Mavzu:Qorin parda
Qorin parda (peritoneum) seroz qobiq bo‘lib, qorin (va tos) devorlarini ichki tomondan
qoplovchi devor oldi – pariyetal varaq va unda joylashgan ichki a’zolarni o‘rovchi visseral
varaqdan iborat. Qorin pardaning ikkala varaqlari orasidagi yoriqsimon bo‘shliqni qorin parda
bo‘shlig‘i deb yuritiladi; bu bo‘shliq erkaklarda berk bo‘lib, ayollarda bachadon naylari orqali
bachadon bo‘shlig‘i bilan, u orqali esa qin bilan tutashgan.
Qorin pardaning pariyetal varag‘i qorin devorlarini ichki tomondan o‘rab, undan yog‘
qatlami (qorin parda oldi, qorin parda osti, qorin parda usti, qorin parda orti) bilan ajralib turadi.
Qorin parda qorinning oldingi devoridan diafragmaning pastki qavariq yuzasiga o‘tadi va
uni qoplaydi. Diafragmadan qorin parda jigarning yuqori yuzasiga o‘tadi va ikkita boylam hosil
qiladi: bittasi sagittal tekislikda – lig. falciforme, ikkinchisi frontal tekislikda – jigarning toj
boylami (lig. coronarium hepatis). Qorin usti sohasida jigarning darvozasi qismidan kindikka
qarab sagittal yo‘nalishda jigarning yumaloq boylami boradi. Bu boylam bo‘ylab uning pastki
Do'stlaringiz bilan baham: |