Qayta ishlashda foydalaniladigan qurulmalar Reja


Download 22.26 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi22.26 Kb.
#1396688
  1   2
Bog'liq
Qayta ishlashda foydalaniladigan qurulmalar


Qayta ishlashda foydalaniladigan qurulmalar
Reja

  1. Qayta ishlash uskunalari

  2. Qayta ishlash uskunalari turlari

  3. Qayat ishlash uskunalari ishlash prinspi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Rotor stanina (1), ichki bo‘shlig‘iga podshivnikka o‘rnatilgan tishli gardish (2), val (6) bir tomondan va ikkinchi tomondan konussimon shesturna, tashqi rifel yuzasiga g‘ilof (5), ich quyma (4) va yetakchi quvurlarni qisqichlardan (3) tuzilgan. Ishlayotgan vaqtda chig‘iriqdan aylanma harakat zanjirli uzatma yordamida valga tutashadi va qisqich bilan rotorga qisilgan yetakchi quvurlarga ilgarilanma tik holdagi harakatni shakllantiradi.


Kuch uzatmasi chig‘iriqni, burg‘ilash nasoslarini va rotorni energiya bilan ta’minlaydi. Burg‘ilash qurilmasini kuch uzaytmasi dizelli, elektrik, dizel-elektrik va dizel-gidralik bo‘ladi.
Dizel uzatma talab qilingan quvvatdagi elektr energiyasi mavjud bo‘lmagan joylarda burg‘ilashda qo‘llaniladi. Elektrik uzatma montaj qilish sodda ishlatish oson, yuqori ishonchlilik va iqtisodiy samaraga ega.
Dizel-elektrik uzatma dizel yordamida, generotorni aylantiradi, manba o‘z navbatida elektrdvigatel hisoblanadi.
Dizel-gidravlik uzatma ichki yonuvchi dvigatel va quvur uzatmadan tuzilgan. Burg‘ilash qurilmasini kuch uzatmasini umumiy quvvati 1000 kVt dan 4500 kVt –gacha, ya’ni bug‘ilash nasoslari va rotor uzatmalarida taqsimlanadi.
Sirkulyatsiya tizimi ishlangan burg‘ilash eritmalarini yig‘ish va tozalash, yangi porsiyalarni tayyorlash va tozalangan eritmani quduqqa haydash uchun xizmat qiladi.
Burg‘ilash quvurlari.
Burg‘ilash quvurlari quduqlarni burg‘ilashda qo‘llanilib, rotorli burg‘ilashda burg‘iga aylanma harakatni uzatadi, Turba turli burg‘ilashda yuvuvchi suyuqlikni turboburga uzatadi, burg‘ilash eritmasini uzatadi, parchalangan tog‘ jinslarini yer ustiga ko‘tarish uchun burg‘ini tushirish va ko‘tarish, turbobur, elektroburni, grunt tashuvchini va boshqalarni tushirish va ko‘tarishda xizmat qiladi.
Quduqlarni burg‘ilashda po‘lat burg‘ilash quvurlari qo‘llanilib, ichki va tashqi kirgizmali, uchlariga ulanmalar payvandlangan, blokrovkali belbog‘li barqarorlashtiruvchi belbog‘li, hamda yengil quyma burg‘ilash (YEKBQ) quvurlari.
Po‘lat burg‘ilash quvurlari uglerodli va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Burg‘ilash quvurlari ichki va tashqi uchlariga kirgizilgan quvurlar 102-mm gacha va undan katta diametrlilari 11.5 metr va undan uzun ishlab chiqariladi.
Uzunligi 6 m quvurlar mufta bilan komplekt, uzunligi 8 va 11.5 metr uzunlikdagi esa muftasiz keltiriladi.
Burg‘ilash quvurlarini ulashda burg‘ilash qulflari qo‘llaniladi: ZN- normal o‘tish teshikli qulflar ichki uchiga kirgizilgan burg‘ilash quvurlarini biriktirishda qo‘llaniladi. ZU qulfi-tashqi uchiga kirgizilgan burg‘ilash quvurlarini birlashtirishda qo‘llaniladi.
Burg‘ilash quvurlarini tashqi diametri 60,73,89,102,114,127, 140 va 169 mm li, qalinligi 7 mm dan 11 mm gacha quvurlarni tushirish ko‘tarish jarayonida biriktirish va ajratib olishlar sonini kamaytirish maqsadida quvurlar mufta rezba orqali seksiyalarga (svechaga) biriktiriladi. Burg‘ilash quvurlarini seksiyasi quduqqa tushirishda mahsus rezbali qulflar yordamida ulanadi, qaysiki u tashqi konus rezbali nippeldan va ichki konus rezbali muftadan tuzilgan.
Burg‘ilash quvurlari seksiyasini bir-biri bilan biriktirishga, burg‘ilash quvurlarini tizmasi deb ataladi. Burg‘ilash quvuri tizmasidagi birinchi yetakchi quvur kvadrat deyiladi.
Burg‘ilash quvurlarini eng pastdagisi OBQ (og‘irlashtirgan burg‘ilash quvuri) deyiladi va u burg‘i ustiga o‘rnatiladi.
OBQ burg‘iga yuk berish va burg‘ilash tizimini tarang tortish uchun xizmat qiladi. U qalin devorli quvurlardan tayyorlanadi. Chuqur quduqlarni burg‘ilashda burg‘ilash tizmasini og‘irligini kamaytirish uchun po‘lat quvurlari o‘rniga alyuminiy qo‘yma (alyuminiy mis va magniy qo‘ymasi), ya’ni yengil qo‘yma burg‘ilash quvurlariga almashtiriladi.
Yengil quyma burg‘ilash quvurlari uchi ichkariga kirgizmali 73, 93. 114, 129 va 147 mm li diametrda ishlab chiqariladi. Bu quvurlarni uchlariga standart rezba yo‘niladi. Ular bir-biri bilan maxsus po‘lat burg‘ilash qulflari yordamida biriktiriladi. Yengil qo‘yma burg‘ilash quvurlarini qo‘llanilishi burg‘ilash tizmasini og‘irligin ikki va undan katta marta yengillashtiradi. Burg‘ilash quvurlari zavoddan 6;8 va 11.5 metr uzunlikda ishlab chiqariladi. Svecha 25-36 metr uzunlikda yig‘iladi.
Tub dvigatellar.
Turboburlar. Quduqlarni turbinli burg‘ilashda burg‘i tub dvigateli yordamida aylanma harakatga keltiriladi – bu esa turbobur deb ataladi. Turbobur – bu tub dvigateli bo‘lib, burg‘ilash eritmasini gidravlik energiyasini mexanik energiya aylanishi hamda turbobur vali orqali harakatni burg‘iga uzatilishidir.
Turbobur ko‘p pag‘onali bo‘lib, pag‘onalar soni 25 tadan 350 tagacha. Turbinaning har bir pag‘onasi (7.13-rasm).
Birinchisi statordan ya’ni turbobur korpusi (1) bilan qattiq biriktirilgan va turboburni valiga mahkamlangan rotordan (2) tuzilgan. Statorda va rotorda burg‘ilash eritmasi oqimi harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va pag‘onadan - pag‘onaga oqib o‘tadi, har bir pag‘onaga gidravlik quvvatni bir qismini beradi. Turbobur validan hamma pag‘onalarida quvvat hosil bo‘ladi, turboburni valida yig‘iladi va burg‘iga uzatiladi.
Turboburni samarali ishlatish uchun yuzga yaqin turbina kerak bo‘ladi. Har bir turbina bir tekisda rotor qovurg‘asida perimetr bo‘yicha joylashtiriladi. Turboburni korpusida har bir turbina rotorni oldida, turbinalar statorlarga o‘xshash konstruksiya o‘rnatilgandir.
Har bir juft turbina rotor va stator turbobur pag‘onasini hosil qiladi. Zamonaviy turboburlarda bunday pag‘onalarni soni 300 tagacha yetadi. Burg‘ilash eritmasini oqimi boshlanishida turbinkalar - statorlarni kuragiga tushadi, yo‘nalishini o‘zgartiradi va turbinkalar - rotorni kuragiga tushadi, yana yo‘nalishini o‘zgartiradi, bunda paydo bo‘lgan radial kuch turbinkalar – rotor orqali turbobur valini aylanishiga olib keladi. Sanoatda bir-seksiyali ko‘p pag‘onali turboburlar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari ikki, uch va to‘rt seksiyali turboburlar ishlab chiqarilib, turbinalar soni 230, 270 va 280 taga teng. Ko‘p seksiyali turboburlar chuqur quduqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Quduqlarni turbinali usulda burg‘ilashda kerna olish uchun kolonkali turboburlar olinuvchi grunt tashuvchi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Turboburlar asosan tashqi diametri 102-mm dan 235 mm gacha ishlab chiqarilib, quduqlarni har xil diametrdagi burg‘ilashda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Past chastotali quduq tubi gidravlik dvigatellari qo‘llanilib – bu vintli (hajmiy) dvigatellarni valni aylanish chastotasi 90-dan 300 oy/daq – gacha. Vint quduq tubi dvigatellari ikkita seksiyadan tuzilgan. Dvigateli va shpindeli.
Dvigatel seksiyasi vintli rotordan (ichki vint) va ichki vintli statordan tuzilgan.
Rotor vintda bitta kirish bo‘lib u statorni ichki vintli yuzadan kichikdir, rotorni o‘qi esa stator o‘qiga nisbatan siljigan. Burg‘ilash eritmasi vint mexanizmni zazoridan o‘tib, rotor-vintini aylantiradi. Rotor vinti val bilan ulangan, uchida rezba mavjud bo‘lib unga burg‘i burab mahkamlanadi.
Elektroburlar.
Elektrobur – quduq tubi elektr dvigateli bo‘lib, uni yordamida quduqni tubida burg‘ini aylantirishni amalga oshiriladi. Elektroburni korpusiga o‘zgaruvchan tokli uch fazoli elektrodvigatel joylashtirilgan. Elektrodvigatelga elektroenergiya burg‘ilash quvuri ichida joylashgan maxsus kabel yordamida yer ustidan uzatiladi.
Verlyugni tagida halqali tok qabul qilgich joylashtirilgan bo‘lib, unga kabel orqali eletr toki uzatiladi. Hamma kabellar alohida seksiyalarga ajratiladi. Har bir seksiyani uzunligi burg‘ilash quvuri svechasini uzunligiga teng bo‘ladi. Tushirish-ko‘tarish jarayonlarida svechalarni burab mahkamlash va ajratib olishda kabel seksiyalarini ulash va ajratish har bir quvur svechaiga o‘rnatilgan maxsus qulflar yordamida bajariladi.
Quvurni bir ichiga qattiq mahkamlangan kontakt qulfidan kontakt sterjeni va muftani markazi bo‘lib quvurni boshqa ichiga ham qattiq mahkamlangan.
Quvurli svechani burab mahkamlashda sterjen muftaga kiradi va elektrik kontaktni qo‘shadi. Burab ajratib olishda kontaktni ajratadi.
Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvuri tizmasi qo‘zg‘almas va quvur orqali quduqni tubiga burg‘ilash eritmasi haydaladi. Elektroburda burg‘ilashda barqaror burg‘ilash rejimini ta’minlaydi, shunday qilib, bunda rotorni aylanish chastotasi burg‘ilash eritmasini miqdoriga bog‘liq emas.
Elektroburni kamchiligi elektr energiyasini uzatishdagi noqulayliklar va elektroburga burg‘ilash eritmasini kirmasligi uchun elektroburni ishonchli germetiklashni ta’minlash murakkabliklari hisoblanadi. Elektroburli burg‘ilashda diametri 170, 215, 250 mm li elektroburlardan va 190,5; 244,5; 295,3 mm li burg‘ilar qo‘llaniladi.
Quduqlarni qurish bosqichi
Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin quduqni burg‘ilash joyidagi maydon begona predmetlardan tozalanadi, o‘rmon mavjud bo‘lganda daraxtlarni qirqish va kundalar qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash ishlari botqoqli joyda olib borilsa yo‘l tayyorlanadi. Maydoncha qurilish materiallari to‘qiladi, burg‘ilash qurilmasi tagidagi botqoqlik bartaraf qilinadi.
Qurilish maydoni tekislanadi, elektr uzatmasi, aloqa va suv keltiriladi.
Agar mahalliy relf va masofa yaqin bo‘lsa, burg‘ilash minorasi demontaj qilinmasdan - maxsus zanjirli telejkalarda yoki sirpanuvchi chanalarda, hamda pnevmatik harakatlanuvchi usullarni qo‘llash mumkin.
Burg‘ilash minorasi ko‘chirib borilgandan va joyiga o‘rnatilgandan keyin qolgan jihozlarni montaj qilish boshlanadi, ya’ni dizel uzatmali porshenli nasoslarni yoki elektrouzatmali nasoslarni; burg‘ilash aralashmasini tozalash tizimi, elektr shitlari, quduq usti jihozlari (rotor, preventor, gidravlik og‘irlik indikatori), minora inshootlarini burg‘ilash yopilmalari va hakozolar.
Agar burg‘ilash ishlari yangi maydonda boshlansa, unda hamma jihozlar, burg‘ilash minorasidan boshlab, nasos bloki, tozalash inshootlari va hakozolar alohida-alohida burg‘ilash maydoniga toshib keltiriladi, shu yerni o‘zida burg‘ilash minorasi va hamma qolgan jihozlar yig‘iladi. Burg‘ilash minorasi va hamma jihozlar montaj qilingandan keyin quduqni burg‘ilashni boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
1. Tal blokini va kranblokni po‘lat arqon bilan jihozlash va ko‘taruvchi ilgakni osish.
2. Kichik mexanik vosita qurilmalarini o‘rnatish va sinash.
3. Kvadratni vertlyug ilgagiga yig‘ish va osish (yetakchi quvurni), quvur-ustunga va vertlyuga egiluvchan yuqori naporli shlangni ulash.
4. Minorani markazlash.
5. Rotorni o‘rnatish.
6. Quduq yo‘llanmasini burg‘ilash.
Tayyorlov ishlari tugallangandan keyin burg‘ilash brigadasi hamma agregatlarni sinaydi va undan keyin sinov burg‘ilash o‘tkaziladi. Sinov burg‘ilashdan keyin sinov burg‘ilash o‘tkazadi. Sinov burg‘ilashdan keyin ishga qo‘shish deb ataluvchi konferensiya o‘tkazadi.
Ishga tushirish konferensiyasida master boshchiligida burg‘ilash brigadasini hamma a’zolari, muhandislik-texnogik xizmatni ma’sul xodimlari, markaziy laborotoriya xodimlari burg‘ilash ishlarini boshlig‘i va bosh muhandislarini hammasi qatnashadilar.
Konferensiyada texnologik reja va quduqni burg‘ilash masalalari, burg‘ilashda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkabliklar va boshqa savollar bilan tanishtiriladi.
Burg‘ilash rejaga muvofiq burg‘ilash burg‘ilari, burg‘ilash quvurlari jamlanadi. Burg‘ilash maydonida burg‘ilashni boshlaguncha vagon-oshxona, dam olish va maxsus kiyimlarni quritish uchun vagonlar, burg‘ilash eritmalarini tahlil qilish uchun kimyoviy laborotoriyalar o‘rnatiladi.
Burg‘ilash atrofiga asboblar maydoni, burg‘ilash aralashmalarini saqlash, kimyoviy regentlar uchun omborlar joylashtiriladi.
Ishga tushirish konferensiyasidan keyin rejali quduqlarni burg‘ilash ishlari boshlanadi. Quvurlarni burg‘ilash jarayonida to‘xtovsiz burg‘ilash eritmalari haydaladi. Burg‘ilash aralashmasi faqat parchalangan tog‘ jinslarini yer ustiga olib chiqmasdan, boshqa bir qator muhim funkiyalar ham amalga oshiriladi.
1. Neft va gazni ochiq otilmalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quduq tubida qarshi bosim hosil qilish.
2. Quduq stoli devorini loylash va quduqda tog‘ jinslarini nurab ketishini oldini olish.
3. Quduqni stvolida burg‘ilash aralashmasini sirkulyatsiyasi to‘xtatilganda, parchalangan tog‘ jinslarini muallaq holda ushlab turish
4. Burg‘ini, turboburni, elektroburni va tizmani sovutish.
5. Energiyani turboburga yoki vintli dvigatelga uzatish.
6. Burg‘ilash jihozlarni va burg‘ilash tizmasini karroziya va ishqalanishdan himoya qilish.
7. Inert xossasiga ega bo‘lish.
8. Issiqlikka chidamli bo‘lishi va o‘zidan issiqlikni qatlamga o‘tkazib yubormaslik.
9. Tog‘ jins zarrachalaridan tozalashni qo‘lay bo‘lishi.
Burg‘ilash eritmalari tayyorlash usullariga ko‘ra:
1. Suvli asosda tayyorlangan, ya’ni loy suvda kimyoviy reagentlarni qo‘shimchalari bilan eritilgan yoki oddiy texnik suvda eritilgan bo‘lishi mumkin.
2. Neft asosli eritmalar. (karbonsuvchil eritmalar)
3. Emulsiya asosidagi eritmalar.
4. Gazsimon yoki aeratsiyali eritmalar.
5. Sirt-faol moddalar (SFM) va polimerlar, ko‘pincha poliakrilamid (PAA) li eritmalar.
Suvdan burg‘ilash eritmasini sifatida foydalanilganda, u eng ko‘p topiladigan va arzon suyuqlikdir. Suv ko‘pgina ijobiy sifatlarga egadir, jumladan: quduq tubida parchalangan tog‘ jinslarini yaxshi tozalaydi, burg‘ilash jihozlarini sovitadi, boshqa eritmalar bilan taqqoslanganda arzondir.
Lekin texnologik suvni qo‘llanilishi chegaralanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda u qatlamga filtrlanib, kollektorlarni o‘tkazuvchnligini pasaytiradi, natijada quduqdan neft qazib olish debitini pasaytiradi. Suv sirkulyatsiyasi to‘xtab qolganda tog‘ jinslarini ushlab turolmaydi, loy jinslarni bo‘lishiga olib keladi va hakozo.
Shuning uchun loyli burg‘ilash eritmalari qo‘llaniladi, loyli eritmalarni tayyorlash uchun bentonik, kaomin va boshqa loylar qo‘llaniladi. Bir tonna bentonitli loylarga 14-15m3 suv aralashtirilganda sifatli loyli eritma olinadi, o‘rta va past sortli loydan 4÷8m3 eritma tayyorlanadi.
Loyli eritmalarni zichligi va qovushqoqligi shunday taqqoslanadiki, eritmalarni sirkulyatsiya to‘xtatilganda u parchalangan tog‘ jinsini zarrachalarini muallaq ushlab turishi kerak, qatlamga filtratlarni kirib borishiga to‘sqinlik qiladi, quduqni devorini yaxshi loylaydi va neft gazni ochiq otilishiga to‘sqinlik qilishi kerak.
Loyli eritmalar burg‘ilash sharoitiga bog‘liq holda kimyoviy reagentlarni qo‘shimchalari, sirt faol moddalar (SFM) poliakrilamid va boshqalar bilan tayyorlanadi.
Neft asosli (karbin suvchil) eritmalar ko‘p komponentli tizim bo‘lib, asosi bo‘lib neft yoki dezil yoqilgisi, dispers fazasi sifatida bitum oksidi, asfalt yoki gidrofobli bentonit hisoblanadi.
Neft asosli burg‘ilash eritmalari mahsuldor gorizonlarni ochishda, hamda qatlamda bo‘kuvchi loylar va tuzlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Neft asosli burg‘ilash eritmalari asosan mahsuldor qatlamlarni ochishda samaralidir, chunki qatlamni quduq tubi zonasidagi tabiiy xossalarini saqlaydi, jumladan, neft va gazli kollektorlarga kirib borganda qatlamni asosiy parametri – o‘tkazuvchanlikni o‘zgarishiga olib kelmaydi. Eritmaning asosiy emulsiyasida 60-70 % neft yoki neft mahsulotlari, qolgani esa suvdan - iboratdir. Emulsiyali – burg‘ilash aralashmalari loyli va tuzli yotiqiziqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.

Neft va gaz konlari mashina va jihozlarini ishlab chiqarish zamonaviy fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda amalga oshiriladigan murakkab muhandislik masalalaridan hisoblanadi. Yangi konstruksiyadagi neft va gaz konlari uchun jihozlarni ishlab chiqish, jihozlarning tajriba namunalarini tayyorlash va ularni sinash, seriyali ishlab chiqarishni tashkil etishni o‘zlashtirish ba’zi hollarda 3-7 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatlarni talab qiladi. Shuning uchun mashina va jihozlarni konstruktorlar va mashinasozlar tomonidan yaratilishida ularning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanilishi sharoitlari maksimal darajada to‘liq hisobga olinib, shu turdagi texnikalarning takomillashuvi yo‘llari yo‘nalishlarini aniq belgilab, hamda yaratilayotgan mashina yoki jihozga qo‘yilgan umumiy va maxsus talablar asoslarida bajariladi.


Mashina va jihozlarni ishlab chiqarishning umumiy talablariga sotsial, iqtisodiy, ishlatishdagi va texnologik talablar kiradi. Maxsus talablarga esa aniq masalalarni yechishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan shart - sharoitlar kiradi.


Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling