Qo’g’irchoq teatri turlari. Soya teatri. Stol teatri. Barmoq teatri. Qo’g’irchoq – qo’lqop


Download 0.75 Mb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1164599
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza


Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasida qoǵirshoq teatri va jihozlarini yasash
Reja:

  1. Qo’g’irchoq teatri turlari.

  2. Soya teatri.

  3. Stol teatri.

  4. Barmoq teatri.

  5. Qo’g’irchoq – qo’lqop.

Ma`lumki‚ mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so`zidan olingan bo`lib tomoshaxona degan ma`noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo`g`irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o`zlariga yaqin va tanish bo`lgan o`yinchoqlarni, ayiqcha, quyoncha, kuchukcha va boshqa qahramonlarni jonli ravishda ko`radilar. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.


Maktabgacha ta`lim muassasalarida katta spektakllarni qo`yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o`zlarining o`yinchoqlari yordamida qo`yishlari mumkin. Bu kichik ko`rinishlarining har biri ham bolalarda katta taassurot uyg`otadi va bayram ertaklariga ko`tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday badiiy asarni qo`g`irchoq teatri orqali ko`rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo`ladi qo`g`irchoq qo`lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi.
Qo`g`irchoq teatri uchun eng kerakli bo`lgan shirmani tayyorlab olish kerak. Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, charm orqali birlashtirib unga parda tikiladi va o`rnatiladi. Qo`g`irchoqlarni pap`e - mashe usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo`lgach, matni yozib, sahnalashtirishga tayyorlanadi. Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo`ladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ko`ngil ochish soatlarida quyidagi teatr turlaridan foydaniladilar:
1. Soya teatri;
2. Stol teatri;
3. Barmoq teatri;
4. Paxmoq teatri;
5. Qo`g`irchoq qo`lqop teatri.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling