Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang


Download 18.96 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi18.96 Kb.
#1289214
  1   2   3
Bog'liq
topshiriq


1-Amaliy topshiriqlar bo’yicha masalalar.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bolgan ota-onani yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashda bo’yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluvchi qaroriga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to’lamasligi, - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

O’ldirish yoki zo’rlik bilan qo’rqitish sodir etilsa, u holda eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar: uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ishhaqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

Bila turib, g’ayriqonuniy ravishda ishdan bo’shatish yoki ishga tiklash to’g;risidagi sud qarorini bajarmaslik, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa,- eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.



  1. Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.

Ayolni xomiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g’ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo’shatish – eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.




  1. Download 18.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling