Qolip va hosila


Download 328.89 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi328.89 Kb.
#1486345
Bog'liq
19 QOLIP VA HOSILA

QOLIP VA HOSILA

Hosila ma’no bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Hosila ma’nolar to‘g‘ri, bosh ma’no asosida paydo bo‘ladi.

Metafora hosila ma’no hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi. Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam. [Qanot] (samolyot), [uchmoq], [og‘iz] (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik semema.

Leksema so‘zshakl, yasama so‘z sifatida nutqda yuzaga chiqadi. Leksemani grammatik shakllantirish uni so‘zshakl qiyofasiga kiritish (so‘z va so‘zshakl sinonim atama, chunki nutqda grammatik shakllanmagan, so‘zshaklga aylanmagan so‘z yo‘q) va undan nutqiy maqsad uchun ma’lum qoliplar asosida yasama so‘zlar hosil qilish so‘zlovchining «so‘z tayyorlashi»dir. Tahlildan ko‘rinadiki, o‘zbek tili uchun tilning qurilish birliklari sifatida fonema-morfema-leksema-qolip tizmasi namoyon bo‘ladi. Bularda iyerarxik bog‘lanish ham mavjud bo‘lib, eng kichik morfema bir fonemaga, eng katta morfema bir leksemaga va eng kichik leksema bir morfemaga, eng katta leksema qolip mahsuliga teng keladi.


Download 328.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling