Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Fizika va elektronika” kafedrasi


Download 184.4 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi184.4 Kb.
#1044555
Bog'liq
O\'QE-6-Ma\'ruza Bosim


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
 
 
“Fizika va elektronika” kafedrasi
“O’LCHASH QURILMALARI ELEMENTLARI”
fanidan
6-taqdimot slayd
Qarshi‑ 2022

BOSIM O‘LCHASH QURILMALARI VA ULARNING TASNIFLANISHI Reja: 1.Bosim haqida umumiy ma’lumot. 2.Bosim o‘lchash qurilmalari. 3.Bosim o‘lchash qurilmalarining tasniflanishi.

Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha, bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi: (1) Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin.

O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Pmut -mutlaq bosim- modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Patm -atmosfera va Port -ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat: Pmut=Patm+Port (2) Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat: Port=Pmut-Patm (3) Atmosfera bosimi -yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi. Pv=Patm-Pmut (4)

Bosim asboblari ishlash prinspiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformasion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi: manometr -mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; barometr -atmosfera bosimini o‘lchaydi; vakuummetr-berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi; manovakuummetr -ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; naporomer -kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi; tyagomer -kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi; tyagonaporomer -kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; differensial manometr - ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi. Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.

Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o‘ramli naychasimon prujinali asbob- manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‘p qo‘llanadi. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning elastik deformasiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan. Aylana yoyi bo‘yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‘zgarishi natijasida o‘zining bukilishini o‘zgartiradi .

O‘lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina deformasiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi kattalashadi, katta o‘qi kichiklashadi, bunda prujina deformasiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha bo‘lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun - legirlangan po‘lat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi. Asbobsozlik sanoati 0,1 dan 1000 MPa (1...10000 kgk/sm2) gacha bo‘lgan bosimlarni o’lchaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik sinfiga ega. Namuna asboblarning aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4.


Download 184.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling