2. Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar


Download 31.6 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1403047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tilshunoslik (1)


Reja:
1.Kirish. Metafora haqida umumiy tushuncha………………………………..
2.Sirojiddin Sayyid she`rlarida metaforaning til sathiga ko`ra tasnifi: so`z-metaforalar, birikma-metaforalar, gap-metaforalar, matn-metaforalar…………………………….
3.Shoir she`rlarida metafora turlari: shakliy o`xshashlik asosidagi metafora, mantiqiy belgi o`xshashligi asosidagi metafora, joylashuv o`rniga ko`ra o`xshashlik asosidagi metafora, harakat o`xshashligi asosidagi metafora ………………………..
4.Xulosa………………………………………………………………………...

Muloqot jarayonida eng ko`p tarqalgan va ko`p qo`llaniladigan ma`no ko`chish usuli metaforadir. Metafora narsa yoki tushunchalar o`rtasidagi o`xshashlik asosida nom (so`z)ning ko`chishidir. Metafora (yunoncha metaphora – ko`chirish) bir narsa-predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o`rtasidagi ma`lum o`xshashlik asosida ko`chishidir1. Masalan: ilm cho`qqisi, hovlining etagi, ariqning labi…


Xususan, qozonning qulog’i birikmasida quloq so`zning odam yok ayrim hayvonlar qulog`iga tashqi shakily jihatdan o`xshashligi asosida vujudga kelgan. Metaforalarni o`rganish qadim davrlardan buyon tilshunoslarning diqqat markazida bo`lgan va hali ham o`rganishda davom etilayotgan mvzulardan biri hisoblanadi. Antik davrlarda metaforani olamni anglashning alohida usuli va vositasi sifatida ko`rsatish Aristotelga taalluqli g`oyadir2. Antik faylasuflar metaforani asosan nutqning ziynati sifatida talqin qilganlar. Aristotel ham “Poetika” asarida Esxil va Yevripid yamb vaznida bir xil she`r yaratganligi haqida ma`lumot berib, birgina so`zni almashtirish bilan ulardan biri ajoyib san`at asariga, ikkinchisi esa tuzsiz taomga aylanganini ta`kidlaydi: Esxil “oyog’imning etini yegan qisqichbaqa” desa, Yevripid buni “qisqichbaqani oyog`im eti bilan ziyofat qildim” deydi. Aristotel shoir uchun metafora yaratish nihoyatda muhimligini e`tirof etib, buni boshqalardan o`rganib bo`lmaslikni ta`kidlaydi va bunday qobiliyatni iste`dodning belgisi deb biladi. Shuningdek, Aristotel metaforaning nominativ funksiyasiga ham alohida e`tibor qaratgan: “ayrim tushunchalar uchun tilda mos so`zlar mavjud emas, ammo unga to`g`ri keladigan ifodani topish mumkin. Masalan, urug` “ekmoq” o`rniga urug` “tashlamoq” deyishadi, quyoshning nur sochishi uchun ham tegishli so`z yo`q. Ammo “tashlamoq” so`zining quyosh nurlarga bo`lgan munosabati “ekmoq” so`zing urug’ga bo`lgan munosabati bilan aynan bo`lgani uchun shoir “ilohiy nurni ekib” deydi3. N. Mahmudov metaforani “dunyoni bilishning eng qudratli qurollaridan biri” deb ta`riflaydi4.

_____________________________________
1N. Mahmudov, Y. Odilov, G. Ziyodullayeva, O`rta ta`lim muassasalarining 11-sinfi va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari uchun darslik. – T, 2018, 79-b.
2A. Nurmonov, A. Sobirov, N. Qosimova. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – T: Ilm ziyo, 2013, 190-b.
3N. Mahmudov. Termin, obrazli so`z va metafora // O`zbek tili va adabiyoti, 2013, 4-son, 5-b.
4Aристотелью Поетика // Аристотель. Этика. Политика. Риторика. Поетика. Категории. Минск: Литература, 1998. С. 1098-1100.
XX asr boshlariga kelib kognitiv tilshunoslikning shakllanishi va jadal rivojlanishi bilan metaforaning ko`p qirrali, nihoyatda murakkab hodisa ekanligi tan olinib, fundamental bilish faoliyatining namoyon bo`lishi sifatidagi mohiyati ochib berildi. Yetuk olimlar J. Lakoff va M. Jonsonlar metaforaning olamni bilish vositasi sifatidagi xususiyatlarini tadbiq etib, metafora tafakkur va faoliyat bilan emas, balki so`zlar bilan bog`liq lisoniy xususiyat sifatda talqin etilishi, shu sababdan aksariyat odamlar metafora siz ham “yaxshigina yashayapman” deb hisoblashlarini yozib, ularning fikri xato ekanligini, metafora nafaqat kundalik hayotimizni, balki fikr-u xayolimiz va xatti-harakatlarimizni ham qamrab olishini ta`kidlaydilar. Ularning fikricha, biz o`ylaydigan va harakatlanadigan kundalik tushunchaviy tizimimiz mohiyatan metaforikdir.
Metaforalar nutqimiz, kundalik hayotimizga shu qadar singib ketganki, ba`zan “hatto metafora nimanidir yashirganini payqash qiyin, gohida metaforaning o`zi ham anglashinmaydi. Uni shu qadar odatiy qabul qilamizki, ba`zan nimadir reallikka to`g`ri kelmasligini tasavvur qilish mushkul”5. Bu tadqiqotchlar kognitiv (konseptual) metaforalar nazariyasiga asos solib, metaforalar faqat til hodisasi bo`libgina qolmay, inson tafakkurinng ham ajralmas qismi ekanligini chuqur yoritib berdilar.
Kognitiv metaforalar nazariyasiga ko`ra, metaforalashtirish asosida bilim strukturalari (freym va ssenariylar) o`rtasidagi o`zaro aloqa jarayoni yotadi. J. Lakoff va M. Jonson fikriga ko`ra, implitsit ifodalanmagan mazmun freymlar haqidagi bilimlar asosida keltirib chiqariladi. J. Lakoff 1913- yilda e`lon qilgan “Bugungi kun metaforalari” asarida metaforik ifoda (lingvistik metaforalar) va konseptual metaforalarni qat`iy ravishda farqlab ko`rsatadi. Hozirgi kunda kognitiv metaforalar nazariyasi ko`plab sohalarga tatbiq etilgan bo`lib, bilish, tushunchani kategoriyalashtirish, konseptuallashtirish, baholash va olamni tushuntirishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Kognitiv metaforalar haqidagi nazariyalarga asoslanib, bu hodisaga quyidagicha ta`rif berish mumkin: kognitiv metafora – shaxs kognitiv faoliyatiga xos hodisa bo`lib, bir tushuncha yoki hukm haqidagi bilim strukturalar asosida ikkinchi tushuncha yoki hukmni kategoriyalashtirishdir. Masalan: Bu olmosning qiymati juda baland ekan jumlasidagi baland so`zining metaforik ma`noda qo`llanishiga matn tuzuvchining tezaurusida uzual holatda mavjud bo`lgan NARX BU – VERTIKAL UZUNLIK tuzilishidagi kognitiv metafora asos bo`lgan. Buni nutqimizda qo`llanuvchi narxi pasaydi, narxi o`rtacha, narxi baland, narxi osmonda kabi birikmalar ham isbotlaydi.
J. Lakoff va M. Jonson tadqiqotida tahlil etilgan vaqt bu – pul, vaqt bu – cheklangan resurs, vaqt bu – qimmatbaho buyum kognitiv metaforalari o`zbek
_____________________
5Дж. Лакофф, М. Джонсон. Метафоры, которыми мы живем. М.: Едиториал УРСС, 2004. С. 25.
tilida so`zlashuvchi nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi (Masalan: Bu ishga ko`p vaqt sarfladim; vaqtim tugay deyapti; Behuda ishlar vaqtni o`g`irlaydi) bir qatorda kognitiv metaforalarning kognitiv-semantik universaliy ekanligidan dalolat beradi.
Xose Ortega-i-Gasset odatiy ma`nosi chalg`itishi mumkin bo`lgan “metafora” terminining o`zini almashtirish zarurligini ta`kidlaydi. Zero, metafora nom ko`chishidir, ammo minglab hodisalar metafora bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Masalan, “moneta” so`zi savdo amaliyotida ishlatiladigan metall tanga ma`nosini ifodalaydi. Ammo uning dastlabki ma`nosi “xabar beruvchi, darak beruvchi” bo`lib, Yunonaning tashbehlaridan biri sifatida qo`llangan. Rimda Yunona ibodatxonasi bo`lgan, yonida esa zarbxona faoliyat yuritgan. Mana shu zarb etilgan buyum Yunonaning tashbehini tortib olgan. Endilikda “moneta” deganda hech kim takabbur ma`budni yodga ham olmaydi6. Olim bu o`rinda aslida metafora emas, metonimiya haqida fikr yuritsa-da, kundalik turmushda ishlatadigan aksariyat so`zimiz mohiyatan so`z ko`chishi mahsuli ekanligini har doim ham anglayvermasligimizni to`g`ri e`tirof etgan7.
Amerikalik tadqiqotchi J. Jeyns mavhum kontseplarni konkret metaforalar yordamida shakllanishini ta`kidlab, noma`lum va notanish predmetni tasavvur qilishda bizga juda yaxshi tanish bo`lgan obrazni tanlay olish o`rinli metaforani yuzaga keltirishini ta`kidlagan edi.
Sirojiddin Sayyid she`rlarida mavjud metaforalarni ularning til sathiga ko`ra tahlil etadigan bo`lsak, avvalo, ular qaysilar ekanligini bilib olish zarur. Metaforalarning til sathiga ko`ra turlari quyidagilardan iborat: a) so`z shaklidagi metaforalar; b) so`z birikmasi shakldagi metaforalar; d) gap shaklidagi metaforalar; e) mikromatn shaklidagi metaforalar.


  1. Download 31.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling