Quyi spirtlar


Download 0.56 Mb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1190191
  1   2   3   4
Bog'liq
4-MA’RUZA. Spirtlar (1)


11-MA’RUZA. Spirtlar
Mavzu rejasi:
1. Quyi spirtlar. Amil spirti.
2. Yuqori spirtlar. Parafinlarni spirtlargacha oksidlash. ALDOL sintez.
3. Ko’p atomli spirtlar. Pentaeritrit. Trimetilolpropan. Neopentilglikol.

Quyi spirtlar

Quyi spirtlar

Metanol, etanol, 2-propanol va butanollar sonoat miqyosida ishlab chiqariluvchi muhim quyi spirtlar hisoblanadi. Bu guruhda sanoat miqyosida keng ahamiyatga ega bo’lib borayotgan allil spirtni ham sanash mumkin. Amil spirti ham keng qo’llanilish lekin chegaralangan sohalarga ega.

Barcha rivojlangan davlatlarda, metanol eng ko’p xajmlarda ishlab chiqariluvchi spirt hisoblanadi. Bu haqidagi taxlillar 2.3.1-bo’limda o’rganilib, sintez-gaz asosidagi reaktsiyalar ko’rsatib o’tilgan edi. Propanol ishlab chiqarish quvvatlari bo’yicha ikkinchi o’rinda bo’lib, metanoldan keyingi o’rinni egallaydi. Quyi spirtlarning orasida ishlab chiqarish quvvatlari bo’yicha etanol uchunchi o’rinda sanaladi va bu mahsulotga AQSh yoki Buyuk Britaniyada ayniqsa talab va extiyojlar katta.

Etil spirti-1998 yilga kelib sintetik etil spirti ishlab chiqarish xajmlari dunyoda yiliga 2,6 x 106 tonnagacha yetgan, bundan 0,59, 0,58 va 0,11 x 106 tonnasi mos ravishda AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiya ulushiga to’g’ri keladi. Ayni davlatlarda fermentatsiya orqali etanol ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 5,6, 0,56 va 0,16 x 106 tonnani tashkil etadi.

Etil spirti-1998 yilga kelib sintetik etil spirti ishlab chiqarish xajmlari dunyoda yiliga 2,6 x 106 tonnagacha yetgan, bundan 0,59, 0,58 va 0,11 x 106 tonnasi mos ravishda AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiya ulushiga to’g’ri keladi. Ayni davlatlarda fermentatsiya orqali etanol ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 5,6, 0,56 va 0,16 x 106 tonnani tashkil etadi.

1997 yilda ishlab chiqrilgan etanolning 24,1 x 106 tonnasi shakarqamish melassasi va makajo’xori kraxmali kabi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini fermentatsiyasi orqali yoki yog’och mahsulotlarini gidrolizi va shelok (qog’oz sanoati) maxsulotini gidrolizlab olingan. Bu o’simliklarning aksari Braziliya, Hindiston va AQSh da o’stiriladi. Bu davlatlar qatorida so’ngi yillarda Yaponiya, Meksika, Shimoliy Afrika, Indoneziya va G’arbiy Yevropa davlatlarini sanash mumkin. So’ngi bir necha yil mobaynida qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan tiklanuvchi xom ashyo sifatida foydalanib, turli mahsulotlar masalan, moy va yog’lar asosida yuqori spirtlar ishlab chiqarish kengayib bormoqda (8.2-bo’limga qaralsin). Sintetik etanol olish ishlab chiqarish ko’rsatgichlarini quyidagi yon jadvalda ko’rish mumkin.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling