Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi
Download 21 Kb.
|
“Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi” mavzulari bo‘yicha keyslar (1)
“Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi” mavzulari bo‘yicha keyslar Keys-1 Odamda elektrodlar yordamida elektr toki bilan teri orqali mushakka ta’sirot berildi. Qanday reaksiya kuzatilishi mumkin: a) mushak qisqarishisiz teri ta’sirotni sezadi; b) teri ta’sirotni sezmasdan mushak qisqaradi; v) teri ta’sirotni sezadi va mushak qisqaradi. Keys-2 Baqaning mielinli aksonlari qo‘zg‘alish impulslarini 30 m/s tezlik bilan o‘tkazadi, mushukning huddi shu diametrdagi aksonlari esa 3 marta ko‘proq o‘tkazadi. Nima uchun? Keys-3 1) Mushaklarga qaraganda nerv tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi qanday? 2) Va buning sababi nimada? Keys-4 Eksperimentda nerv – mushak sinapslariga kimyoviy modda ta’siri nervdan skelet mushakgiga qo‘zg‘alish o‘tkazilishining to‘xtashiga olib keladi. Ko‘rsatilgan sohaga atsetilxolinni kiritish siraps orqali qo‘zg‘alish o‘tishini qayta tiklaydi. Atsetilxolinesteraza fermentini kiritish qo‘zg‘alish o‘tishini tiklaydi. Sinapsda qo‘zg‘alish o‘tkazilishining to‘xtash mexanizmlaridan qaysilari bo‘lishi mumkinligini sanang va o‘rganilayotgan moddaning nerv–mushak sinapslariga ta’sir mexanizmi qanday? Keys-5 Janubiy Amerika aborigenlari kurare zaharidan keng foydalanishgan. Uning ta’sir mexanizmi nimaga asoslangan? Keys-6 Ma’lumki, qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar hujayra membranalarining tashqi va ichki qismida ionlarning noto‘g‘ri taqsimlanishi mavjud. Qo‘zg‘aluvchan hujayralar membranalarining tashqari va ichkarisidagi Na+, K+, Cl- va Sa++ ionlarining konsentratsiya gradientlari alohida eksperimental oshirildi. Har bir ion uchun alohida konsentratsiya gradientlari oshirilganda TP va HP ko‘rsatkichlari qanday o‘zgaradi: 1) Na+; 2) K+; 3) S1-; 4) Sa++? Download 21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling