Qattiq jism zichligini aniqlash


Download 79 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi79 Kb.
#1622085
Bog'liq
Qattiq jismning zichligini aniqlash


3-laboratoriya ishi
QATTIQ JISM ZICHLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Texnik tarozida tortishni va geometrik o‘lchash usuli bilan hajmini aniqlash qiyin bo‘lgan jismning zichligini topishni o‘rganish.
Kerakli asbob-uskunalar: 1) 0.1gr aniqlikdagi texnik tarozi. 2) Moddasi ma’lum lekin hajmi no‘malum bo‘lgan (juda katta bo‘lmagan) qattiq jismlar. 3) Ingichka sim. 4) Suv solingan darajalangan menzurka.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Ma’lumki qattiq jism zichligi deganda birlik hajmdagi massani tushunamiz. uni aniqlash uchun jism massasini tarozida o‘lchash va hajmini aniqlashimiz zarur. Standart geometrik shaklga ega bo‘lgan jism zichligini aniqlashni chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash usulida xisoblab topish mumkin. Nostandart shakldagi qattiq jismlarni hajmini aniqlash bo‘yicha Arximed birinchi bor gidrostatik usuldan foydalangan. U o‘ziga berilgan murakkab shakldagi oltindan yasalgan “toj” ni sof yoki aralashma ekanligini aniqlab bergan. Buninng uchun “toj”ni suvga botirish yo‘li bilan, u siqib chiqargan suv hajmiga qarab uning hajmini aniqlagan va shu usulda uning zichligini aniqlaydi va u sof oltin emasligini aniqlab beradi. Keyin o‘zining quyidagi qonuniga asos solgan: “Suyuqlikka botirilgan har qanday jism o‘zining xajmiga teng suyuqlikni siqib chiqaradi”.
Ishni bajarish tartibi
1-mashq: Texnik tarozida tortishni va yaxlit silindr shaklidagi jismlarning zichligini aniqlash.
Ishdan maqsad: texnik tarozi tuzilishi va unda tortishni o‘rganish. Bu laboratoriya ishi bajarilganda (3-5) xil modda (mis, alyuminiy, temir, plastmassa, kauchuq, yog‘och va hokozo) dan yasalgan 1-3 xil to‘g‘ri geometrik shakldagi (silindr, konus, shar va hokazo) jism olinadi. Olingan jismlarning har biri uchun quyidagi o‘lchashlar va hisoblashlar bajariladi:
1. Jism massalari dastlab texnik tarozida 5 marta o‘lchanib, m1, m2, m3, m4, m5 qiymatlar aniqlanadi va ifodadan ularning o‘rtacha qiymati topiladi. Topilgan o‘rtacha qiymatga ko‘ra o‘lchashdagi absolyut xatolik , va uning o‘rtacha qiymati ifodadan topiladi. Topilgan absolyut xatolikning o‘rtacha qiymatga ko‘ra nisbiy xatolik topiladi.
Bu laboratoriya ishini bajarganda silindrning balandligi ( ), diametri ( ) va massasi ( ) o‘lchanadi. Bu qiymatlarga ko‘ra quyidagi hisoblashlar bajariladi:
formuladan silindrning hajmi;
- formuladan tajriba natijasida olingan jismning zichligi topiladi. ifodadan zichlikning o‘rtacha qiymatlari topiladi, ifodalardan zichlikni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan absolyut xatolik topiladi,
ifodadan zichlikni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan absolyut xatolikning o‘rtacha qiymati topiladi.
ifodadan hisoblashdagi nisbiy xatolik topiladi.
Topilgan qiymatlarga ko‘ra zichlikning haqiqiy qiymati: ko‘rinishida ifodalanadi. Natijalar 1-jadvalga yoziladi.
1-jadval

Т/r


Massa, mi(g)

Balandlik,
hi(sm)

Diametr,
di(sm)

Hajmi,
Vi(sm)

Zichlik,
Ρi(g/sm3)

1.
















2.
















3.
















4.
















5.
















O‘rtacha











2- mashq.
Suv solingan menzurkadagi suv sathi belgilab dastlabki suv hajmi V1 yozib olinadi va tekshirilayotgan jism massasi havoda 0.1gr aniqlikkacha tortiladi va so‘ngra u ma’lum uzunlikdagi ingichka sim bilan suv solingan darajalangan menzurkaga botiriladi. Ko‘tarilgan xolda suv hajmi aniqlanadi va V2 yozib olinadi. Suvga botirilgan jism hajmi V quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi
V=V2-V1 (1)
Tekshirilayotgan jismning zichligini “ρ” bilan belgilab uni
(2)
ifoda yordamida aniqlaymiz. Zichligi aniqlangan jismlar moddalariga qarab jadvaldagi qiymati bilan solishtiriladi va tajribani har bir jism uchun kamida uch martadan takrorlab o‘lchashlardagi absolyut va nisbiy hatolar xisoblanadi.
Sinov savollari

  1. Massa deb nimaga aytiladi?

  2. Zichlik deb nimaga aytiladi?

  3. Zichlik bilan solishtirma og‘irlik orasida qanday bog‘lanish bor?

  4. Jismning zichligi nimalarga bog‘liq?

Adabiyotlar

  1. V. A. Michel’son, “Fizika ”, 1-tom,M.1939

  2. Kurs fiziki pod redaksiyey N. D. Papaleksi, t1, M.1948

  3. V.I. Iveronova “Fizikadan Praktikum”, 1960

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling