Qandli diabet profilaktikasi


Download 0.53 Mb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1163756
  1   2   3   4
Bog'liq
QANDLI DIABET PROFILAKTIKASI


QANDLI DIABET PROFILAKTIKASI
Qandli diabetning yashirin alomatlari
Shifokorlar qandli diabet kasalligini inson hayoti uchun xavfli, deb biladi. Sababi kasallikning ilk bosqichlarida og‘riq bezovta qilmaydi, bemor hech narsadan shikoyat qilmaydi. Shunday bo‘lsa ham sog‘liqqa e’tiborli bo‘lgan kishilar, albatta, uning alomatini sezadi va qand kasalining oldini olishga harakat qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Qandli diabetning 1-toifasida ro‘y beradigan alomatlar
Kasallikning 1-toifasi juda tez rivojlanadi va aniq belgilar namoyon bo‘ladi. Ishtaha sezilarli darajada oshadi, ammo shunga qaramay, inson vazn yo‘qota boshlaydi. Doimiy charchoq, tashnalik, peshob qilish istagi ko‘payadi – bu narsalar kechasi ham bezovta qiladi. Ushbu alomatlar to‘satdan paydo bo‘ladi, bularga aslo beparvo bo‘lmaslik kerak.
Reklamani yopish
Qandli diabetning 2-toifasida ro‘y beradigan alomatlar
Kasallikning 2-toifasi juda keng tarqalgan bo‘lib, uning alomatlari sezilarsiz darajada bo‘ladi. Shuning uchun ham bu turga tashxis qo‘yish qiyin kechadi, sababi rivojlanish ham asta-sekinlik bilan amalga oshadi.


  1. Chanqoq va og‘iz qurishi. Inson har doimgidan ham ko‘proq suyuqlik ichishni xohlaydi, ba’zida iste’mol qilingan suyuqlik miqdori 3-5 litrni tashkil etadi.

  2. Vazn tashlash. Ozish va vazn tashlash ro‘y beradi. Garchi ovqatlanish avvalgidek yoki undan ko‘proq bo‘lsa ham vazn kamayib boradi.

  3. Doimiy charchoq. Erta tongdan charchoqni his qilish, asabiylik, uyquchanlik va zaiflik yuz bera boshlaydi.

  4. Peshob chiqarish. Alomatlardan yana biri shuki, peshob chiqarish darajasi avvalgiga qaraganda ancha ortadi.

  5. Ko‘ngil aynishi. To‘satdan ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari uchraydi.

  6. Oyoq va qo‘llarning uvushishi. Oyoq va qo‘l barmoqlari tez-tez uvushib qoladi.


  7. Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling