Falsafiy dunyoqarashning asosiy vazifalari. Falsafiy dunyoqarashping vazifalari - bu dunyoqarash sub’ektlarini uning tamoyillaridan kelib chiqqan holda odam va olam munosabatlarida sodir bo’layotgan narsa,hodisa,voqea va jarayonlarning tub mohiyatini anglab etish uchun baholash, boshqarish, nazarat qilish, birlashtirish va tarbiyalash ishlarini amalga oshirishdan iboratdir.
4-sxema.
Falsafiy dunyoqarashning asosiy vazifalari
1. Falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasi - bu insonning, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda narsa-hodisalarni yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratishidir.
2. Falsafiy dunyoqarashning boshqarish vazifasi - bu inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, huquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali idora etishidir
3. Falsafiy dunyoqarashning nazorat qilish vazifasi — bu inson faoliyatini jamoatchilik fikri tarzida nazorat qilishidir.
4. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi - bu turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishdir.
5. Falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasi — bu kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
2. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funktsiyalari, yangi sohalari.
Falsafaning predmeti bugun emas, balki, u o’tgan ming yilliklarni o’z ichiga olgan tarixiy davrlarda odamlarning madaniy taraqqiyot darajasiga mos ravishda shakllangan. Falsafa ilm sohasi sifatida tarixiy rivojlanishining boshlang’ich davrlarida tabiat, kosmos va odam to’g’risidagi barcha bilimlarni o’z ichiga olgan holda kengayib borgan. Shu sababli qadimgi davr odamlari faylasuflarni har tomonlama bilimga ega bo’lgan olimlar,ya’ni qomusiy bilim egalari deb atashganlar.
Kishilar tomonidan «falsafa» nimani o’rganadi deyilsa, ularga oddiy odamlar orasida «falsafa hamma narsani o’rganadi», deb javob berish odat tusiga kirib qolgan. Chunki faylasufning sinchkov aqli tabiiy va ijtimoiy hayotning har xil burchaklariga kirib boradi. Bu yerda yana bir bor shuni ta’kidlash kerakki, eng umumiy, eng keng qamrovli, eng muhim muammolar va masalalar tom ma’nodagi falsafaning bahs mavzulari-predmeti hisoblanadi. Ularni maxsus, butun tafsilotlarini o’rganish xususiy fanlarning faoliyat sohasi bo’lmish predmetini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |