1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»
Download 328.62 Kb.
|
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Aristotel)
- (Abu Nasr al
- (A.Shopengauer)
- «barcha fanlarning otasi bo’lmish falsafa o’zining bor-yo’g’ini bolalariga bo’lib berdi, endi yashashi uchun uning o’zida nimalar qoldi»
1. Falsafaning predmeti. Modomiki,falsafa ijtimoiy ong shakli sifatida mavjud ekan, uning predmetini nimalar tashkil qiladi, ya’ni nimalarni o’rganadi? degan savol tug’iladi. Bu savolga turli davrlarda yashagan mutafakkirlar: falsafa – bu «donolikni sevish» (Pifagor), «tadqiqot bilan shug’ullanish» (Geraklit) , «ezgulik va yovuzlikni bilish vositasi» (Sokrat), «narsalarning sababi va printsiplarini tadqiq qilish» (Aristotel), «baxt-saodatga aql bilan erishish vositasi» (Epikur), «Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...
Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo’ladi. Odamlar falsafa yo’li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to’la ishonch va qanoatga ega bo’ladilar. ...Faylasufning xulq-atvori, axloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. Shuningdek, o’z xalqining ra’yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarni qattiq tutgan bo’lishi kerak. ...Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z axloqi va xislatlari bilan bu aytilgan shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u falsafa bilimini o’rganishga va uni boshqalarga o’rgatishga kirishuvi mumkin»12 (Abu Nasr al-Forobiy), «tushunchalar orqali ifodalangan bir butun fan» (F.Bekon), «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish» (T.Gobbs), «umumiy aql haqidagi fan, umuman predmetlarga fikriy yondashish» (Gegel), «bor narsani bilish» (L.Feyerbax), «dunyoning mohiyatini abstrakt tushunchalar shaklida ifodalovchi ilm sohasi» (A.Shopengauer), «foydali narsalarni bilish jarayoni» (J.Dyui) degan ta’riflarni berganlar. Bunday ta’rif va tavsiflar falsafa tarixida ko’plab uchratish mumkin. Zero, shunday ekan, bugungi kunda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan falsafa ilmiga ta’rif berishning o’ziga xos bo’lgan qiyinchiliklari ham mavjuddir. Buni, birinchidan, insoniyat rivoji tarixining turli davrlarida yashagan mutafakkirlar tomonidan falsafaga berilgan ta’riflarning xilma-xilligi; ikkinchidan, har qanday falsafiy ta’limotlarning barchasi har doim ham ilmiy bo’lmaganligi; uchinchidan, falsafa faqat sof aqliy bilishdan emas, balki turli xil dunyoqarashlar, axloqiy normalar, baholash mezonlari, qadrlash tamoyillarining u yoki bu jihatlari o’zida ifodalashi bilan izohlash mumkin. Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak XVII asrning oxiri XVIII asrga kelib tabiiy-tajribaviy fanlarning keng quloch yoyishi, ya’ni falsafadan oldin Yer va osmon jismlari mexanikasi, astranomiya va matematika, so’ngra fizika, kimyo, biologiya fanlarining ajralib mustaqil fan maqomiga bo’lishi, yangi sharoitda falsafa fanining ham o’ziga xos bo’lgan predmeti aniqlab olish zaruriyati paydo bo’ldi. Badiiyroq qilib ifodalaganda, bunday tarixiy sharoitda «barcha fanlarning otasi bo’lmish falsafa o’zining bor-yo’g’ini bolalariga bo’lib berdi, endi yashashi uchun uning o’zida nimalar qoldi», degan shaklidagi holat yuz berdi. Bunday vaziyatning vujudga kelishida har doim falsafa bilan maxsus fanlar o’rtasida chegarani aniqlab olish orqali falsafaning o’ziga xos bo’lgan predmetini shakllantirish va rivojlantirib borish zarur bo’ladi. Buni maxsus aniq fanlarning predmetlari bilan falsafaning predmetini solishtirish-taqqoslash natijasida amalga oshirish mumkin. Buni isbotlash uchun ba’zi bir argumentlarni keltiramiz. 1. Falsafa fan sifatida butun olam haqidagi bilimlarni eng umumiy tarzda o’rganadi va umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan «borliq», «ruh», «ong», «qonun», «qonuniyat», «sababiyat» kabi kategoriyalara aks ettiradi va tushuntiradi. Maxsus aniq fanlar esa borliqning u yoki bu tomonlarini, ularning tarkibiy tuzilishiga va harakatlanish mexanizmlariga oid bo’lgan ba’zi bir tomonlarini alohida tarzda o’rganadi va maxsus alohida tushunchalarda aks ettirgan holda bayon qiladi. Masalan, tibbiyotshunoslik fanida «yurak», «jigar», «buyrak» va shunga o’xshash. 2. Aniq ilmiy bilimlar har bir narsani aniq, ravshan holda bayon qiladi va boshqacha tarzda talqin qilishiga hojat qoldirmaydi. Falsafiy bilimlar esa plyuralistik13 ahamiyatga ega bo’lib,bir masalani bir necha xil tarzda talqin qilish xusussiyatlariga egalik qilishi bilan aniq ilmiy bilimlardan farq qiladi. Shuning uchun ham falsafani tabiat va jamiyatda yuzaga kelgan muammoning umumiy yechimini topish, istiqbollarini oldindan bashorat qilishni turli xil nuqtai nazardan (din va fan, dunyoviylik yoki dahriylik) hal etishga qaratilgan umumiylik maqomiga ega bo’lgan fan sifatida e’tirof etiladi. 3. Falsafa fan sifatida aniq ilmiy fanlar bilan yaqinlashar ekan, o’zining holatini mantiqiy jihatdan asoslash, isbotlash, ularni nazariy shaklda ifodalashga harakat qiladi. Aniq ilmiy bilimlar ob’ektiv bo’lib,insonning maqsadlari va qadriyatlariga nisbatan betaraflik kasb etadi. Masalan, fizika va kimyo formulalari axloqiy qadriyatlar jumlasiga kirmaydi. Dunyoga nisbatan bo’ladigan falsafiy qarashlar hamma vaqt sub’ektiv bo’lib, u yoki bu narsa, hodisa, jarayonlarga nisbatan «befarq» emas.Chunki har qanday falsafiy fikr odamlarning maqsad va manfaatlari prizma14si orqali hosil qilinadi. Bunda aniq fanlar «nega, nimaga», falsafa esa «qanday maqsadda, kim, nima uchun», degan savolga javob topishga urinadi. 4. Maxsus aniq fanlarning qonunlari borliqdagi narsalarning ob’ektiv aloqadorliklarini, munosabatlarini mavjud sharoitda o’zgarmas, doimiylik tarzda aks ettiradi. Masalan, kimyo, fizika, biologiya qonunlari insonning amaliy faoliyati davomida ulardan unumli foydalanish maqsadida kashf qilinadi. Aytaylik, fizika va mexanika qonunlari kashf qilinmaganda, zamonaviy kosmik tadqiqotlar yoki inson fiziologiyasi qonunlari kashf qilinmaganda, zamonaviy tibbiy davolash ham bo’lmagan bo’lar edi. Demak, falsafa ilmining boshqa maxsus aniq fanlardan farqi, unda empirik qonunlarining yo’qligidir. Shuningdek, uning bilish usullari sifatidagi eksperimental yoki matematik bazaning mavjud emasligidir. Bu esa falsafa o’rganadigan muammolarining natijalarini aniq tekshirib ko’radigan vositalar bilan jihozlangan tashkilotlariga ega emasligi sababli, qoidaga muvofiq, yagona falsafiy etalon15ining ishlab chiqilmaganligidir. Boshqa aniq, maxsus fanlarning barcha ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan o’ziga xos etalonlari mavjud bo’lib, ularning soni yil sayin ortib borishi bilan odamlarda katta qiziqish uyg’otayotganligi bilan xarakterlanadi. 5. Barcha aniq maxsus fanlar inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan moddiy olamning ob’ektiv tarkibiy tuzilishini, ayni vaqtda inson dunyosining ko’proq tashqi tomonini bilish shakli sifatida faoliyat yuritsa, falsafa esa inson reflektsiyasi shakli sifatida inson ma’naviy dunyosining ichki tajribasi rivojini o’rganish bilan shug’ullanadi. Fan odamlarning faoliyatiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv olamni bilish shakli bo’lsa, falsafa esa insonning reflektiv shakli hisoblanadi. Download 328.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling