Reja: Ong falsafiy kategoriya sifatida


Download 119 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi119 Kb.
#115921
Bog'liq
Reja Ong falsafiy kategoriya sifatida


Ong ilmiy tuzilma sifatida

Reja:
1. Ong – falsafiy kategoriya sifatida.

2. Ong – voqelikning in‘ikosi.

3. Ongning tarkibi va manbalari.

4. Falsafada ideal va ideallik muammosi.

5. Ong va tilning o’zaro aloqadorligi.

6. Fenomenologiya – ong tarkibini o’rganishning muhim uslubi.

1.ONG –FALSAFIY KATEGORIYA SIFATIDA

Ong va ruhni falsafiy jihatdan o’rganish uni borliqning o’ziga xos ma‘naviy shakli ekanligi bilan asoslanadi. Shu sababli falsafada ong kategoriyasi insonning butun moddiy va ma‘naviy faoliyatini tahlil qilish va tushunish bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ong masalasini talqin qilishda turli falsafiy maktablarning namoyondalari o’z fikrlarini bayon qilishganlar. Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Suqrot «o’zingni bilsang, olamni bilasan» degan edi. Bu fikr ortida olam kabi inson ham murakkab bo’lib, u o’zini bilish va anglash orqali olam mohiyatini anglashga yo’l ochishi mumkin degan xulosa yotadi. Suqrotning falsafiy fikr va mulohazalarida inson va uning ongini o’rganish turar edi. Suqrotning tushuntirishiga insonning ongi turli holatlarda va darajalarda sodir bo’lib, u bir necha qatlamlardan iborat bo’ladi. O’sha murakkab ongning sohibi – individdir. Indiidning ongi esa turli ijtimoiy ongning mazmunini oliy instantsiya belgilab beradi, oliy instantsiya esa Suqrotning tushuntirishicha aqldir.

Yunon faylasuflaridan biri bo’lgan Demokritning fikricha bilish ob‘ekti moddiy olam bo’lib, ongimiz esa moddiy olam bo’lib, sezgilar orqali aks ettirilishidan iboratdir.

Sharq falsafiy maktabining asoschilaridan biri hisoblangan Forobiy esa inson o’zini qurshab turgan olamni, sezgi a‘zolari aql idroki orqali bila boradi. Inson aqli moddiy olam rivojlanishining eng oliy mahuslidir. Forobiy inson aqlining roliga katta baho beradi. Inson aql – tafakkur yordamida borliqni, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning mohiyatini bilib beradi deb ta‘kidlaydi.

Islom ta‘limoti va tasavvuf falsafasiga ko’ra ong va ruh olloh tomonidan insonga in‘om qilingan bo’lib, u o’lmas va abadiydir. Shuningdek inson xudo tomonidan yaratilgan bo’lib, boshqa mahluqotlardan farqli o’laroq unga ilohiy aql ato etilgandir.

Sub‘ektiv idealizm tarafdorlari moddiy dunyoni ong vujudga keltiradi deb ta‘kidlashadi. Jumladan ingliz faylasufi J.Berkli (1685 – 1753 y) bizni o’rab turgan narsalar faqat bizning sezgilarimizda mavjuddir. Moddiy dunyo esa kishi ongida, sezgi va tasavvurlaridagina mavjuddir deydi. Xudi shunday fikrni Avstriyalik fizik faylasuf Ernest Max (1838 - 1916) va Shvetsariyalik faylasuf Rixard Avenarius (1843 – 1869) ham ilgari suradilar.

Ular insonning ongi tashqi olamni «sezgi elementlari» dan iborat bo’lib, shu tariqa ob‘ekt sub‘ektdan, narsalar sezgidan ajralmaydigan bo’lib chiqadi. Narsalar esa sezgilar kompleksi sifatida yuz beradi degan fikrni ilgari suradilar.

Nemis klassik falsafasining yirik vakili, ob‘ektiv idealist Gegel (1770 – 1831) esa borliq ongning mahsuli deydi. Uning fikricha ong, insonning oddiy ongi bo’lmagan, undan tashqaridagi ongdir, dunyoviy ruhdir. Gegel falsafasida inson muammosi o’z – o’zini anglash fenolinologiyasi muammosidir. Uningcha insoniylikning mohiyati o’zini – o’zi anglash bilan barobardir.

Falsafiy fikr rivojida ong muammosi barcha zamonlarda faylasuflarning diqqat markazida bo’lib, kelganligini va hozirgi kunda ham dolzarb ekanligini ta‘kidlash lozim.

Falsafa fani ongni bir butun yaxlit holda olib, uni har taraflama o’rganar ekan, bunda u hozirgi zamon ilm – fanida erishilgan eng yangi ma‘lumotlarga tayangan holda ish ko’radi.

Hozirgi zamon fanlari (biologiya, psixologiya, nevrologiya, fiziologiya, kibirnetika va boshqalar) yutuqlariong inson miyasining mahsuli ekanligini, shu bilan birga ong inson turmush tarzining va ijtimoiy faoliyati bilan bevosita bog’liq ekanini isbotlab bermoqda.

Ongning mohiyatini to’la ochib berish uchun unga har tomonlama, ya‘ni ontologik, gnoseologik va sotsiologik jihatdan yondoshish lozim. Unga ontologik jihatdan yondoshish, ong – bu tabiatni uzoq tarixiy taraqqiyotining mahsuli materiya evolyutsiyasi jarayonida vujudga kelgan ruhiy hodisalarning xossasi demakdir.

Inson ongi yuksak darajada tuzilan materiya bo’lmish miyaning xossasidir. Ong muammosini bunday tushunish borliqning evolyutsiyasi natijasida noorganik tabiatdan organik tabiatning kelib chiqishi organik tabiat taraqqiyotida unga xos in’ikos shakllarining rivojlanib, o’zgarib, oddiy turlaridan murakkab turlariga o’tib berishi asosida shakllangan degan qarashdan kelib chiqadi.

Ongga gnoseologik jihatdan yondoshish uning faoliyatini, olamni bilish vositasi eknaligini e‘tirof etish demakdir. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u tushunib olingan bilimdir. Inson miya yordamida fikr qiladi. Ong faqat ob‘ektiv olam in’ikosini emas, balki insonning o’z ruhiy faoliyatini anglashini ham o’z ichiga oladi. Ong voqelikning ham hissiy, ham aqliy in’ikosini qamrab oladi.

Ongga sotsial (ijtimoiy) yondoshish uning ijtimoiy mohiyatini ochib berishni taqozo qiladi. Inson ongi nafaqat tabiiy mahsul, balkim ijtimoiy munosabatlar natijasidir. Ijtimoiy muhitsiz jamiyatdagi kishilar ijtimoiy munosabatlarisiz, qolaversa jamiyatning ta‘siri va tarbiyasisiz ongi shakllanmaydi.

A.Feyerbaxning antropologik falsafasining asosiy kamchiligini ham shunda ediki u insonni faqat tabiatning mahsuli deb qarab, jamiyatning roliga yetarli e‘tibor bermagan edi.

Darhaqiqat inson ongi uning jamiyatdagi hayot faoliyati davomida shakllanadi va rivojlanadi. Odam bolasi faqat jamiyatning ijtimoiy muhiti ta‘sirida ongli zotga – insonga aylanadi va shaxs darajasiga ko’tariladi. Xullas, ong odamni hayvonot dunyosidan ajratgan ijtimoiy – tarixiy hodisadir.

Ilmiy falsafiy ta‘limotga ko’ra ong – inson miyasining faoliyati, uning ruhiy funktsiyasi, moddiy substantsiya bo’lgan miyaning xususisiyidir. Miya esa fikrlash organi yuksak darajada tuzilgan materiyadir. Umuman ong insonga borliqdagi narsa va hodisalar, bog’lanishlari qonuniyati haqida bilimlar hosil qilish imkoniyatini beradi.

Inson zoti ongli mavjudot sifatida o’z oldiga maqsadlar qo’yadi va unga erishish yo’llarini izlaydi va ong iufayli inson o’zining tabiatda va jamiyatda tutgan o’rniga baho beradi. O’zi uchun zaruriy shart – sharoitlarni ijodiy ravishda yangilab takomillashtirib boradi.

Xulosa qilib aytganda, ong yuksak darajada tashkil topgan materiyani inson miyasining xossasi, voqelikning inson miyasidagi in’ikosining oliy ruhiy shaklidir. Insonning bosh miyasi esa ongning moddiy subetrati, xolisi bo’lib xizmat qiladi.

Falsafada ong muammosi in’ikos nazariyasiga asoslanadi. Ongning paydo bo’lish jarayonini tushunmoq uchun in’ikos printsipini ya‘ni borliqning inson miyasida aks etish jarayonini bo’lish zarur.


2.ONG - VOQELIKNING IN’IKOSI

Ma‘lumki, ong borliqning inson miyasidagi oliy in’ikos shaklidir. Xo’sh, in’ikos deganda nimani tushunish mumkin? U qanday shakllarda namoyon bo’ladi?

Buning uchun esa avvalo in’ikos nazariyasining falsafiy mazmunini tushunib olishimiz zarur. In’ikos borliqdagi barcha narsa va hodisalarga xos bo’lgan umumiy xususiyatdir.

In’ikos borliqdagi narsa va hodisalarning o’zaro ta‘sirida namoyon bo’ladigan aks etish jarayonidir. Umumiy ma‘noda in’ikos deganda har qanday predmetning u bilan o’zaro ta‘sirda bo’lgan boshqa predmetlarning ta‘sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’liq xossasiga aytiladi. Shu ma‘noda in’ikos hamma joyda va har bir narsada mavjuddir. Ayni paytda har bir holatda u o’ziga xos xususiyatga egadir. Bir moddiy yoki ma‘naviy narsaning boshqa moddiy yoki ma‘naviy narsadan o’z ta‘sirini qoldirish uni saqlash yoki bu ta‘sirga muayyan tarzda aks ta‘sir bilan javob berish kabi xususiyatlardir.

In’ikos bo’lishi uchun, avvalo, in’ikos etiluvchi va in’ikos ettiruvchi ob‘ektga muayyan ta‘sir qilishi, bu ta‘sirni in’ikos ettiruvchi o’zida aks ettirishi lozim. Shundagina in’ikos sodir bo’ladi. Narsalarda o’zaro ta‘sir jarayonining bo’lishi uchun bir vaqtning o’zida ikkita ob‘ektning mavjudligi ularning har birida muayyan o’zgarishlar mavjud bo’lishini taqoza qiladi.

O’zaro ta‘sir jarayonida modda, energiya va informatsiya almashinuvini ham yuzaga chiqarishi mumkin. Almashinuv vositasi sifatida muayyan zarracha, maydon, atom, molekula, so’z, gap ishtirok etishi mumkin.

Shunga ko’ra borliqning turli ko’rinishlariga turli xil in’ikos shakllari xosdir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir – biridan tabdan farq qiladi. Notirik tabiatdagi in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatdagi in’ikos esa murakkab xarakterga egadir.

Shuningdek notirik tabiatdagi in’ikos o’zining passivligi, tirik tabiatda esa faolligi bilan ham farq qiladi. In’ikosning eng «elementar» shakllarini noorganik tabiat ko’rinishlarini noorganik tabiat ko’rinishlarida uchratish mumkin. Masalan, toza polda oyoq kiyimi bilan brganimizda unda iz qoladi bu mezanik in’ikosdir.

Biror temir buyum zax yerda qolib ketsa, u zanglab oksidlanadi, bu esa fizik in’ikosdir. Falsafiy adabiyotlarda notirik tabiatga o’ziga xos bo’lgan passiv in’ikoslarni aks etish deb atash qabul qilingan.

Materiya rivojining muayyan tarixiy bosqichida organik tabiatning kelib chiqishi natijasida yangi tipdagi in’ikos shakllari ham vujudga keldi.

Tirik moddaning paydo bo’lishi bilan birinchi boshlang’ich biologik in’ikos birinchi boshlang’ich biologik in’ikos shaklli – organizmlarda ta‘sirlanish, iztiroblanish, seskanish, qo’zg’alish xususiyatlari paydo bo’ldi. O’simliklar va soda organizmlarda iztiroblanishning eng oddiy shakllaridan biri tropizmoit. Tropizmlar turli –tuman bo’lib shulardan biri fototropizmdir. U o’simliklarning qo’yosh nuri ta‘siriga javoban yuzaga keladigan reaktsiyasidir.

Bunda o’simliklar mumkin qadar ko’proq quyosh energiyasini olish uchun uning nurlariga intiladilar. O’simliklarning barglariga quyosh nuri qay tomondan ko’proq tushsa, barglar asosan o’sha tomonga qarab o’sadi.

Tirik organizmlarning yangi murakkab turlarining paydo bo’lishi, o’z navbatida, ular bilan bog’liq in’ikosning yanada takomillashgan yangi shakllarini yuzaga keltiradi. Tirik organizmlarni ma‘lum evolyutsion rivojlanish etapida murakkab yashash sharoiti natijasida organizmlarning shunday ob‘ektiv javob reaktsiyalari paydo bo’ladiki, bu reaktsiyalar organizmni signal vazifasini bajaradi.

Bunday birlamchi reaktsiya sezishdir. Sezgirlik iztiroblanishidan ko’ra yuqoriroq turuvchi in’ikos shaklidir. Sezish – bu biologik in’ikosning yangi bosqichida paydo bo’lgan psixik in’ikosning dastlabki shakli bo’lib, u tashqi dunyoning tirik organizmga ta‘siri natijasida yuzaga keladi, rivojdanib borayotgan tirik organizmlarning tobora takomillashib borishi bilan ular tanasidagi to’qimalar ham ixtisoslashib, mutanosiblashib boradi. Bunda tananing turli qismlarida tashqi ta‘sirini qabul qiladigan plastik to’qimalar ham yanada rivojlanib borib asta – sekin organizm bilan tashqi muhit o’rtasida vositachi rolini bajaruvchi sezgi a‘zolariga aylanadi.

Hayvonot dunyosining evolyutsiyasi jarayonida ko’p ho’jayrali organizmlarda ma‘lum ta‘sirlarni qabul qilishga moslashgan murakkab retseptorlar (ta‘surotni qabul qiluvchi sezgi ho’jayralari) va qo’zg’alishni o’tkazuvchi nerv sistemasi paydo bo’ladi.

Ko’p ho’jayrali organizlarning quyi bosqichida – chuvalchangsimonlar organizmlarida nerv sistemasi to’r shaklida bo’ladi. Undan yuqori tuzilgan hayvonlarda u differentsiallashib, markaziy va periferik nerv sistemasiga ajraladi.

Organik tabiat evolyutsiyasida nerv markazlari, nerv sistemasiga ega bo’lgan tirik organizmlarning paydo bo’lishi bilanoq ruhiy in’ikosining yuqoriroq shakllari – shartli va shartsiz reflekslar qaror topadi. Nerv faoliyati asosida «refleks» yotadi. Bu tushuncha R.Dekart tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, «refleks» (lotincha - in’ikos) termini nerv sistemasi faoliyati in’ikos etishdan iborat ekanligini o’qtiradi. U tashqi va ichki muhit ta‘siriga javob reaktsiyasi sifatida yuzaga keladi.

Rus olimi I.P.Pavlov bosh miya qismi faoliyati asosida fiziologik protsesslarni ochib berib, uning asosida refleks yotadi deb, tushuntiradi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatini shartli va shartsiz reflekslarga ajratadi.

Shartsiz reflekslar – tirik organizm larda biologik omillarga javoban yuzaga keladigan, ularning o’z hayotlari davomida, bir qator avlodlar taraqqiyoti jarayonida vujudga kelib, mustahkamlanib boruvch psixik reaktsiyalardir.

Masalan asalarilarning gul nektarlarini topilishi shartsiz refleksdir. Shartsiz reflekslar tug’ma xarakterga egadir. Shartli reflekslar – hayot davomida kasb etilgan bo’lib, vaqtinchalik bog’lanishning eng yuqori formasidir. Tirik organizmlarda biologik omillarning o’ziga emas, ularning signallariga nisbatan javoban yuzaga keladigan har bir organizmning yashash jarayonida muayyan paytda paydo bo’lib, so’ng yo’qoladigan reaktsiyalardir.

Shartsiz va shartli reflekslar o’zaro bog’liqdir. Ular tirik organizmning tashqi dunyo ta‘sirlariga qonuniy javoblaridir. Tirik organizmlarning tashqi muhit bilan aloqasi qancha keng va xilma – xil bo’lib, borishi bilan ularning muhitni yanada yuksakroq psixik in’ikos ettirish qobiliyati o’shancha chuqurroq taraqqiy etadi va takomillashib boradi.

Bu esa o’z navbatida, ularda psixik in’ikosning murakkabroq va yuqoriroq yangi shakli instinktlarni yuzaga keltiradi. Instinktlar murakkab shartsiz va shartli reflekslarning birligidan tashkil topgan bo’lib, ular organizmning tashqi ta‘sirlarga javoban ko’rsatadigan psixik reaktsiyalaridir.

Instinktlar hashoratlar, qushlar, hayvonlar psixikasining harakterli tomonlari bo’ib, bu xususiyatlar ularda turlicha namoyon bo’ladi. Masalan, o’rgimchakning doira shaklida turgan uya quradilar, asalarilar olti qirrali uyalar yasaydilar. Baliqlar o’zlari tuxumdan chiqqan joylariga tuxum qo’yadilar. Bularning hammasi inetenitlardir. Yuksak rivojlangan hayvonlarda inetinitlar bilan birgalikda ruhiy in’ikosning yanada yuqoriroq shakllari bo’lgan sezgilarning murakkab xillari va idrok faoliyati elementlari, tasavvur ko’rinishi ham mavjuddir.

Insonda bo’lganda singari yuqori rivojlangan hayvonlarda idrok faoliyatining barcha shakllarini induktsiya, deduktsiya, abstatsiyalashni ham, analiz, sintezni ham uchratish mumkin. (masalan: yong’okni chaqib yeyish). Sut emizuvchi hayvonlarda bu narsa ancha yuksak darajaga yetadi.

It bilan ot odamlar bi lan aralashuv orqasida odamga bog’lanish to’yg’usi, minnatdorlik ko’rsatish tuyg’usi va boshqa tuyg’ularni his qilish qobiliyatini hosil qiladilarki, bunday tuyg’ular boshqa hayvonlarda uchramaydi.

Ammo yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda yuz beradigan psixik in’ikos shakllari odamlarda yuz beradigan ruhiy in’ikos shakllaridan keskin farq qiladi. Bu farq shundaki, yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, birinchi navbatda, o’z yashashlarining asosiy biologik sharoitlarigagina bevosita bog’liq bo’lgan predmet va hodisalarni in’ikos ettiradilar. Ularning bosh miyalarida bu predmet va hodisalarning perdmetli, hissiy obrazi, sezgilar, idroklar va tasavvurlar ular tomonidan anglagan darajaga ko’tarilmaydi. Chunki bu predmet va hodisalar hayvonlar miyasida ularni qurshagan sharoitlarning signallari sifatida aks etadi.

Hayvonlar psixik in’ikosidan iborat bunday signallarning jamini I.Pavlov birinchi signal sistemasi deb atagan edi. Odamlarga xos sezgi, idrok va tasavvurlar ruhiy in’ikosning o’ziga xos shakllaridir. Chunki hayvonlarning psixik in’ikoslari biologik omillar bilangina cheklanib qolganligi uchun ularning sezgi, idrok va tasavvur obrazlari miyasida ong faktiga aylanmaydi.

Odamlarning ruhiy in’ikosi esa biologik omillardan tashqari ijtimoiy omillar bilan ham bog’langanligi uchun bu sezgi, idrok va tasavvur obrazlari ong faktiga aylangan bo’ladi.

Odam sezgi a‘zolari hayvon sezgi a‘zolaridan, odam ruhiy in’ikos shakllari hayvon psixik in’ikos shakllaridan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda o’z ifodasini topadi.

1. Odam qurol yasaydi, ijod qiladi, moddiy va ma‘naviy boyliklar yaratadi, qisqasi ijtimoiy faoliyat bilan bog’liqdir.

2. Odam hayvonlar ega bo’lmagan ikkinchi signal sistemasiga ya‘ni nutq va tilga ega.

3. Odamning ruhiy in’ikos shakllari yuzaga kelishida nutqlari yuzaga kelishida nutq vat il hal qluvchi rol o’ynaydi.

Xulosa qilib aytganda, shuni aytish mumkinki ong tabiat taraqqiyoti, masalan paydl bo’lgan odam miyasining oliy ruhiy shaklidir. Insonning ongi uning barcha ruhiy va aqliy qobiliyatlari , jamiyatdagi faoliyati davomida tarkib topadi va ma‘lum ijtimoiy shart – sharoitlar bilan taqozo qilinadi.

Ijtimoiy hayot bilan birga shakllanib, rivojlanib borgan ong insonda tafakkur shakllari, ahloq normalari va qarashlarining shakllantirishiga asos bo’ladi. Inson ongi mehnat va nutq tufayli shakllangan hamda taraqqiy qilgan. Xullas ong odamni hayvonot dunyosidan ajratgan ijtimoiy tarixiy hodisadir.

3.ONGNING TARKIBI VA MANBALARI

Ong o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra juda murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. Keng ma‘noda ong xox biologik yoki ijtimoiy, xox hissiy yoki aqliy darajada bo’lishidan qat‘iy nazar voqelikning oliy ruhiy in’ikosi sifatida tushuniladi. Lekin bir muncha tor ma‘noda ong har qanday ruhiy holatni emas, balki, yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, inson miyasining voqelikni psixik in’ikos ettirishidir.

Ong bir butun aspekt sifatida o’zaro dialektik bog’liq bo’lgan bir qancha turli xil elementlarni o’zida qamrab oladi. Demak, ong – turli darajadagi, lekin, bir – biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan hissiy va aqliy biluvchanlik qobiliyati va emotsional iroda elementlarining yaxlit sistemasidan iboratdir.

Ongning boshlang’ich hissiy obrazi, eng elementar fakti sezgidir, sub‘ektning ob‘ektiv reallik bilan bevosita aloqasi sezgi orqali amalga oshadi. Sezgilarni hosil qiluvchi tashqi va ichki sezgi a‘zolari orqali narsa va hodisalar haqidagi dastlabki ma‘lumotlar inson miyasiga qabul qilinadi. Sezgilar borliq haqidagi dastlabki ma‘lumotlar bo’lib, bu ma‘lumotlarni to’plab umumlashtirib, ularni bir butun holda in’ikos ettirish lozim bo’ladi. Bu esa idrokda aks ettiriladi.

Idrok borliqdagi narsa va hodisalarni yaxlit holda bir butun ko’rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilish shaklidir. Ya‘ni idrok – narsa va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazidir. Idrok shakllarida yuzaga kelgan ma‘lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi yuksak shakli – tasavvurni hosil qiladi. Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Ammo inson o’z tasavvurida oldin idrok etilgan narsa va hodisalarni, yoki ularga o’xshash yangi predmet va hodisalarning hissiy obrazini ham hosil qilishi mumkin. Chunki inson ongi ish ko’radigan obrazlar hissiy idrok etilgan narsalarni takror hosil qilish bilan cheklanmaydi. Inson ijodiy ravishda kombinatsiyala-r qilishi va o’z ongida nisbatan erkin sur‘atda yangi obrazlar yaratishi mumkin. Tasavvurning bunday yuqori holati ijodiy hayolotdir.

Tasavvurda narsa va hodisalarning ikkinchi darajali, muhim bo’lmagan xususiyatlari tashlab yuboriladi va faqat ayrim muhim xususiyatlargina in’ikos etgan bo’ladi. Bu jihatdan tasavvurda hech shubhasiz, tafakkurning ba‘zi elementlari paydo bo’ladi.

Ongning muhim va asosiy komponenti mantiqiy tafakkuridir. Tafakkur ob‘ektiv olamdagi narsa va hodisalarning inson miyasidagi mavhumlashgan, umumlashgan va ayni vaqtda konkretlashgan tushuncha, hukm va xulosa shakllaridagi fikriy in’ikosidir. Tushunchalar ma‘lum narsa va hodisalar xususiyatlarining umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalasa, hukm narsa, hodisa yoki hislatlar o’rtasidagi aloqa, munosabat, bog’lanish jarayonlarini ifodalaydi. Xulosalash yangi bilimni vujudga keltirishning muhim va asosiy yo’li bo’lib xizmat qiladi. Umuman tafakkur narsa va hodisalarning o’zaro umumiy bog’lanishi, taraqqiyot qonunlari, ularning umumiy va muhim xususiyatlari haqida bilim beradi.

Ong voqelikning hissiy hamda oqilona in’ikosini qamrab olish bilan birga, insonning hissiyotlari, kechinmalari va irodasini ham o’z ichiga oladi. Barcha ruhiy jarayonlar singari hissiy – ematsional holatlar ham miya faoliyatining natijasidir. Hissiy holatlarning paydo bo’lishiga voqelikda yuz beradigan o’zgarishlar sabab bo’ladi.

Inson o’zini qurshab turgan olamda ro’y berayotgan voqea – hodislarga hayotning ijtimoiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda baho beradi. Insonlarda kechadigan bunday jarayonlar va holatlar ularning hissiy kechinmalarida (xursandlik, ishonch, sevinch, qo’rqinch, tushkunlik, nafrat, qaxr – g’azab kabilar) namoyon bo’ladi. Hissiy – emotsional kechinmalarning ifodalanishi kishi jismining ifodali harakatlarini, organizmdagi turli hodisalarni, ya‘ni ichki a‘zolar faoliyatining va holatining o’zgarishi va boshqa bir qancha o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi. Ba‘zi hollarda emotsiyalar o’ta ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. Bunday hissiy kechinmalar kishini harakatlarni, mulohazalar aytishga undovchi kuchga aylanadi. Ba‘zi hollarda emotsionallik faolityatini buzuvchi jihatlarga aylanadi. Ko’p hollarda ortiqcha emotsionallik ob‘ektlarni noto’g’ri aks ettirishga, xulosa chiqarish va baholashda mantiqsiz holatlarga olib kelishi mumkin.

Inson hissiy kechinmalarini muvaffaqiyatli yo’naltira bilish aksariyat hollarda sub‘ektning irodasiga bog’liqdir. Iroda – insonning o’z hatti harakatlarini ongli ravishda tartibga soli shva ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni (qo’rqinch, jur‘atsizlik, shubha) yengishga bo’lgan qobiliyatidir. Iroda amaliy faoliyat jarayonida shakllanadi, hamda insonning ham tashqi olam predmetlarini, ham o’z shahsiy imkoniyatlarini bilishga asoslanadi. Irodani shakllantirishda va mustahkamlashda kishilarning amaliy faoliyati, mehnat katta o’rin tutadi.

Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda bu maqsadga erishish vositalari va yo’l – yo’riqlarini oldindan aniqlab, ma‘lum qarorga kelishda namoyon bo’ladi. O’zini tuta bilish, dadillik, qat‘iylik, chidam va toqat, mustaqillik va boshqa shu kabilar irodaning muhim belgilaridir. Irodaning kuchi vash u sifatlarning qay darajada namoyon bo’lishiga qarab belgilanadi.

Inson ongi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri o’z faoliyatini, ya‘ni o’z – o’zini anglashdir. Chunki ijtimoiy hayot insondan faqat ob‘ektiv borliqni, bilishnigina emas balki o’z – o’zini anglashni ham talab qiladi. Insonning insonligi, uning hayvondan tub farqi ayni shu o’z – o’zini anglashdan, o’zining kimligi yoki nimaligi, nimalarga va qanday ishlarga qodirligini bila olishdan boshlanadi. Bu esa o’zining ehtiyojlari, maqsad va anfaatlarini, faoliyatining yo’nalishini, jamiyatda qanday o’ringa egaligi va qanday rol o’ynashini anglay olishidan boshlanadi. Lekin bu o’z – o’zini anglash insonda o’z – o’zidan, «aprior» shakllarda yuzaga kelmaydi, balki u ong bilan birga, insonning moddiy va ma‘naviy faoliyatlari asosida, uning ijtimoiy turmush tarzi ta‘sirida shakllana boradi. Bunda uning o’z – o’zini anglashi o’z faoliyatlarini nazorat qilishda, o’zining qilayotgan ishlari va faoliyatlari uchun ma‘sullikni his qilishda namoyon bo’ladi.

Umuman olganda o’z – o’zini anglashni quyidagicha ta‘riflash mumkin: inson o’zini sub‘ekt sifatida ajratib, o’z bilishini o’ziga qaratishi, o’z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish yuritishi, faoliyat va ishlarini nazorat qila olishi hamda boshqarishi, o’z – o’ziga qaratishi, o’z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish yuritishi, faoliyat va ishlarini nazorat qila olishi hamda boshqarishi, o’z – o’ziga o’z faoliyat va ishlarini nazorat qila olishi hamda boshqarishi, o’z – o’ziga o’z faoliyatining borishi va natijasi haqida hisob berishi, xullas o’zi bilishning ham sub‘ekti, ham ob‘ekti bo’lgan jarayonni falsafada o’z – o’zini anglash deb qaraladi.

O’z – o’zini anglash ijtimoiy tarixiy jarayon bo’lib. U rivojlanib boruvchi dinamik tuzilma sifatida ongning turli bosqichlarida va turli darajalarda, turlicha holatda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. O’z – o’zini anglashning dastlabki shakli – bu o’z – o’zini his qilish bo’lib, u kishining o’zini, o’z jismini qurshab turgan dunyodagi predmetlar, hodisalardan farqini bilishidir.

O’z – o’zini anglashning navbatdagi navbatdagi shakli odamning jamiyatdagi o’z o’rnini, u yoki bu jamiyatning konkret biror bosqichiga, muayyan madaniyatga, ijtimoiy konkret biror bosqichiga, muayn madaniyatga, ijtimoiy guruhlarga mansubligini, aniq biror faoliyat egasi ekanligini tushunishi bilan bog’liqdir.

Nihoyat o’z – o’zini anglashning yuqori shakli – bu kishining jamiyatda fuqaro sifatida faoliyat ko’rsatadigan o’z ishlari uchun ma‘sullikni his qiluvchi, faoliyati ustidan o’z nazoratini o’rnatuvi, jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri belgilovchi, o’z faoliyatlarini o’zi baholay oladigan o’z – o’ziga hisob bera oluvchi shaxs ekanligini tushunishidir.

O’z – o’zini anglash faqatgina konkret kishi, shaxsga xos bo’lib qolmasdan, u ma‘lum jamoaga, ma‘lum sinfga biron bir ijtimoiy guruhga, ma‘lum xalqqa, millatga ham xos bo’lishi mumkin.

O’z – o’zini anglashning eng muhim ko’rinishi bu millatning o’z – o’zini anglashdir. Milliy manfaatlar milliy o’z – o’zini anglashning asosiy manbaini tashkil qiladi. Milliy madaniy qadriyatlarni o’zlashtirish va egallash, ularni qayta idrok qilish va yaratish milliy o’z – o’zini anglash rivojlanishining asosiy shart – sharoitlaridir. Shu bilan birga, milliy o’z – o’zini anglash o’z o’rnida milliy madaniyat, ma‘naviyat va manfatlar yanada rivojlanishini ta‘minlovchi asosiy omildir. Hozirgi sharoitda milliy o’z – o’zini anglash mamlakatimiz ijtimoiy va ma‘naviy taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda.

Ong muammosi to’g’risida bosh qotirar ekan azaldan faylasuflarning e‘tiborini ongning manbalari masalasi o’ziga jalb etib keldi. Ongning manbalari to’g’risida: realistik, ob‘ektiv, idealistik, naturalistik, fenomenologik va boshqa turli xil strategik tadqiqot yo’nalishlari vujudga keldi va ular bu masaga turlicha yondoshdilar. Hozirgi davrda ongning manbalari to’g’risida fikr bildirishda bir muncha umumiylik mavjud. Ayniqsa masalaga yondoshishda falsafiy – realistik yo’nalishning qarashlari e‘tiborlidir. Ularning qarashlariga ko’ra ongning mazmunini ta‘minlovchi manbalar to’g’risida gapirganda quyidagilarni ajratib qarash lozim.

Birinchi manba bu tashqi moddiy va ma‘naviy olamdir, olamdagi moddiy predmetlar, tabiiy hodisalar, jamiyatda ro’y beradigan voqealar, ma‘naviy jarayonlar konkret – hissiy va fikriy obrazlar shaklida inson ongida aks etadi. Demak ongimizda eng avvalo tashqi olam predmetlarining in’ikosi, ya‘ni ularning tashqi tomonlari yoki mohiyati to’g’risidagi informatsiyalar mavjuddir. Bunday informatsiyalar insonning tashqi olam bilan o’zaro aloqasining natijasi bo’lib, ular kishining voqelikdagi narsa va hodisalar bilan bog’lanib turishini ta‘minlaydi.

Ongning ikkinchi manbai ijtimoiy – madaniy muhitdir: ahloqiy, estetik yo’l – yo’riqlar, ijtimoiy ideallar, huquqiy normalar, jamiyatda to’plangan bilimlar va bilish faoliyatining shakllari, uslublari va vositalari kabilar shular jumlasidandir. Sotsiali madaniy harakterdagi normalar va ta‘qiqlarning ma‘lum qismi individning ongiga singib boradi va individual ong mazmunining ajralmas qismiga aylanadi.

Ongning uchinchi manbai individning butun mnaviy ruhiy olami, uning betakror individual hayotiy tajribasi, his – hayajon va kechinmalaridir: tashqi ta‘sirlar mavjud bo’lmagan paytda, inson o’z o’tmishini qayta tahlil qilishi, o’z kelajagining taxminiy tuzilishini hayol qilishi mumkin, musiqa yoki tasviriy san‘at asaridan har xil toifadagi turlicha ta‘sirlanishi mumkin. Umuman ongni insonning ma‘naviy dunyosisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Boshqacha aytganda in’ikos etish jarayoniga insonning butun ma‘naviy – ruhiy borligi jalb etilgan bo’ladi.

Ongning to’rtinchi manbai miyadir. Inson miyasi ko’plab nerv ho’jayralari – neyronlardan tashkil topgan makrostrukturaviy tabiiy sistemadir. Iya neyronlarning hujayraviy miqyosdagi bog’lanishlari va aloqalari asosida ongning umumiy funktsiyalarining mavjud bo’lishini ta‘minlab turadi. Miyaning nafaqat shartli – reflektor faoliyati, balki uning biokimyoviy tuzilishi ham ong va uning holatiga ta‘sir ko’rsatadi. Boshqacha aytganda miyaning ham fiziologik, ham biokimyoviy holati dunyoni idrok etish xarakteriga ta‘sir etuvchi faktorlardan biridir. Falsafiy realizm ta‘limotiga ko’ra: miya va ongning mazmuni o’rtasidagi munosabat – sabab va oqibat munosabati bo’lmasdan balki, moddiy substrat a‘zo va uning funktsiyasi o’rtasidagi munosabatdir.

Umuman ongning tarkibi va manbalari to’g’risida xulosa qilib, shularni aytish mumkinki: ong juda murakkab tuzilishiga ega bo’lib, u bilish jarayonining hissiy va aqliy bosqichlarini insonning his hayajonlari va kechinmalarini, iroda elementlarini, individning o’z – o’zini anglashi kabi o’zaro dialektik bog’liq bo’lgan bir qancha turli elementlarni o’zida qamrab oladi.

Ongning manbalari to’g’risida xulosa qilib, shuni aytish mumkinki emas, balki yuksak darajada tashkil topgan moddiy substrat – bosh miya yordamida in’ikos ettiriluvchi ham ob‘ektiv, ham sub‘ektiv reallikdir.

4.ONG VA ONGSIZLIK

Inson hayotining har qanday ruhiy jarayonlari ham ongli bo’lavermaydi. Insonning ruhiy holatlari tushunchasi, ong tushunchasiga nisbtan ancha kengdir. Ruhiy jarayonlar hayvonlarda ham bor, lekin ularda ong mavjud emas. Hozirgina tug’ilgan chaqaloqqa ruhiy holat xosdir, lekin unda hali ong paydo bo’lgan emas.

Inson uxlab yotganida ajoyib, g’aroyib manzaralarni tushida ko’radi, bu ruhiy hodisalardir, ammo ularni ong deb bo’lmaydi.

Lekin inson uyg’oq holatda bo’lganida ham undagi hamma ruhiy jarayonlar ong nuri bilan yoritilavermaydi. Odam kuchada borayotganida nimalarnidir uylaydi, lekin shu chog’da u deyarli yoki butunlay anglamasdan, turli – tuman hodisalarni ko’radi, deyarli avtomatik tarzda harakat qilib, odamlar va mashinalar oqimi orasidan yo’l topib boradi. Demak, insonlardan hatti – harakatlarning faqat anglab olingan shakllarini talab qilib, qolmasdan, balki, shu bilan birga, zarurat bo’lmagan joyda uni doimiy ong iztiroblaridan holi qiladigan ongsizlik shakllarini ham talab qiladi. Hatti – harakatning ongsizlik shakllari narsalarning xossalari va munosabatlari haqidagi informatsiyalarning pinhoniy hisobga olinishiga asoslanadi.

Ongsizlik dapazoni ancha kengdir. U ong fokusidan tashqarida yuz beradigan sezgilarni, idroklarni, tasavvurlarni, shuningdek instinktlarni, malakalarni, intuitsiyani, moslashuvni va boshqa shunga o’xshashlarni qamrab oladi.

Ongsizlik – insonning aqliy faoliyati doirasiga kirmagan ruhiy hodisalar, holatlar va hatti – harakatlar majmui bo’lib, bu ruhiy holatlar ayni daqiqada anglab yetilmaydi va ong nazoratidan chetda bo’ladi.

Murakkab va ko’p qirrali hisoblangan bilish jarayonida borliqni ongli ravishda in’ikos etishi jarayonlari bilan bir qatorda, ongsizlari ham mavjuddir. Bu esa o’z navbatida o’ta murakkab inson psixikasini tushunishda muhim omillardan biri bo’la oladi.

Hozirgi zamon fani, inson bilan bog’liq bo’lmagan fiziologik jarayonlarning mavjudligini isbotlab berdi. Bu jarayonlar nafaqat somatik protseslarning avtomatik ravishda o’tishining ma‘sul bo’lgan qismlarida ham mavjuddir.

Ongsizlik inson borligini bilishda alohida ahamiyatga ega. U keng ma‘noda shaxsning ongdan tashqaridagi barcha ruhiy jarayonlar, usul va holatlarini o’z ichiga oladi. Ongsizlik shaxsning individual holatini ham, ijtimoiy guruh yoki jamoaning ruhiy holatini ham tahlil qilishda ishlatiladi.

Falsafiy fikr taraqqiyotida ongsizlik muammosiga turlicha munosabatlar bildirib kelingan.

R.Dekart (1596 – 1650) ongsizlik terminini ongning manbai, fiziologik funktsiyasi sifatida tushungan va ishlatgan. 18 asr nemis faylasufi G.Leybnits ongsizlikni inson ruhiyatining pastki qatlamining shakli, ongning noaniq, qorong’u tomoni deb hisoblangan. I.Kant (1724 – 1804) ta‘limotida ongsizlik hissiy bilish bilan aloqador bo’lganintuitsiya muammosiga bog’lab izohlanadi. Romantik falsafaning vakillari (E.Gortman, A.SHopengauer) ongsizlikni ijodning manbai sifatida universal tamoil darajasiga ko’targanlar.

19 asr oxiri 20 asr boshlarida fiziologik va psixologik fanlar yanada taraqqiy etib, ular hissiyot organlarini tadqiq etishga kirishdi.

Bu davrning eng yirik tadqiqotchilaridan biri avstraliyalik vrach, psixiolog Zigmund Freyd (1856 – 1939) o’zining «ruhiy tahlil» falsafiy kontsepuiyasida – ijodning genezisi, kelib chiqishi, ongsizlik asosida paydo bo’lishini falsafiy jihatdan mukammal tahlil qilib berdi.

Ruhiy tahlilda ongsizlik muammosi yechilar ekan, unga maxsus izlanish orqali keng falsafiy ma‘no berildi. Zigmund Freyd falsafa tarixida ongsizlik muammosiga yetarlicha e‘tibor berilmaganligini, shu bilan birga klassik falsafada, psixologiya va tabiiy fanlar, insonni maxsus o’rganuvchi fanlarning tadqiqot ob‘ektidan chetda qolganligini ham tanqidiy tarzda ko’rsatib berdi.

Ma‘lumki insonni turli faoliyatga yo’naltiruvchi asosiy omil bu ongdir. Freyd ong tushunchasining tubida insonlarning turli maqsadlari, hohish va istaklari, intilishlarining bilib olinmagan qatlami yotishini ochib beradi.

Ong – inson hayoti uchun juda zarur, uning yordamida individlar o’zlarini o’rab turgan olamda joylashadilar. Bu olamda o’zlarining shaxsiy «men» larini shakllantiradilar.

Ongsizlik – anglamasdan qilingan hatti – harakatlardir. Bu hatti – harakatlarning sababi hali ongga yetib ulgurmagan bo’ladi. Shu bilan ongni tabiiy va sun‘iy ravishda to’sib qo’yilsa, ya‘ni uyquda, gipnozda, mast bo’lganda va boshqa shunga o’xshash holatlarda yuzaga keladi.

Zigmund Freydning ta‘kidlashicha inson ruhiy olami uch bosqichdan tashkil topadi:

1) «Men» - onglilik yoki ong;

2) «Mendan yuqori» - ijtimoiy ong;

3) «U» - ongsizlik.

«U» - ongsizlik mayllarining chuqur qatlami bo’lib, bu yerda lazzatlanish tamoyili hukmronlik qiladi. Freydning ta‘kidlashicha ongsizlik mayllari turlicha bo’lib, ular orasida jinsiy lazzatlanish mayli yetakchi o’rinni egallaydi. «Men» - ong qatlami, tashqi olam va ongsizlik o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi, bunda reallik tamoyili amal qiladi. «Mendan yuqori» - jamiyatdagi tartib – normalarni o’zida mujassamlashtirgan shaxs ichki vijdoni, instantsiya, o’ziga xos ichki axloqiy tsenzura. Boshqacha aytganda inson ongi ichida mujassamlashgan ijtimoiylik.

Freydning qarashlari ong muammosini klassik hal etilishiga qarama – qarshidir. Uning fikricha, ongsizlik onglilikka nisbatan keng va chuqur ma‘noga ega. Ular o’rtasida aloqadorlik bo’lsada (onglilik surilib ma‘lum davrda o’z o’rnini ongsizlikka bo’shatib berishi mumkin) ongsizlik o’zining sifati jihatidan juda farq qiladi. Bizning tanamiz ko’p vazifalarni miyaning faoliyatiga asoslanib bajaradi. Shunga qaramay xudi shunday darajadagi ongsizlikka intiladi. Faylasufning fikricha, bizning bir qancha hohishlarimiz va his tuyg’ularimiz ongsizdir. Ongsizlik tush ko’rayotganda, gipnoz holatida mavjud bo’libgina qolmay, balki boshqa hollarda masalan, biror narsani maqsadsiz yoshirib qo’yish, yig’ishtirish, noo’rin va bilib bilmay tuxmat qilishga, gapirishga undaydi. Bu o’ziga xos past yoki quyi ongsizlikdir.

Yuqori darajadagi ongsizlik ijodiy jarayon bilan bog’liqdir. Yuqori ongsizlik intuitsiya, xayol va ongdan yashirin holdagi fikr, g’oya, obraz haqiqatan ham juda muhim o’rinni egallaydi.

Shaxs ruhiyatini uchga bo’lar ekanmiz, ular o’rtasidag qat‘iy chegara qo’ya olmaymiz. Ularni qayta bir butunga yig’amiz, chunki ularning asosiy maqsad va vazifasi «men» ni kuchaytirishga harakat qilishdir. «U» bo’lgan joyda «Men» - ong bo’lishi shart.

Ongsizlik insonning butun hayotini, hattoki shaxslarning, hattoki butun – butun xalqlarning taqdirini belgilashi mumkin. «Men» turli belgi va simvollarga ega bo’lganidek, «u» ning ham turli belgi av simvollari mavjuddir. Freyd o’zining «ruhiy tahlil» asarida – «buni anglay bilish kerak, shundagina yashirinib yotgan ruhiy yarani ko’rish mumkin bo’ladi» deb yozgan edi.

Albatta Zigmund Freyd ta‘limotiga baxs berganda uning bilish jarayoniga oid va ijitmoiy qarashlarida ma‘lum kamchiliklar ham bor ekanligini ta‘kidlash zarur. Jumladan Freyd ongning ijtimoiy tomonlar to’g’risida fikr yuritgan bo’lsada, u ongning ijtimoiy tomonlari to’g’risida fikr yuritgan bo’lsada, u ongning shakllanishi va rivojlanishida, umuman inson psixikasiga ijtimoiy faktorning ko’rsatadigan muhim ahamiyatini yetarlicha yoritib bermadi. Lekin Freyd birinchi bo’lib, eksperimental va klinik dalillarga tayangan holda, inson psixikasida ongsizlikning tutgan muhim o’rnini fundamental asoslab berdi. Freyd kontseptsiyasining ilm – fanga qo’shgan bu hissasini ilmiy falsafa albatta yuksak baholaydi.

Freyd ta‘limoti bilan muntazam shug’ullanib, o’z fikrlarini bayon etgan faylasuflardan biri Erix Fromdir (1900 – 1980) u ruhiy tahlil bilan shug’ullanar ekan ayni bir vaqtda ijtimoiy ruhiyat g’oyalarini ham bayon etadi. From ijtimoiy taraqqiyotda psixologik mexanizmning o’rnini ochishda ijtimoiy – ruhiy tahlili nuqtai nazaridan yondoshadi. Erix Fromning insonning mavhum ruhiy modelini yaratishga g’oyasi ekanligidan dalolat beradi.

«Insonning o’z – o’zini anglashi deydi From – insonni bu dunyodan begonalashtiradi, unda yolg’izlik, qo’rquv hislarini paydo qiladi. U insongacha bo’lgan o’z holatiga qayta olmaydi, tabiat bilan uyg’unlasha olmaydi, chunki u endi onga ega. Shuning uchun inson aqliy rivojlanishi asosida insonga xos faoliyat orqali tabiat bilan birlashish yo’llarini izlash lozim».

Freyd qarashlaridan farqli ravishda, Erix From quyidagilarni bildiradi: ongsizlik faqatgina individga xos bo’libgina qolmay, balki jamiyatning barcha a‘zolariga ham xosdir. Uning paydo bo’lishida ijtimoiy muhitning o’rni kattadir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari yoshlariga ularning bolaligidan boshlab, Amerika ozod, demokratik mamlakat, har kim hohlasa millioner, hohlasa prezident bo’la oladi, degan g’oya singdirib boriladi. Shunday vaqt keladiki, bolalar ushbu g’oyalarga ishona boshlaydilar.

Fromning qarashlarini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin. U ongsizlik tushunchasiga inson tabiatining imkoniyatlari talablari, invidning ijtimoiy insonni yuzaga keltiradi va insonning butun ruhiy faoliyatining shakllanishida katta o’rinni egallaydi.

Ruhiy tahlil falsafasining vakillaridan biri Yung (1875 – 1961) o’z e‘tiborini asosan kollektiv ongsizlik masalalariga qaratdi. Uning fikricha ongsizlik faqat individgagina tegishli bo’lmay, balki ma‘lum guruh, millat, xalq va hatto butun insoniyatga tegishli bo’lishi ham mumkindir. U ba‘zi xalqlarning yovuz, urushqoq, g’alayonchi bo’lishini, hozirgi davrdagi ekologik va yadroviy halokatni kollektiv ongsizlik bilan izohlaydi.

Insonning ruhiy faoliyatini tahlil qilishda ongning faolligini ta‘kidlash bilan bir qatorda ongsizlikning ham faolligini nazarda tutish lozim. Hozirgi zamonda ongsizlik muammosini o’rganishda ayniqsa, ruhiy tahlil falsafasining o’rni juda katta ekanligini allohida ta‘kidlash zarur. Hozirgi zamonda ruhiy tahlil falsafasi va uning asoschisi Zigmund Freyd ta‘limoti asosida ko’plab ilmiy hamda san‘at asarlarining yaratilayotganligi buning yaqqol dalilidir.

5. FALSAFADA IDEAL VA IDEALLIK MUAMMOSI

Odam bolasi faqat jamiyatdagina ijtimoiy muhit ta‘sirida ijtimoiy ongni zot insonga aylanadi, shaxs darajasiga ko’tariladi.

Inson dunyodagi o’z o’rni va faolitini shuningdek, boshqa kishilarning faoliyatini anglab olishda ongning ijodiy faolligi muhim rol o’ynaydi.

Ongning ijodiy faolligi ayniqsa, kishining biron ishga kirishganida, bu harakat rejasini miyasida oldindan tuzib olishida yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda shu ish – harakat rejasi uning tasavvurida ma‘lum fikr shaklida yuzaga keladi, so’ng insonning mehnat jarayonida moddiylashadi. Garchi ong miyaning funktsiyasi bo’lsada, lekin voqealikni miyaning anatomik – fiziologik xossalariga asoslanibgina ochib berib bo’lmaydi.

Ongning ijodiy faolligi insonning tashqi dunyoga, tabiat va jamiyatga, o’ziga, boshqa kishilarning ijtimoiy faoliyatiga ma‘lum munosabatda bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Insonning ongli faoliyati biron – bir ahamiyatli ishni bajarishidan, biron muhim vazifani hal etishidan, muayyan maqsadni o’z oldiga qo’yib, uni amalga oshirishdan iborat bo’ladi.

Bu faollik undagi talab, intilish, qiziqish, niyat, maqsad, ishonch vash u kabilar orqali ifodalanadi. Bular ichida maqsad yetakchi rol o’ynaydi. Inson o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishda uning ideal modeli bo’lgan reja muhim ahamiyatga ega. Bu reja uning faoliyatining tartibga solib, to’g’ri yo’nalishini berib boradi.

Ideal – kishining o’z oldiga qo’yadigan va unga erishishga intiladigan maqsadi bo’lib, u yaratilishi lozim bo’lgan, lekin hali real tarzda mavjud bo’lmagan, ammo kelajakda bo’lishi orzu qilingan narsa yoki hodisaning g’oyaviy shaklidir.

Ideal muvaffaqiyatli amaliy faolityaining negizidir. Inson o’zi uchun zarur narsani avval idealda yaratib, so’ngra esa unga muvofiq ravishda, mazkur predmetni voqealikda yaratadi.

Idealliylik amaliy faoliyatda bir xil predmetlardan boshqa xil predmetlarga o’tib, bo’lg’usi narsalarning fikriy shakllarini, ularning o’ziga xos andozalarini yaratishga yordam beradi. Idealliylikning amaliy ahamiyati uning ob‘ektiv mazmuni bilan va sub‘ektning intilishlari bilan belgilanadi.

Maqsadni ko’zlash, uni belgilash va amalga oshirilishi bilan qimmatlidir. Agar maqsad amaliy ish bilan amaliy faoliyat bilan birga qo’shilmasa, faqat hayol samarasiz intilish bo’lib qoladi, xolos.

Umuman ideal biron narsada namuna, kamolot, ayrim kishining guruhning intilishi va hatti – harakatini belgilaydigan oliy maqsad. Bu mukammal ijtimoiy tuzum haqidagi: shaxsning mukammal ahloqiy sifatlari haqidagi: uyg’un ravishda rivojlangan go’zal inson haqidagi tasavvur bo’lishi mumkin.

Ideal, voqelik bilan qanday munosabatda bo’lishiga, uning taraqqiyot an‘analarini qanchalik to’la, to’g’ri aks ettirganligiga qarab amalga oshmaydigan soxta yoki real, amalga oshadigan bo’lishi mumkin.

Idealning ijtimoiy funktsiyasi shundan iboratki, u odamlarni jamiyatni va o’z – o’zlarini o’zgartirishga ilhomlantiradi.

Insonning miyasi shunday tarzda tuzilganki, u informatsiyani olib, saqlab va qayta ishlabgina qolmasdan, shu bilan birga harakatlarning planini ifodalaydi ham, harakatlarni aktiv boshqarishni amalga oshira oladi ham. Insonning harakati hamisha oxirgi natijaga, ya‘ni muayyan maqsadga qaratilgan bo’ladi. Inson erishishga intiladigan maqsad yaratilishi lozim bo’lgan, lekin hali real sur‘atda mavjud bo’lmagan narsadir. U orzu qilingan kelajakning ideal modelidir.

Maqsadni ko’zlash, ya‘ni inson o’z ishlarini «nima uchun» va «ne maqsadda» amalga oshiriyotganini oldindan ko’rishi – har qanday ongli kishining o’zgarmas shartidir.

Biroq Gegel ko’rsatib o’tganidek, «ishning mohiyati o’zining amalga oshirilishi bilan nihoyasiga yetadi». Maqsadni ro’yobga chiqarish – muayyan vositalarning, ya‘ni maqsadga yetish uchun yaratilgan va mavjud bo’lgan narsalarning tatbiq etilishini nazarda tutadi.

Ongning ijodiy faolligi tufayli inson tobora qudratliroq ishlab chiqarish vositalarini yaratib, o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun ulardan foydalanishga harakat qila boradi. Inson o’z ongi faolligi tufayli tabiatning yangi – yangi qonunlarini kashf etib, ularni bilib olish asosida, tabiiy holda mavjud bo’lmagan yangi narsa va hodisalarni yaratadi, tabiiy holda mavjud bo’lmagan yangi narsa va hodisalarni yaratadi, yangi – yangi ixtiro kashfiyotlar qiladi. Natijada u o’zining yaratgan va ixtiro qilgan narsa va hodisalari orqali tabiat kuchlaridan, hodisalaridan o’z maqsadlarini ro’yobga chiqarish yo’lida foydalanadi.

Shuningdek inson o’z ongi faoliyati bilan jamiyatni ham o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar g’oyasi dastlab ilg’or kishilar ongida paydo bo’lib, jamiyatga bo’lgan qarashlarda yangi o’zgarishlarga olib keladi.

Ob‘ektni chuqur aks ettiradigan ilg’or ijtimoiy kuchlarning intilishlarini ifodalaydigan g’oyalar egallab olib, voqelikni o’zgartirishda aktiv kuchga aylanadi.

Tarixdan bizga ma‘lumki jamiyatda yuz bergan har qanday ijtimoiy o’zgarishlar, avvalombor ilg’or kishilar ongida sodir bo’lib, so’ng amalga oshirilgan. Masalan, 18 asrdagi Frantsiyada sodir bo’lgan burjua inqilobi dastlab mutafakkirlar ongida yuz berib, so’ng u xalq ommasi tomonidan amalga oshirilgan edi.

Mamlakatimizdagi turli sohalarda erishilayotgan yutuqlar ham bunga misol bo’la oladi. Ayniqsa mamlakatimiz prezidenti Islom Karimovning buyuk kelajak sari dadil olg’a borayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir.

Lekin shuni ham unutmaslik kerakki voqelikni buzib ko’rsatadigan g’oyalar ham mavjud bo’lib, bu g’oyalarni ko’pincha ijtimoiy taraqqiyotga to’sqnlik qluvchi reaktsion kuchlar o’zlariga qurol qlib oladilar. Eng yomon tomoni shundaki bunday reaktsion kuchlar o’z maqsadlariga erishish uchun hech qanday jinoyadan ham toymaydilar. Ular ko’pincha o’zlarining reaktsion g’oyalari bilan yoshlarning ongini zaharlashga harakat qiladilar.

Hozirgi paytda yer yuzida keng tarqalgan ekstermistik kuchlar, din niqobi ostida hokimiyat uchun kurashayotgan oqimlar voqelikni buzib ko’rsatuvchi reaktsion g’oyalarni o’zlariga qurol qilib oladilar.

Umuman olganda ibtidoiy odam yaratgan tosh quroldan tortib hozirgi kundagi buyuk inshoatlargacha hammasi inson ongi faolligining natijasidir. Xullas shuni ta‘kidlash lozimki insonning tabiat va jamiyatni o’zgartirishga qaratilgan har qanday faoliyatida uning ongi faolligi – ideallik juda katta rol o’ynaydi.

6. ONG VA TILNING O’ZARO ALOQADORLIGI

Ongning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat hal qluvchi omildir. Insoniyat o’zining ma‘lum maqsadga qaratilgan ongli mehnati tufayligina tabiatdan ajralib turadi. Inson o’zining mehnati natijasida ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir.

Antropologiya fanning dalolat berishicha, odamlar paydo bo’lishi, rivojlanishi jarayonidagi qat‘iy burilish – bu ularning to’rt oyoqlab yurishdan tik yurishga o’tishidan va oldingi oyoqlari qul vazifasi uchun bo’shatilishidan boshlangan. Odam qo’llarining takomillashib borishi, o’z navbatida, odam organizmining boshqa qismlari ham, xususan, miyaga, uning rivojlanishiga juda kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida odamlarning mehnat faoliyati ham tobora takomillashib, ma‘no jihatdan farq qiluvchi tovushlarni, so’zlarini chiqarish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Bunday imkoniyatga ega bo’lgan uyushgan kishilar shu darajada yetadilarki, ularda bir – birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tugiladi. Bu ehtiyoj o’ziga kerakli a‘zoni hamda u bilan bog’liq nutq va tilni vujudga kltiradi. Shunday qilib, avvalo mehnat, so’ngra shu mehnat jarayonida paydo bo’lgan nutq, til ongning shakllanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Miya va sezgi a‘zolarining takomillashib borishi odamning abstraktsiyalash umumlashtirish va zehn ishlatish qobiliyati taraqqiy etishiga olib keladi.

Endi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari odam miyasida tushuncha hukm va xulosa shakllarida, xullas fikr shaklida in’ikos eta boshlaydi.

Natijada, odamda abstrakt tafakkur qaror topadi. Abstrakt tafakkur ob‘ektiv olamdagi narsa va hodisalarning odam miyasidagi mavhumlashgan, umumlashgan va ayni vaqtda konkretlashgan tushuncha, hukm va xulosa shakllaridagi fikriy in’ikosidir. Abstrakt tafakkur til bilan uzviy bog’langan, u til orqali nutqda tovushlar, so’zlar va gaplarda reallashadi. Til kishilarning o’zaro aloqa qilish va fikr olishuvi quroli sifatida tafakkurning yuzaga chiqish shaklidir, u reallashgan ongdir.

Falsafa ong bilan tilning o’zaro bog’likligini qarab chiqar ekan til ham ong singari qadimiy ekanligini, til boshqa kishilar uchun va shu bilan birga har bir kishining o’zi uchun ham mavjud bo’lgan amaliy, haqiqiy ongdir, deb tan oladi hamda, til ham faqat ehtiyojdir, boshqa kishilar bilan birga munosabatda bo’lish zarriyatidan kelib chiqqan deb tushuntiriladi. Til va tafakkurning har biri o’ziga xos xususiyatlariga ham ega. Tafakkur tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, ular o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlarning tushuncha, hukm, xulosa chiqarish kabi fikr shakllarida in’ikos etishidir. Til esa tafakkurning moddiylashgan shakli sifatida kishilar o’rtasidagi fikr almashish vositasi, ularning o’zaro aloqa qilish quroidir. Kishilarda nutq mehnat faoliyati jarayonida bir – birlari bilan aloqa qilish vositasi sifatida rivojlanadi. Hayvonlarda esa nutq yo’q. Boshqacha aytganda hayvonlar gapirmaydi. Hayvonlarning aloqa qilish vositasi har xil signallar berish bo’lib xizmat qiladi. Bu signallar tovush chiqarib yoki imo – ishora bilan beriladi. Maymunlarda bu hol ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Ammo signal berish sistemalariga nutq boshlang’ichlarining vujudga kelishi uchun yagona shart – sharoit deb qarash kerak. Nutq aloqa qilishning sifat jihatidan yangi vositasi bo’lib, faqat odamgagina xosdir. kishilar fikr ayirboshlamasa, umuman zarur moddiy boyliklarni ishlab chiqara olmagan bo’lur edi. Fikr ayri boshlash esa faqat til yordamida yuzaga chiqishi mumkin. Til tafakkurning borliq shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. Jamiyatning taraqqiy etishi bilan tafakkur singari til ham taraqqiy qilib boradi. Til ham ong kabi qadimiydir. Til – amaliy haqiqiy ongdir.

Insonning borliqqa munosabatining o’ziga xos bir turi bo’lgan ong faoliyati informatsiya bilan chambarchas bog’liqdir. Informatsiya, falsafiy kategoriya sifatida ob‘ektiv olam, undagi narsa va hodisalar, jarayonlar hamda ularning miyadagi faol in’ikosi haqidagi turli – tuman habarlar va ma‘lumotlardir.

Informatsiya turli xil va turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Informatsiya dastlab: a) moddiy informatsiyalarga va b) ma‘naviy informatsiyalarga ajratilishi mumkin.

Moddiy informatsiyalar in’ikosining mexanik, fizik, ximik, biologik shakllari bilan bog’liq informatsiyalardir. Inson miyasiga xos ijtimoiy in’ikos bilan bog’liq informatsiyalar ma‘naviy informatsiyalardir. Bunday informatsiyalarning alohida bir turi bu ikkinchi signal sistemasi – nutq vat il bilan bog’liq informatsiyalardir. Bu informatsiyalar inson miyasi tomonidan ishlab chiqiladi va nutq til orqali uzatilib eshitish a‘zolari orqal qabul qilinadigan informatsiyalardir.

Informatsiya obraz va belgilarsiz bo’lishi mumkin emas. Obraz, belgi va simvollar informatsiyani ifodalovchi, uzatuvchi vositalardir. Ularsiz hech qanday informatsiyani ishlab chiqish ham, uzatish, qabul qilish ham va saqlash ham mumkin emas. Informatsiya nazariyasining rivojlanishi obrazlar va belgilar to’g’risidagi yangi soha – semiotikaning paydo bo’lishiga olib keldi.

Obraz – bu ob‘ektiv reallikning kishi miyasidagi hissiy yoki fikriy sub‘ektiv in’ikosidir. Har qanday obraz belgi yoki simvollar orqali ifodalanadi. Belgi va simvollar predmet va hodisalarning obrazalarini ifodalovchi ularni ko’rsatuvchi moddiy yoki ma‘naviy vositalar bo’lib, ular informatsiyalarni uzatish qabul qilish va saqlash uchun xizmat qiladi. Keyingi vaqtda belgi tushunchasi muhim falsafiy, kibernetik vat il kategoriyalari sifatida, insonning ob‘ektiv reallikni bilishida juda katta rol o’ynamoqda. Inson tomonidan fikr almashuv, informatsiya almashuv uchun foydalaniladigan barcha belgilar, belgilar tizimini tashkil etadi.

SHu ma‘noda til ham muhim informatsiya vositasi sifatida alohida belgilar tizimidan iboratdir. Har qanday belgi muayyan ma‘noga ega bo’lib, ular ikki xildir.

1) Belgining predmetlik ma‘nosi.

2) Belgining fikriy ma‘nosi

Belgining predmetlik ma‘nosi shu belgining biror predmetga ishora qilib, uni ko’rsatish, ifodalash xususiyatidir. Belgining fikriy ma‘nosi esa, shu belgi ifodalangan predmetning inson ongidagi ma‘nosidir. Masalan, tildagi so’zlarning qurilmasi murakkab munosabatlar kompleksida murakkab ma‘nolarni ifodalaydi. Bunda birinchidan har bir so’z o’z asl ma‘nosi bilan biror predmetning belgisidir. Ikkinchidan bu so’z shu predmetning inson ongidagi in’ikosi bo’lgan tushunchaning belgisidir.

Til belgilari tizimi tilga oid bo’lmagan barcha belgilar tizimlaridan farq qiladi. Ularning bu farqi shundan iboratki, til insonning nutqiy, fikriy faoliyat ko’rinishining va ob‘ektiv olamni bilishning vositasi sifatida xizmat qiladi.

Biror fikrni til orqali kimgadir aytishdan oldin bu fikr kishi miyasida yuzaga qilib albatta, so’z yoki gap shaklida ifodalanadi. Bundan shunday xulosa qilib, chiqadiki tafakkur ham, til ham fikriy modeli yuzaga keladi, so’ng bum odel nutqda til belgilari so’zlar va gaplar shaklida moddiylashadi.

Tilda ishlatilayotgan belgilar shakliga ko’ra tabiiy va sun‘iy tillar farqlanadi: tabiiy til tarixan shakllangan tovushlar va grafika (yozuv) axorot belgilari sistemasidan iborat. Sun‘iy til tabiiy til negizida shakllantiriladi, unda sun‘iy yo’l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya‘ni simvollar – ramzlar ishlatiladi. Sun‘iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo’llaniladi. Ularning ayniqsa matematika, fizika, kibernetika, hisoblash texnikasi kabi sohalar rivojlanishida hissasi katta. Shuningdek sun‘iy tildan fikrlar tuzilishini nazariy jihatdan analiz qilishda mantiq fani ham keng foydalaniladi. Ilmiy bilishda ham tabiiy ham sun‘iy til ishlatiladi. Demak, ilmiy til tabiiy til, sun‘iy til va maxsus atamalaridan tashkil topgan bo’ladi.

Umuman olganda jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan ong singari til ham taraqqiy qilib boradi. Til tufayli kishilarning biluvchilik faoliyatining natijalari, ilm – fan yutuqlari umum mulki bo’lib qoladi, kelgusi avlodlar uchun saqlanadi. Bu esa bilish taraqqiyotining uzluksiz tarixiy jarayonini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, til ijtimoiy xotiraning asosi bo’lib yuzaga chiqadi. Shunga ko’ra til – amaliy haqiqiy ongdir.
7. FENOMENOLOGIYA – ONG TARKIBINI

O’RGANISHNING MUHIM USLUBI

Ong muammosini falsafiy tahlil qilishda, hozirgi zamon falsafasidagi va madaniyatdagi asosiy oqimlardan biri fenomenologiya muhim o’rin tutadi.

Fenomenologiya falsafa tarixida turlicha talqn qlib kelindi. Masalan, I.G.Lambert va I.Kant ta‘limotlarida fenomenologiya tajriba predmetlari to’g’risidagi fan sifatida qaralsa, Gegelning «Ruh fenomenologiyasida» fenomenologiya – ilmiy falsafiy bilimlarning shakllanishi haqidagi ta‘limot sifatida qaraladi. F.Brentano, K.Shtumpf, A.Menong tadqiqotlarida esa, psixik fenomenlarni ta‘riflash va tasniflashning metodologik vositasi sifatida qaralgan.

Fenomenologiya asosan XX asrda falsafiy oqimlardan biri sifatida shakllandi. Bu oqimning asoschisi Edmund Gusserldir. Ekzistentsializm falsafasining yirik namoyondalaridan biri E.Gusserl (1859 – 1938), inson borligini to’la o’rganmoq uchun eng avvalo inson ongi strukturasi, uning turli xususiyatlari. Xossalari, ya‘ni ong fenomenini har tomonlama o’rganmoq zarur degan g’oyani olg’a suradi.

Asosan XIX – XX asrlar chegarasida Gusserl o’zining asosiy e‘tiborini «sof mantiqiy» muammolarga qaratdiki, natijada uning birinchi, xususan fenomenologik metodni boshlab bergan ishi «Mantiqiy tadqiqotlar» asari vujudga keldi (1900 - 1901).

Mantiqiy tadqiqotlarning 1 tomida Gusserl asosan nazariy va empirik fanlar o’rtasidagi farq, umuman fanning nazariya sifatidagi mohiyatini mantiqiy tahlil qilgan bo’lsa, 2 tomda kirish qismi hamda oltita katta bo’lim mavjud bo’lib, undagi umumiy maqsad sof mantiqiy muammolarni bilish nazariyasining umumiy masalalari bilan birlashtirish, uyg’unlashtirishdan iboratdir. Umuman bilish jarayonining asiy hodisalari (aktlari) o’rtasidagi strukturaviy munosabatlar, bir – biriga aynan mos kelavemaydigan reallik va ideallik, ma‘no va narsa o’rtasidagi farqlarni bayon qilish orqali ongning umumiy strukturasi tasvirlab berilgan.

«Mantiqiy tadqiqot» asarida Gusserl falsafa ongning tuzilishini va uning qonuniyatini ko’rsatishda izchil va qat‘iy ekanligini bayon etib falsafiy fikrlashda o’ziga xos burilish yasadi.

Gusserl asos solgan metodga ko’ra «sof ong» fenomenini individning avvalgi tajribasiga bog’lamasdan o’rganmoq darkor. U yaratgan metodning markaziy qoidasi «fenomenologik reduktsiya» (enoxe) dir. Uning tayanch nuqtasi vazifasini bajarayotgan immanent xususiyatlar faqat ongga taaluqli bo’lib, tashqi olamdagi voqealar va hodisalarga, ya‘ni ob‘ektga hech qanday aloqador bo’lmaydi. Bu yerda gap shu narsa ustida bormoqdaki, biz eng avvalo ob‘ektiv olam to’g’risidagi har qanday muhokama yurgizishdan o’zimizni tiyamiz, so’ngra esa xudi shuningdek hissiyotga ega bo’lgan mavjudot sifatida, o’z mavjudligimiz to’g’risida fikr qilishdan o’zimizni to’xtatamiz va butun diqqatimizni «sof ong» olamiga qaratamiz. Bunda olam to’g’risidagi makon va zamonga molik barcha muhokamalarimiz, hissiyotlarimiz va munosabatlarimiz va hatto o’z individual «men» imiz qavs ichiga olinadi va diqqat e‘tiborimizdan chetga chiqarib qo’yiladi. Biroq fenomenologning diqqati qaratilgan «qolgan qism» dunyoni «ongning sof fenomeni» tariqasida ifodalaydi (transtsendental sub‘ektivlik – har qanday individuallikdan mahrum etilgan, shaxssiz sof «men»). Ana shundagina deb ta‘kidlaydi Gusserl «narsalarning o’zi» bizga ochiladi – aniq – haqiqiy bilimni ifodalovchi, sof ong strukturasi namoyon bo’ladi.

Eng avvalo deb ta‘kidlaydi Gusserl, reduktsiya bizga shuni ko’rsatadiki, ong har doim faoldir va u predmetga yo’nalgandir. Ongning predmetga yo’naltirilgan bunday xususiyatini Gusserl intentsionallik deb ataydi. Garchi ong tasavvur qilinayotgan narsaga nisbatan o’ziga xos munosabatda bular ekan u ma‘lum bir ma‘no yaratadi. Sof ong dunyosi – bu ma‘nolar dunyosidir. Ma‘no esa munosabatdir, shuning uchun ham u, na predmetning o’ziga, na uning his etilishi yoki obraziga va na u to’g’ridagi mulohazaning mantiqiy tuzilishiga aynan teng emasdir.

«Sof ongida» mavjud bo’lgan ideal predmet va ma‘noning birligi fenomenlardir. Ong – bu fenomenlar oqimidir, ular bizga har qanday ruhiy kechinmalardan avval bir butun yaxlitlik sifatida berilgandir. Gusserlning ta‘kidlashicha fenomenlarni mavhumlashtirish orqali, individuallikdan umumiylikka qarab borish yo’li bilan anglab bo’lmaydi. Shuning uchun ham fenomenlarga nisbatan munosabat bildirganda, ichki hissiyotga asoslangan intuitiv kategoriyaviy mushohadaning mohiyatini o’zlashtirishning maxsus turi sifatida – faqat ideallash yo’li (putem ideatsii) orqali yondoshish mumkin. Fenomenlarni o’rganish uchun, avvalo ularni ong oqimidan chiqarib olish zarur. Biroq ularni chiqarib olish turlicha bo’lishichp mumkin. Chunki aynan bir ideal predmetga ongning yo’naltirilganligi turlicha ko’rinishlarda bo’lishi mumkin (hayolot, xotira, fantaziya, umid va boshqalar) . Gusserl intentsional faoliyatning tuzilishiga e‘tibor qaratar ekan, idrok qilishni ongning yetakchi umumiy xususiyati sifatida qabul qiladi.

Gusserl intentsionallik faoliyatini talqin qilishda ikki momentni ajartib qaraydi: predmet momenti – noema (ong «nima»), hamda ongning ob‘ektga yo’naltirilganligi momenti – noezis (ong «qanday»). Noema – bu predmetning hissiy alomatlari, belgilari, predmetning ma‘nosi bo’lib, ular predmetning aynan o’zi emas unga teng emasdir. (mening ongimda mavjud bo’lgan daraxt, daraxning aynan o’zi emasdir). Noema ongning sintezlash faoliyati tufayligina bir butun yaxlitlik sifatida mavjuddir. Ongning ana shunday sintezlab birlashtirish faoliyati tufayligina biz alohida rakurslar, predmetning alohida qismlari bilan cheklanib qolmasdan, bir butunlikni idrok qila olamiz.

Noezis esa ongning predmetga yo’naltirilishi aosida ideal predmetni yaratish usulidir. Bunday usul va shakllar: xotira, maqsad, hohish – istak, tasavvur, baholash, qiziqish va boshqa shu kabilarga asoslangan holda turlichadir. Unda eng muhimi yo’nalish aktlarini aralashtirib yubormaslikdir. Aks holda ma‘noning aniqligiga erishib bo’lmaydi. Chunki inson ongi shunday bir o’ziga xos oynaki, unda butun olam o’z aksini topadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, o’sha oynadagi aksga ba‘zi noaniqliklar ham kirib qolishi mumkinham kirib qolishi mumkin. Boshqacha aytganimizda inson ongi olamning haqiqiy manzarasini to’la, aniq va tiniq aks ettirmasligiga sabab insondagi his tuyg’ularning, hayajonlarning turli – tumanligidir. Shuning uchun ham Gusserl noezis masalalari ustida ko’proq bosh qotiradi.

Ong faoliyatining mohiyati to’g’risida mushohada yuritar ekanmiz. Shunga amin bo’lamizki, ong ma‘nolar dunyosini yaratadi va biz uni voqelikka baxsh etamiz. Modomiki ma‘no – narsa emas munosabatdir, shuning uchun ham uni narsa sifatida taqdim etib bo’lmaydi. Gusserl fikricha hamma narsa fizik sababiyat bilan belgilanadi, deb qarash naturalistik aqldir. Bu esa faqat bilish nazariyasi uchungina emas, balki inson ichki dunyosini, ong tuzilishini bilishga ham to’sqinlik qiladi.

Gusserl Yevropada tabiatshunoslikning gurillab rivojlanishi davrida uning krizisi to’g’risida gapirdi. Tadiatshunoslar ob‘ektiv dunyoni o’rganib, sub‘ektiv fikrlash jarayonini chetlab o’tdilar, uning ma‘naviy mohiyatiga e‘tibor bermadilar, hayotiy dunyo bilan madaniy aloqada bo’lishni esdan chiqardilar, natijada inson o’z idrokini eslamay qo’ydi, vaholangki idrokgina mavhumlikdan konkretlikka olib boradi deydi.

Nemis faylasufi Gusserl yaratgan fenomenologik metod klassik fasafaga, xususan XX asr ekzistentsializmiga ham katta ta‘sir o’tkazadi.

Ekzistentsializm ongni finomenologik tavsif qilish yetodi vositasi bilan bilib olinayotgan ong strukturasini emas, balki harakat qiluvchi, iztirob chekuvchi, his qluvchi ong strukturasini, ya‘ni duyoning shunchaki bilib olayotgan emas, balki unga o’z emotsional holatining barcha ranglarini qayg’u, vahima va o’limdan qo’rqish, qat‘iyat, g’ariblik, aybdorlik, ma‘suliyat, sezish va boshqa shu singari tuyg’ularni bag’ishlaydigan mavjudlik strukturasini bayon qilib, berishga harakat qiladi.

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki Gusserl asos solgan fenomenologik ta‘limot hozirgi zamonning eng mashhur falsafiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Fenomenologiyaning asosiy maqsadi ong va bilish jarayonini tadqiq qilish, uning haqiqiy mohiyatini ochib berishga qaratilgandir. XX asrning yirik faylasuflari M.Xaydegger, M.SHeler, Merlo – Ponti, G.Gadamer va boshqa bir qancha faylasuflar fenomenologik yo’nalishning rivojiga katta hissa qo’shdilar. Shuningdek fenomenologik metod XX asrning deyarli ko’zga ko’ringan barcha falsafiy ta‘limotlariga o’z ta‘sirini ko’rsatdi, ayniqsa, ekzistantsializm, strukturalizm, germenevtika va analitik falsafaga uning ta‘siri katta bo’ladi.



Adabiyotlar:

1.Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2005, 194-203-betlar.



2.Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na-Donu, 1999, s. 162-211.

3.Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 356-364-betlar.

4.Osnovo’ filosofii. Pod red. M. Axmedovoy i V.Xana.Tashkent,1998, s. 253-269.

5.Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998, 87-bet.

6.Spirkin A. G. Filosofiya. Moskva, 1998, s. 383-384, 395-400.

7.Alekseev P. V., Panin A. Filosofiya. Moskva, 1997, s. 156-157.

8.To’lenov J. T, G’afurov Z. G’. Falsafa. Toshkent, 1997, 176-182-betlar.
Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling