Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani xtbga qarashli 30-sonli maktabning 2020- yil 19-avgust kuni boshlang’ich sinf o’qituvchilari sho’ba majlisini o’tkazish boyicha bayonnoma


Download 13.6 Kb.
Sana14.12.2021
Hajmi13.6 Kb.
#181155
Bog'liq
Bosh dok


Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani XTBga qarashli 30-sonli maktabning 2020- yil 19-avgust kuni boshlang’ich sinf o’qituvchilari sho’ba majlisini o’tkazish boyicha

BAYONNOMA

2020-yil 19-avgust kuni pandemiya vaqtida masofani saqlagan holda boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’rtasida “ Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash” to’g’risida sho’ba majlisi bo’lib o’tdi. Majlisga barcha o’qituvchilar faol qatnashdi. Majlisda ko’riladigan masalalar:



  1. Xalqaro tadqiqotlardagi PISA dasturiga boshlangich sinf o’quvchilarini tayyorlash haqida

  2. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash dasturi haqida

  3. Darslarni taskil qilishda ,darslar jarayonida xalqaro PISA dasturidan foydalangan holda ko’rgazmali dars ishlanmalar tuzish haqida.

1-masala bo’yicha boshlang’ich sinf O’TIBDO’. rahbari Djubayova D. so’zga chiqdi. U o’z so’zida ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o’tkazishda xalqaro PISA baholash dasturidan foydalanish, bu o’z-o’zidan o’quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyati oshirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etishi haqida tushuncha berib o’tdi.

2-masala bo’icha boshlang’ich sinf o’qituvchisi Yusupova G. so’zga chiqdi . U o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi , O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash”to’g’risida boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun yaratilgan metodik qo’llanmasi haqida tushuncha berib o’tdi.

3-masala bo’yicha boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xolbayeva G. o’z so’zida yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligini aytib o’tdi.

Q A R O R :

Ushbu majmuadan foydalangan holda o’quvchilarimizga ta’lim berishda dars ishlanmalar tuzish, darslar tashkil etish, boshlang’ich sinf o’quvchilarini PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlashni sinf rahbarlariga yuklatilsin.
Download 13.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling