1. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli «Falsafa» va «filosofiya» atamalari haqida tushuncha. «Falsafa»
Me’yoriy (normativ6) - qadriyatlar komponenti
Download 328.62 Kb.
|
FALSAFANING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Hissiy-idrok komponenti
- 4. Amaliy komponent.
- 6. Dunyoqarashning xarakteri.
2. Me’yoriy (normativ6) - qadriyatlar komponenti. Dunyoqarash faqat oddiy yoki ilmiy tarzda hosil qilingan bilimlar tizimidangina iborat emas, balki odamzodga xos bo’lgan ishonch, e’tiqod, ideal, maqsad, vijdon kabi jamiyatni tartibga solib turivchi me’yoriy (normativ) qadriyatlar tizimidan ham iboratdir. Inson – oliy qadriyat, uning tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, jarayonlarga insoniylik nuqtai nazaridan qadriyatli tarzda munosabatda bo’lishi ham dunyoqarashning tarkibiy tuzilishidagi ustunlaridan biri hisoblanadi.
3. Hissiy-idrok komponenti. Bilim, qadriyat va o’rnatilgan me’yorlarni amalda bajarish uchun, eng avvalo, ularni har bir odam chin qalbdan his etishi orqali o’zining ishonchiga, maslagiga aylantirishi, shundan so’ng esa biron-bir harakatlarni sodir etishi uchun hissiy-ruhiy jihatdan tayyor ekanligiga ko’rsatma berishi kerak bo’ladi. Shakllangan ana shu hissiy-idrok jarayoni dunyoqarashning tarkibiy tuzilishidagi muhim qismlardan biri bo’lib, usiz dunyoqarash yetarlicha shakllanmay qoladi. 4. Amaliy komponent. Dunyoqarash bu shunchaki bilim, qadriyat, ishonch va boshqalarning umumlashmasigina emas, balki odamning muayyan sharoitda o’zining xulq-atvoriga qarab amalda harakat qilishi hamdir. Amaliyotda foydasi tegmagan dunyoqarash – abstraktlikdan o’zga narsa emas. Garchand, bu komponent odamlarning aniq ish jarayonida bevosita ishtirok etmasa-da, biroq, uning optimal yo’lini ko’rsatish, shuningdek, rag’batlantirish omili bo’lib xizmat qiladi. 6. Dunyoqarashning xarakteri. Odamlar o’ziga xos va sermazmun dunyoqarashga ega bo’ladilar. Bu odamning dunyoqarashida ishonch va shubha, bilim va uydirma, umid va umidsizlik hamda boshqa qarama-qarshi bo’lgan fikr va g’oyalar o’z o’rnini topishi mumkin. Umuman olganda, odam dunyoqarashi mazmunining miqdori va sifatini o’lchab bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, odamlarning dunyoqarashi mazmuniniig sifati va xarakterini ularning ijtimoiy va shaxsiy hayoti, odamlarga, mehnatga, boylikka, bilimga, san’atga va hokazolarga bo’lgan munosabati orqali bilib olish mumkin. Gap shundaki, odam dunyoqarashining mazmuni uning umumiy sifati va xarakterini belgilaydi. Agarda bir odam dunyoqarashiniig mazmuni olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolar to’g’risidagi teran dunyoviy bilimlarga asoslangan bo’lsa, unda bunday odamning dunyoqarashi ilmiylik xarakterga ega bo’ladi. Bunday dunyoqarashga ega bo’lgan olimlar qatoriga XX asrning eng mashhur fiziklaridan biri bo’lgan Albert Eynshteynni (1879-1955) kiritish mumkin. Ingliz olimi Bertran Rassel (1872- 1970) ham o’zining matematik mantiq va tibbiyot fanlarining falsafiy muammolari bo’yicha olib borgan ilmiy izlanishlari bilan XX asrning eng mashhur olimlaridan biri hisoblanadi. 1. Agarda bir odamning dunyoqarash mazmuni olam, tabiat, jamiyat, odam, ong va hokazolar to’g’risidagi teran dunyoviy bilimlarga asoslangan bo’lsa-da, lekin bu odamning iymoni komil va but bo’lsa, bunday odamnnng dunyoqarashi diniy xarakterga ega bo’ladi. Masalan, Ibn Sino (980-1037) va I.P.Pavlov (1849-1936) kabilarning dunyoqarashi shunday baholanishi mumkin. Shunday olim va mutafakkirlar ham borki, ular falsafa, matematika, fizika va boshqa bilim sohalarida buyuk kashfiyotlar qilganligiga qaramasdan, ularning dunyoqarashi ilmiy-materialistik emas, balki diniy-idealistik yoki idealistik, masalan, I.Kant (1724-1804), Gegel (1770-1831), E.Max (1838-1916), A.Puankare (1854-1612) kabilarning dunyoqarashi shunday xarakterga ega bo’lgan. 2. Yuqorida zikr qilganimizdek, odamlarning dunyoqarashi nihoyatda xilma xil va ziddiyatli bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ayrim odamlarning dunyoqarash xarakterini belgilovchi omilini aniqlashning o’zi katta muammoga aylanadi. Bizningcha, har qanday dunyoqarash mazmunining asosiy unsurini odam o’z hayotining maqsadi va mohiyatini to’g’ri anglashi tashkil qiladi. Bu nihoyatda murakkab mantiqiy jarayondir. Har bir odam o’z umrining asosiy maqsadini anglashiga, o’zini o’zi (o’zligini) to’g’ri bilib olishi bilan birga, uning shaxsiy va ijtimoiy tizimlar (sinf, millat va h.k.) bilan bog’liq bo’lgan manfaat va ehtiyojlari hamda jamiyatda tutgan o’rni nihoyatda katta ta’sir qiladi. Shu fikrlardan kelib chiqqan holda dunyoqarash xarakterini gumanistik va jaholatparast (reaktsion) turkumlarga ham bo’lish mumkin. 3. Dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo’lgan odamlar hayotining asosiy maqsadini o’z xalqi va umuminsoniyatning ozodligi va farovonligi uchun olib boriladigan kurash bilan bog’laydilar. Masalan, Zardo’sht (er.av. VII asrda yashagan), Muhammad ibn Abdulloh (570-632), Alisher Navoiy (1441-1501), Moxandas Karamchand Gandi (1869-1949), Ibrohim Mo’minov (1908-1974), I.A.Karimov (1938-2016) va shu kabi buyuk insonlarning dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo’lgan. 4. Dunyoqarashi jaholatparast xarakterga ega bo’lgan odamlar ayrim millat, sinf va boshqa ijtimoiy birliklar manfaatlaridan kelib chiqib faoliyat kechirsalar-da, ular boshqa millatlarga nisbatan genotsid7 o’tkazadilar. Jamiyatda zo’ravonlik, zulm va boshqa antidemokratik tartiblar o’rnatadilar, odamlarning haq-huquqlari poymol bo’lishiga yo’l qo’yadilar va hokazolar. A.Gitler, I.V.Stalin va boshqa terrorchilarning dunyoqarash xarakteri shunga yaqqol misol bo’la oladi. Download 328.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling