Jismning tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini yoki o’lchamlarini o’zgartirishi DEFORMATSIYA deb ataladi - Tashqi kuchlarning ta’siri to’xtatilgandan keyin jism shakli yoki o’lchamlari o’zinig dastlabki holatiga qaytmasa, bunday deformatsiyaga plastik deformatsiya deyiladi
- Uzunligi l0, ko'ndalang kesim yuzasi S bo'lgan rezina materialdan tayyorlangan sterjen olaylik. Sterjenning yuqori uchi shtativga mahkamlangan bo'lsin. Uning pastki uchiga pastga yo'nalgan F kuch bilan ta'sir etilsa, sterjen ∆l ga uzayadi (34- rasm). Bunda F kuch deformatsiyalovchi kuch, ∆l absolut uzayish deb ataladi. Agar sterjen deformatsiyalanishi natijasida uzunligi l ga teng bo'lsa, uning absolut uzayishi quyidagicha aniqlanadi:
- ∆l = l – l0
- Deformatsiyalovchi kuchning jism ko'ndalang kesimi yuziga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik mexanik kuchlanish deb ataladi.
- Formulasi δ=F/S
- δ -mexanik kuchlanish;
- F- ko’ndalang kesim yuzasiga ta’sir qilayotgan deformatsiyalovchi kuch;
- S- ko’ndalang kesim yuzasi;
- O'zgarmas kuch ta'sirida absolut uzayish sterjenning dastlabki uzunligi l0 ga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun nisbiy uzayish degan tushuncha ham kiritilgan. Sterjenning nisbiy uzayishi quyidagicha ifodalanadi:
- Tajriba shuni ko'rsatadiki, sterjenning nisbiy uzayishi s deformatsiyalovchi kuch F ga to'g'ri proporsional, sterjenning ko'ndalang kesimi S ga teskari proporsional bo'ladi, ya'ni:
-
- Elastik deformatsiyada mexanik kuchlanish nisbiy uzayishga to’g’ri proporsional bo’ladi
- δ = E*|ε|
- Bu ifodada qatnashgan proporsionallik koeffitsenti E- elastiklik moduli yoki Yung moduli deb ataladi. Mexanik kuchlanish va Yung modulining o’lchov birligi Paskal
- Mexanik kuchlanish δ=F/S va nisbiy uzayish
- Ifodalarini Guk qonuni ifodasiga qo’yib quyidagini hosil qilamiz
- F/S= E*Δl/l0
- Bundan F=E*S*|Δl|/l0
- Modda materiali chidashi mumkin bo’lgan mexanik kuchlanishning qiymati mustahkamlik chegarasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |