Qoidali harakatli o'yinlar: a mazmunli o'yinlar b mazmunsiz o'yinlar Sport o'yinlari


Download 89 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi89 Kb.
#1544357
Bog'liq
harakatli oyinlar



Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o‘ziga xos vosita hisoblanadi.Harakatli o'yinlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1 Qoidali harakatli o'yinlar:
a)mazmunli o'yinlar b) mazmunsiz o'yinlar
2.Sport o'yinlari.
1 Qoidali o'yinlar mazmunli va mazmunsiz o'yinlarga bo'linadi.
Mazmunli harakatli o'yinlar- hayotiy,afzonaviy epizodlarni aks ettiradi.Bolalarni ijodiy amaliyotda oshiriladigan o'yin obrazlari jalb etadi.("chumchuq va avtomobil", "Maymunlar va ovchilar").Mazmunsiz harakatli o'yinlar- bolalar uchun qiziqarli, tushunarli, maqsadga erishishda ularga yordam beruvchi harakatli o'yinlardan biri hisoblanadi. Ular ham quvlashmachoq, yugurib o'tish tipidagi o'yinlar; musobaqa elementlari mavjud bo'lib("Kimning zvenosi tezroq sarflanadi") murakkab bo'lmagan estafeta o'yinlari("kim to'pni tezroq uzatadi") buyumlar ( to'plab, arg'imchoqlar, keglilar) bilan bajariladigan o'yinlar, harakat mazmuniga ko'ra o'yinlar( yugurish, uloqtirish) kichik yoshli guruhlar uchun o'yin ermaklar ("chapak-chapak","shoxli echki") lar ham mavjud.
2 Sport o'yinlari- bu sport o'yinlariga voleybol, basketbol, badminton, lapta, shaharcha, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Sport o'yinlarida birinci navbatda bolalarning yoshi hisobga olinadi, shuning uchun ularbop sodda, biroz harakat texnikasi qoidalari, o'yinni tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli o'yinlar katta insonlarda bo'lganidek jismoniy va asabiy zo'riqish uyg'otmaydi.Harakatli o‘yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi.
Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi…) bajaradilar.3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin.Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling