Qizil suvo‘tlar dengizlarning ekotuzulmasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular birlamchi maxsulot yaratuvchi va dengizdagi boshqa organizmlar uchun qarargoh hisoblanadi
Download 9.55 Kb.
|
Qizil suvo‘tlar-WPS Office
Qizil suvo‘tlar dengizlarning ekotuzulmasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular birlamchi maxsulot yaratuvchi va dengizdagi boshqa organizmlar uchun qarargoh hisoblanadi. Qizil suvo‘tlardan odamlar o ‘zlarining turmushlarida keng foydalanadilar. Oziq maxsuloti sifatida butun dunyoda Bangia, Porphyra, Dermonema,Asparagopsis, Grateloupia, Gigartinia turkumlaridan foydalaniladi.Qizil suvo'tlar poligalaktanlar - agar, agaroza, karraginan hosil qiladi. Agar - agarofit suvo‘tlar - Gelidium, Gracilaria, Pterocladium turkumlariga mansublaridan olinadi. Hozirgi kunda agar ishlab chiqaruvchi mamlakat Yaponiyada XVII asrdan boshlab har yili butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladiganning yarmi 3500 tonna agar olinadi.Agar mikrobiologik tadqiqotlarida katta ahamiyatga ega. 1-2% agar solingan oziq moddalar bakteriyalar, zamburug‘lar uchun foydalaniladi. Agar zaharsiz bo‘lganligidan undan oziq-ovqat sanoatida marmelat, qo‘yiq murabbo-jem, mayonez tayyorlashda, go‘sht va baliqlami konservalashda foydalaniladi.Karraganinlar Chondrus, Mastocarpa ustellatus turlaridan olinadi. Bu maqsadlar uchun Fillipin mamlakatida eucheuma va Kappaphyces turkumlarining suvo‘tlari maxsus ko‘paytiriladi. Bir yilda 13 ming tonnaga yaqin karraginanlar olinib uning yarmidan ko‘prog‘i yevropaga, qolganlari boshqa mamlakatlarga yuboriladi. Karroginan zaharsiz shu boisdan undan oziq-ovqat sanoatida, ziynatda, to‘qimachilikda foydalaniladi. U antivirus, antikoagulyant,yazvaga qarshi yaxshi xususiyatga ega. Nemalion bu suvoʼtni Yaponiyada oziq ovqat sifatida istemol qilishadi.Ahnfeltia turkumi Oq dengizda uni sanoat asosida ko‘paytiriladi.Chondrus tallomidan karraginan moddasini olishda keng foydalaniladi.Maslocarpus turkumidan karragininlar olishda keng foydalaniladi. Qoʻng‘ir suvo‘tining tabiatdagi ahamyati beqiyos darajada katta. Ular dengizlarning qirg'oqlarida organik moddaning asosiy manbai,ko‘plab xayvonlaming oziqlanishi, yashash joyi, ko‘payishi uchun xizmat qiladi.Qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan oziq sifatida, xayvonlarga yem hashak, oʼgʻit alginatlar va mannit olishda foydalaniladi. Laminariya turkumiga mansub turlardan har yili xo‘l massa hisobida 2 mln tonna yigʻishtirib olinadi. Alginatlar kolloid xususiyatli ekanligidan oziq-ovqat farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. Alginat natriyni kukuni kofe, choy, quritilgan sut kabilarni tez erishi uchun, alginatlarni suvli eritmalari go‘sht va baliq maxsulotlarini tuzlash uchun qo‘shiladi. Tekstil va selyulloza qog‘oz sanoatida alginatlar bo‘yoqlarni qo‘yiqlashtirish uchun qo‘shiladi. Matolarga alginat kislotalarining tuzlari shimdirilsa ular namlanmaydigan, kislatalarga chidamli, mustahkamligi ortadi. Farmatsevtikada tabletkalarning usti qoplanadi. Tibbiyotda kaltsiy alginat qon oqishini to‘xtatuvchi, so‘ruvchi, radionukleotidlarni (shu jumladan strontsiyni) chiqarib tashlaydi. Alginatlarni asosan Macrocystis,Nerocytis, Ascaphyllum turkumiga mansub turlardan olinadi.Yigirmanchi asrning oxiriga kelib dunyo bo‘yicha 21500 tonna shu jumladan Yevropada 1280 tonna, Shimoliy Amerikada 6700 tonna, Koreya va Yaponiyada-1900 tonna, Lotin Amerikada- 100 tonna, Rossiyada 1990 yili jami 32 tonna oziq alginat natriy olingan. Mannit qandni o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining hujayralaridagi yodning miqdori 0,03 -0,3 % gacha yetadi, uning dengiz suvidagisi 0,000005 % yani 1 litr suvda 0,05 mg boʼladi. AQShda Macrocystis puriferani ko'paytirish uni qayta ishlab metan olinadi. 400 km2 maydondagi bu suvo‘tidan 620 mln m3 metan olish mumkinligi hisoblangan.Qo‘ng‘ir suvo‘tlarini atmosferaga organik bromidlar (bromoform, dibromometan) ajratishi ularning bir yillik miqdori 104 t, sanoat hosil qiladiganiga teng. Arktika atmosferasida azon qavatining yemirilishida organik bromidlarning aloqasi bor degan farazlar bor.Fucus alginatlar ishlab chiqarishda,xayvonlarga yem-xashak, yem uni tayyorlashda, tibbiyotda bo‘qoqni davolashda, xazm muvozanatida foydalanishadi. Sargassiyodan veterianiyada foydalanidigan biofaol modda olinadi. Laminariyalarni oziq - ovqatda ishlatiladi. Tarkibida ko‘plab aminokislotalar, yod ancha miqdorda uglevodlar, mineral birikmalar va vitaminlar bor. Bir qator mamlakatlarda maxsus ko‘paytiriladi. Diatomlar dunyo okeanida 3 mlrd tonnaga yaqin kremniy shimib uni davra boʼlib aylanishida asosiy ahamiyat kasb etadi. Download 9.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling