- MAVZU: ERKIN VOHIDOVNING “O’ZBEGIM” QASIDASI VA “NIDO” DOSTONINING O’QITISH METODIKASI
- Reja:
- I. Kirish:
- Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasi va “Nido” dostoni haqida.
- II. Asosiy qism:
- 1. “O’zbegim qasidasida millat faxri – ulug’lar qaydini tasvirlanishi.
- 2. Sharq mumtoz adabiyotining lirik janri.
- 3. “Nido” dostonida Erkin Vohidovning o’z dardini umumdardi darajasiga ko’tara olishi.
- III. Xulosa:
- Ma’naviy olami buyuk bo’lgan inson.
- MAVZUNING DOLZARBLIGI.
- Ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini osirish, kelajakni o’ylagan har bir mamlakat, millat uchun hamisha dolzarb masala bo’lib kelgan.
- bugungi kunda “Zamonaviy dars”, “Darslarning noan’anaviy shakli” iboralari kirib keldi. Buning o’ziga xos sabablari bor, albatta. Chunki yangi asr darslariga zamon ruhini singdirmay, noan’anaviy, shakllardan foydalanilmay, har bir darsni kashfiyot darajasiga ko’tarmay turib, ko’zlangan natijaga erishish nihoyatda qiyin.
- Mukammal ishlangan dastur, takomillashtirilgan ish reja va pedagogik mahorat asosida o’tkazildigan darslarga ta’lim jarayoni yangi mazmun va shaklda bo’lishi, o’quvchi talabalarning bilim darajasi, idroki, fikrlash qobiliyati, qiziqishi va yosh xususiyatlarini hisobga olgan yangi edagogik texnologiyani joriy qilish va shu asosda komil insonni tarbiyalash adabiyot o’qitishning eng dlzarb vazifasi bo’ib qolmoqda.
- Erkin Vohidovning she’riy asarlari hali to’la o’rganilmagan. Bu kabi muammolar o’z tadqiqini kutmoqda. Keltirilgan mulohazlar ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi.
- MAVZU METODOLOGIYASI
- Ta’limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyani joriy qilish, undan oqilona foydalanish, samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
- O’zbek adabiyotini o’qitishning noan’anaviy usullari endigina maxsus tadqiqot obyekti bo’la boshladi. Bu borada bir qanha yo’nalishlardagi tadqiqotlarda munosabatlar bildirilgan.
- Ushbu ishda yangi texnologityalar:
- “Tushuncha tahlii”
- “BBB”
- metodlaridan foydalaniladi.
- Mavzuni yoritishda M.Hoshimovaning “Kuy avjida uzulmasin tor” kitobida berilgan ma’lumotlar metodik asos qilib olindi.
- MAVZUNING MAQSAD VA VAZIFALARI
- Malaka ishimizning asosiy maqsadi, Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasida tarixiy shaxslar talqini orqali o’quvchilarni o’z Vatanini sevuvchi xalqi va millati bilan faxrlanuvchi, o’zligini chuqur his qila oladigan darajasida yetkazilishini maqsad qilib qo’ydik.
- “Nido” dostoni orqali E.Vohidov o’z dardini umumdardi darajasiga ko’tara olganligini o’quvchila ongiga yetkaziush va ularda hamdardlik tuyg’usini yanada oshirishini o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Oldimizda turgan asosiy vazifa ushbu maqsadni zamonaviy pedtexnologiyalar orqali o’quvchi ongida shakllantira olish.
- “O’zbegim” qasidasida millat faxri – ulug’lar qaydini tasvirlanishi
- O’zining go’zal she’rlari bilan ajoyib guldasta yasagan E.Vohidov adabiyotga nur kabi kirib kelgan ijodkordir. Shoir Vatanni sevuvchi, o’z xalqi bilan faxrlanuvchi, uning o’zligini chuqur his qila olgan shoirdir.
- Xalqimizning ardog’li shoiri E.Vohidov turli mavazularda ijod qilar ekan har bir she’rida o’z Vataniga, xalqiga, millatiga bo’lgan muhabbati va hurmati yaqqol ko’zga tashalanadi.
- Xalqning orzu istaklarini haqqoniy va to’g’ri aks ettirish, shaklantira olish, adabiyot va san’atning milliyligini, xalqchilligini belgilaydi. Demak, xalqning hayti bilan chambarchas bog’langan adabiyot uning o’ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini turmush va yashash tarzini aks ettiradi.
- Milliylik O’zbek adabiytoining eng talantli namoyandalari A.Fitrat, H.Niyoziy, A.Qodiriy, Cho’lpon, Oybek,
-
- H.Olimjon, A.Qahhor kabilar asarlarining qn-qoniga singib kelgan.
- O’zbek adabiyotining talantli shoiri, o’zbek millatining g’ururi bo’lgan E.Vohidov O’zbek lirikasining yorqin yulduzlaridan biri sanaladi. Shoir she’rlarida o’zbekona fe’l atvorimizni topa olamiz.
- “O’zbegim” qasidasidagi ush satrlariga e’tiborimizni jalb etaylik.
- Davr zulmida va lekin
- Bir umr bosh egmading
- Sen Muqqana, sarbardor sen
- Erksevar qon O’zbegim.
- Erkin Vohidovning bu satrlaridan har bir o’quvchi o’zida milliy g’urur tuyg’ularini gavdalantirishi tabiiy.
- Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarida shunday deb ta’kidlgan edi: “Biz ham avlodlarga ana shu zaminni ma’nan yuksak holda tutqazaylik. Toki, bizdan avlodlarga ozod va obod vatan qolsin”1
- “O’zbegim” she’riy asar bo’lib qasida tarzida yozilgan, el orasida nhoyatda mashhur, to’y-tantanalarda u yoddan aytiladi, xofizlar uni ashula qilib kuylashadi. Vatanni sevmoq uchun uning o’tmishini bilmoq, buguni va ertasi kurashmoq iymonli, e’tiqodli, ma’naviyatli insnning burchi ekanini shoir o’zining “O’zbegim” qasidasida ifodalaydi.
- 1. Karimov I.A Shu Vatan barchamizniki. Toshkent. O’zbekiston, 1994-yil 12-bet
- Shoir o’zbek xalqini kechmishi haqida so’z yuritar ekan, uning tarixi ming asrlarga tatigulik ekanini, unga Afrosiyob xarobalariyu, O’rxun xati izohlik berishini ta’kidlab o’tadi:
- So’ylasin Afrosiyob-u, so’ylasin O’rxun xati,
- Ko’hna tarix shodasida bitta marjon O’zbegim.
- Shoir o’zbek xalqining uzoq o’tmishi Beruniy, Xorazmiy, Forobiyga borib taqalishi haqida faxrlanib kuylaydi:
- Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan
- Asli nasli balki o’zlik, balki Tarxon O’zbegim.
- Ushbu qasidada millt faxri - ulug’lar qaydi ifodalanadi.
- Tuzdiyu Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy jadvalin,
- Sirli osmon toqiga ilk qo’ydi norvon o’zbegim.
- Mir Alisher narasiga aks sado berdi jahon,
- She’riyat mulkida bo’ldi shoh-u sulton o’zbegim.
- Mirzo Bobur – sen, fig’oning soldi olam ichra o’t,
- Shoh Mashrab qoni senda urdi tug’yon o’zbegim.
- Qasida – lirik janr bo’lib, g’azaldek qofiyalanadi. Unda Tarixiy voqealar ulug’ shaxslar madh etiladi.
- Sakokiy Mirzo Ulug’bekni to’rtta qasida yozgan.
- A.Navoiy: “Hiloliya”, “Tuhvatul avgor”
- M.Shayxzoda “Toshkentnoma”, A.Oripov “O’zbekiston”, E.Vohidov O’zbegim qasidasini yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |