Qutlug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin! Sherzod Mustafakulov Xalqaro Nordik universiteti rektori


Download 1.4 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1645614
Bog'liq
Tabriknoma Ismoil Saifnazarov1


@nordic_edu
Qutlug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin!
Sherzod Mustafakulov
Xalqaro Nordik universiteti rektori
Sizni Xalqaro Nordik universiteti jamoasi va barcha shogirdlaringiz nomidan tavallud topgan kuningiz hamda tabarruk 75 yoshingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizdek dono, har tomonlama bilimli, dunyoqarashi keng va bag‘rikeng insonning hayot yo‘li biz kabi shogirdlar uchun namuna maktabi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Har bir aytgan gapingiz, o‘gitlaringiz, Gʻarb va Sharq faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan hikmatlar, ilmiy falsafiy nazariyalarning mazmun-mohiyatini daqiq joylarigacha go‘zal tarzda sharhlab berishdek, chuqur tafakkurga ega ekanligingiz, biz yoshlarda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Jamiyatning eng faol a’zosi sifatida mahallalarda amalga oshirib kelayotgan xayrli tadbirlaringiz, talaba-yoshlarga taqdim etayotgan ma’naviy-ruhiy daldalaringiz, motivatsion chiqishlaringiz barchaning qalbidan chuqur joy olib kelmoqda.
Aziz ustoz, bizdek shogirdlaringiz kamoli yo‘lidagi sharafli va mashaqqatli mehnatlaringiz, ilm yo‘lidagi zahmatli sa'y-harakatlaringiz, bergan o‘git va hikmat-laringiz uchun hamisha ta'zimdamiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va yanada sermahsul umr, tinchlik-farovonlik tilaymiz.
Qutlug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin,
donishmand bobo!
Qadrli Ustoz,
ISMOIL SAIFNAZAROV!
Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin ming ganj ila.
Alisher Navoiy
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling