“qutadg’u bilig” ikki jahonni tutishga ochuvchi yo’L
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
qutadg-u-bilig-ikki-jahonni-tutishga-ochuvchi-yo-l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
“QUTADG’U BILIG” - IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO’L Muxlisa Normatova Хабибжонов Икромжон O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali Annotatsiya: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19- sentabr kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqida: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz” deya ta’kidlaydi hamda “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qiladi. Ushbu nutqida O’zbekiston – buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan tabarruk zamin ekanligini, tarixga nazar solsak, barcha davrlarda ham mutafakkirlar o’z progressiv g’oyalari bilan to’g’ri yo’lni ko’rsatib berganliklarini alohida eslatib o’tadi. Kalit so’zlar: mohiyat, mutaffakir, progressiv g’oya, o’tmish KUTADGU BILIG - A WAY TO CATCH THE TWO WORLDS Mukhlisa Normatova Xabibjonov Ikromjon Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: In his speech at the 72nd session of the UN General Assembly on September 19, President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev said: calls for the adoption of a special resolution entitled ‘Rifat and Religious Tolerance’. In this speech, he noted that Uzbekistan is a sacred land that gave birth to great thinkers, and historically, thinkers have always shown the right way with their progressive ideas. Keywords: essence, thinker, progressive idea, past Kitoblar bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma’naviy vasiyati, nuroniy keksaning hayotga endi qadam qo’ya boshlagan o’smirga pand-nasihati, dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug’idir. A.I.Gersen. Hozirgi kunda jamiyatimizda ma’naviy poklanish va axloqiy barkamollikka erishish jarayoni olib borilayotganda, o’tmishimizni, unitilayotgan qadriyatlarimizni tiklash, o’tmishdagi ana shunday buyuk shaxslar ijodini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, mutafakkirlarimiz al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021 ISSN 2181-063X 225 http://oac.dsmi-qf.uz Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Burhoniddin Rabg’uziy va boshqalarning hayot yo’li hamda ijodiy faoliyatlarini atroflicha o’rganish, tahlil etish va shu bilan birga ular yaratgan asarlardan o’z hayot yo’limizni yorituvchi mash’ala sifatida unumli foydalanish zarurati kelib chiqadi. To’rt asr mobaynida arab istilosi juda katta hududni egallay oldi. Butun turk xoqonligi ham amalda, X asrga kelib ularga tobe bo’ldi. Lekin bu hukmronlik bosib olingan xalqlar madaniyatini ildizi bilan quritib yuborishga erisha olmadi. Aksincha, hozirgi zamon Yevropa olimlari “Islom madaniyati” deb nomlagan bir madaniyat Sharqda yuzaga keldiki, tarkibi arab, fors va turkiy qatlamlardan iborat edi. Ana shu madaniyatni yuksalishiga hissa qo’shgan, o’z davrining qomusiy ilmiga ega bo’lgan yirik olim Yusuf Xos Hojib mana shu davrda yashab, ijod etdi. Buyuk shoirimiz Yusuf Xos Hojibning tarjimai holini faqat uning o’z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlaridan bilib olishimiz mumkin. U yaratgan yozma yodgorlik – “Qutadg’u bilig” asarining misralaridan shoirning tug’ilgan joyi Qo’z o’rdu (ya’ni, Bolasog’un) ekanini, ammo uni yozish uchun ko’plab o’lkalarga safar qilganini hamda turli madaniy-adabiy yodgorliklarni o’rganganini, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin etish mumkin. Shu bilan birga asarning hijriy 462-(1069-1070) yilda yoshi ellikdan o’tganda yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461- yilning yarmida boshlab, 462-yilning o’rtalarida tugatganligi, agar Yusuf Xos Hojib bu davrda ellik yoshlar atrofida bo’lsa, 410(1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi tadqiqotchilar tomonidan taxmin etiladi. Yusuf Xos Hojibning o’zi to’g’risida hozircha “Qutadg’u bilig”dan boshqa biror tarixiy manbada ma’lumot yo’q. Tegurdi menga elchi ellik yashim, Qug’u qildi uzg’un tusi-teg bashim Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling