Qovoqdoshlar oilasi
Download 94.5 Kb.
|
Qovoqdoshlar-oilasi-ochiq-dars-ishlanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gul formulasi
Uchquduq tuman 18-sonli maktab biologiya fani o’qituvchisi Mirzayeva Dilfuza Abdiqayumovnaning Botanika fanidan “Qovoqdoshlar oilasi” Mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Sana:
Darsning Maqsadi: Ta'limiy : Qavoqdoshlarning tuzilishi, funktsiyasi, o`zaro bogliqligi haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish. Tarbiyaviy : Mustaqil, erkin muloqot, fikrlash,ijod qilish, taqdimot o`tkazish (prezentatsiya)ga yo`naltirish. Rivojlantiruvchi : 1. Axborotlarni qabul qilish va xulosa chiqarishga o`rgatish. 2. Nutq madaniyatini oshirish. 3.O`z-o`zini boshqarishga undash Darsning tayanch modeli- uch pogonadan iborat bo`ladi- chaqiriq, mazmunni anglash, fikrlash. Asosiy metodik usul- fasilitatsiya –o`quvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish va faollashtirish. Ish qoidalari : - mavzudan chiqmaslik - gapni bo`lmaslik - bir-birini eshita bilish - navbat bilan gapirish - tartibli bo`lish - sahna madaniyatiga rioya qilish. Dars jihozi : Mavzuga oid tablitsalar, o`quvchilar chizib kelgan rasmlar Texnik vosita : mikroskop, lupa, tayyor preparatlar. Darsning borishi : Mavzu o`quvchilarga mustaqil tayyorlanish uchun berilgan. Tashkiliy qism : Salomlashish, hol-ahvol so`rash, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o`quvchilar toza- zodaligiga e'tibor berish. Ona sayyoramiz nafasi _____bunda (2-3) Shu kunlarda dunyo bo`ylab ro`y berayotgan voqea-hodisalar, ularga munosabat bildirish. Uyga berilgan topshiriq aniqlanadi : Tokdoshlar haqida umumiy ma'lumot. 1. Chaqiriq : Ushbu mazuni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun bilimni tekshrish uchun savollar. Ommaviy so`rov o`tkaziladi : 1. Tokdoshlarga qaysi o’simliklar kiradi ? 2. Tokdoshlarning inson hatotidagia ahamiyati ? 3. Madaniy tokga misollar ayting. 4. Uzum navlarining xilma-xilligi ? 5. Uzum navining yangi navlarini yaratishga hissa qo’shgan kishi? 6. Tokdoshlarning gul formulasi va diagrammasi?
Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling