1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»


Dunyoqarash, falsafa, fan o’rtasidagi munosabatlar


Download 328.62 Kb.
bet9/28
Sana27.12.2022
Hajmi328.62 Kb.
#1068695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

Dunyoqarash, falsafa, fan o’rtasidagi munosabatlar




Falsafiy dunyoqarashning asosiy tamoyillari. Falsafiy dunyoqarash tamoyillari - bu olam va odam munosabatlarida tabiat, jamiyat, insoniyat olamnni anglab etish uchun o’ziga asos qilib olgan, unga og’ishmay amal qiladigan qonun-qoida, nuqtai nazar, qarash, maslaklar yig’indisi hisoblanadi va ularga quyidagilar: ilmiylik; tarixiylik; mantiqiylik; universallik; maqsadlilik; g’oyaviylik; nazariya va amaliyot birligi kabilar kiradi.



3-sxema
Falsafiy dunyoqarash tamoyillari




1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi.

  1. Falsafiy dunyoqaraishing tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.

  2. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchillign tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi.

  3. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadn, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga egaligini ko’rsatadi.

  4. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo’lib, insoi manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.

  5. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.

7. Falsafiy dunyoqarashning nazariya va amaliyot birligi tamoyili dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi.

Download 328.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling