Qavatli qazib olish tizimi


Download 0.93 Mb.
bet1/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1767511
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'Zlash Temur


Qavatli qazib olish tizimi
Rudani qavat massividan ajratib qazib olish uchun odatda bloklarga bo‘linadi, bularni esa ma’lum tartibda qazib olishga kiritiladi. Bloklarning balandligi qavat
balandligiga teng. Blokning uzunligi uning cho‘ziqligi bo‘yicha 30 m dan 100 metrgacha bo‘lishi mumkin.Juda kam holatda blokning uzunligi bu o‘lchamdan ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.Ko‘p holatda vosstayushiylar blokning qanot qismida joylashtiriladi, shuning uchunblokning uzunligi ular oralig‘idagi masofa bilan o‘lchanadi.Blokning uzunligi avvaldan qabul qilingan ajratib qazib olish tizimiga, rudatanasining qalinligiga va ajratib qazib olingan rudani tashish usullariga bog‘liq.Shuning uchun blok uzunligini tanlash, qazib olish tizimini o‘rganish jarayonid ko‘rib chiqiladi.Ba’zan qavatda qazib olish ishlarini boshlash uchun qavat ikkita qazib oluvchi mustaqil qismga oraliq shtrek bilan ajratiladi, bu holda blok balandligi, qavat balandligidan ikki marta kichik bo‘ladi.Qavatda bloklarni qazib olishning to‘rtta asosiy sxemasi ma’lum.Blokni ilgarilab siljib borish tartibida qazib olish — stvoldan shaxta maydonichegarasi tomon (7.1-rasm).
Birinchi navbatda qazib olish ishlarini stvolga yaqin joylashgan bloklardan boshlab va ishning rivojlanishi jarayonida shaxta maydonining chegarasi tomon siljib
boradi. Asosiy shtrek shaxta maydonini chegaragacha qazib olish ishlaridan biroz
ilgarilagan tartibda o‘tqazilib boriladi (7.1-rasm, chap qanotiga qaralsin) yok rudani qazib olish ishlari boshlanmasidan ilgari shtrek shaxta maydonining chegarasiga qadar o‘tkaziladi (7.1-rasm, o‘ng qanotiga qaralsin). Rudani qazib olish ishlari bilan, shtrekni bir vaqtda o‘tqazishda qator kamchiliklar mavjud, shuning uchun bu sxema juda kam qo‘llaniladi
7.1-rasm. Qavatda rudani ilgarilab siljib borish tartibida qazib olish sxemasi: I, II, III— bloklarni qazish ketma-ketligi; 1 — shaxta stvolining ruda maydonida b joylashgan o‘rni
Bir vaqtning o‘zida ilgarilab siljuvchi sxemada qazib olinadigan bloklarning soni qavatda qazib olinadigan ruda miqdoriga qarab aniqlanadi.Shaxta maydonining uzunligi katta o‘lchamda bo‘lib, yondosh jinslar va rudaturg‘un holatda bo‘lsa, yordamchi stvollar shaxtaning qanot (chetki) qismida joylashgan bo‘lsa va qavat shtreklari puch jinslardan o‘tkazilganda ilgarilab boruvchi qazib olish sxemasi maqsadga muvofiqdir. Bloklarni shaxta maydoni chegarasidan stvolga qaratib, cheki- nish tartibida qazib olish (7.2-rasm). Qazib olishda siljish tartibi avvalgi sxemaning teskarisidir. Qazibolish ishlari boshlanmasdan ilgari kon tashiladigan shtrek shaxta maydonichegarasigacha o‘tkaziladi.






Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling