchalik o’rta asrlarga kelib, notiqlik, bilimdonlik, donishmandlik bilan nom chiqargan kishilar hamda turli omonim so’zlar asosiga qurilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustomonlik bilan ular fikrlarini chalg’itadigan kishilar ham sofistlar deb atala boshlagan. Sofistik tafakkur usuli sofistik muhokama jarayonida bila turib, atayin yolg’on asoslardan yolg’on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritishdir. 4. Eklektika29 turli qarama-qarshi nazariyalarni, qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli bo’lib, narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo’lmagan xususiyatlari, ular o’rtasidagi bog’lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. 5. Dogmatika30 – bu aniq shart-sharoitlarni hisobga olmay qo’llaniladigan qoida, printsip, fikrdir. Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, aniq makon va zamon bilan bog’liq bo’lmagan, o’zgarmas tushuncha hamda qoidalar bilan ish ko’ruvchi tafakkur usulidir. 6. Sinergetika31 olamning o’z-o’zini tashkil etish, makon va zamonda narsa va hodisalarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. U asosan XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta’limot bo’lib, asoschisi Nobel mukofoti sovrindori I.Prigojindir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydigan, ularga qarshi o’laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham bor. Sinergetikaning XX asrdagi shaxdam odimlari o’rta asrlarda Yevropada aniq fanlar sohasida induktsiya va deduktsiya usullarining muvaffaqiyatli qo’llangani, katta mavqega ega bo’lgani va pirovard natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetikani XX asr tabiiy fanlarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. Ammo bu uning dialektikani falsafadan butunlay surib chiqarganini bildirmaydi. Zero, falsafada har bir ta’limot metodining o’z o’rni, faoliyat darajasi bor. Dialektikaning falsafadagi o’rni, qadr-qimmati juda katta va u falsafaning asosiy qismlaridan biri bo’lib qolaveradi. Falsafiy bilimlar juda keng qamrovli bo’lib falsafa tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini o’rganadi va insonlarda falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi. Download 328.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling