R. O. Oripov, n X. Xalilov


Dukkakli  ekinlarda  simbioz  samaradorligining  tuproq  kislotaligiga


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

Dukkakli  ekinlarda  simbioz  samaradorligining  tuproq  kislotaligiga 
bog'liq  holda  klassifikatsiyalanishi
Guruh
Ekin
PHsol
4,0
5,0
5,5
6,0
6,5
7,0
7,5
1
Ko‘p  yillik  lyupin,  sariq  lyupin, 
qushpanja
Л
4
5
5
5
4
2
2
Duragay  sebarga,  ingichka  bargli 
lyupin,  o'rmalovchi  sebarga,  xa­
shaki ko‘k no‘xat
2
л
j
4
5
5
5
2
3
Ekma vika, xashaki dukkak, ekma 
ko'k no‘xat, qizil sebarga
1
2
3
4
5
5
4
4
Oq lyupin, soya, vika, tukli vika
0
2
3
4
5
5
5
5
Oddiy  loviya,  burchoq,  ekma 
burchoq, no4xat
0
1
2
4
5
5
5
6
Qashqar beda, beda, bargak
0
1
2
3
5
5
5
hoh:  0—simbioz  yo'q;
1—juda  kuchsiz  simbioz,  ayrim  mayda  tuganaklar  ba’zi; o'simliklarda 
uchraydi;
2—simbioz  kuchsiz,  ekinzordagi  o'simliklaming  yarmida  mayda  och 
pushti  rangdagi  tuganaklar  hosil  bo'ladi;
3—hamma  o'simliklarda  tuganaklar  mavjud  va  ular,  asosan,  mayda 
va  pushti  rangda;
4—tuganaklaming  yarmidan  ko'pi  yirik  pushti  rangda;
5—yirik  qizil  tuganaklar  ko'p. 
;T-‘ 
~ " 7 ~
17 
}  ‘  '  ;  '
www.ziyouz.com kutubxonasi

Simbiozning  jadal  o'tishi  uchun  tuproqda  muqobil  namlik  bo'lishi 
talab  qilinadi.  Tuproqda  namlik  kam  bo'lganda  tuganak  bakteriyalar 
tomonidan  azotni  o'zlashtirish  kuzatilmaydi.  Tuproq  namligi  cheklan­
gan  dalada  nam  sig'imi  (CHDNS)  60—100  %  bo'lganda  havo  azotining 
fiksatsiya  qilinishi  jadal  kechadi.  O'simlikning  namlikka  talabi  turlicha. 
Tuproqda  yetarli  namlik  bo'lmasa,  urug'lar  ekishdan  oldin  nitragin  bi­
lan  ishlansa  ham  ildizlarda  tuganaklar  hosil  bo'lmaydi  (ko'k  no'xat, 
vika,  qizil  sebarga).  Tuganaklar  yaxshi  rivojlanmagan  bo'lsa  hosil  ham 
keskin  pasayadi.  Sug'oriladigan  sharoitda  tuganaklar  yaxshi  rivojlanadi 
va  bakteriyalar  faol  b o 'lad i. 
O 'zbekiston  sharoitida  yozda 
yog'ingarchiliklar juda  kam  bo'ladi  yoki  bo'lmaydi.
Simbioz  jarayonida  azotning  o'zlashtirilishi  uchun  tuproq  havo  re­
jimi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Tuganak  bakteriyalar  1  ml  azotni 
o'zlashtirish  uchun  3  ml  kislorod  sarflaydi.  Tuganaklar  tuproqning  havo 
bilan  yaxshi  ta’minlangan  0—10  sm  qatlamida  bo'lganda  havo  tuganak- 
ning  tashqi  qismidan  tuganak  markaziga  yetkaziladi  va  havo  azoti  yax­
shi  o'zlashtirila  boshlanadi.  Havo  rejimi  yaxshi,  yengil,  g'ovak  tuproq­
larda  tuganaklar  ko'p  hosil  bo'ladi.
Ildizlarda  hosil  bo'ladigan  tuganaklarning  rivojlanishi  uchun  ma’lum 
darajada  issiqlik  talab  qilinadi.  Simbioz  jarayoni  issiqsevar  qisqa  kun 
o'simliklarida  20—30  °C,  issiqlikka  talabchanligi  kam  uzun  kunli 
o'simliklarda  15—20  °C  haroratda  faol  o'tadi.  Shimoliy  mintaqalarda 
o'sadigan  dukkakli  ekinlarda  simbioz jarayoni  0  °C  haroratda  ham  o'tadi. 
O'zbekiston  sharoitida  dasht  va  yarim  dasht  mintaqasida  yantoqda 
45  °C  da  ham  tuganaklar  faol  bo'ladi  va  havo  azotini  o'zlashtiradi.
Tuganak  bakteriyalaming  faol  rivojlanishi  uchun  tuproqda  oziqa  ele- 
mentlarining  ham  yetarli  miqdorda  bo'lishi  talab  qilinadi.  Havo  azoti­
ning  o'zlashtirilishi  adenozintrifosfat  kislota  (ATF)  ishtirokida  sodir 
bo'ladi.  Fosfat  kislota  ATF  tarkibiga  kiruvchi  asosiy  komponent.  Fosfor 
yetishmasa  bakteriyalar  ildizga  yetib  borsa-da,  tuganaklar hosil  qilmaydi, 
azot  to'planmaydi.  Ekinlaming  fosforga  bo'lgan  talabi  har  xil.  Ayrim  ekin- 
lar  (masalan,  lyupin)  tuproq  tarkibidagi  qiyin  eriydigan  fosfor  turlarini 
o'zlashtiradi va  ulami  o'stirishda  fosforli  o'g'itlar kam  qo'llaniladi.  Dukkakli 
ekinlarni  o'stirishda  fosforli  o'g'itlami  qo'llash  yuqori  samara  beradi.
Simbioz  jarayonining  faol  o'tishi  uchun  kaliy  va  mikroelementlar 
ham  talab  qilinadi.  Kaliy  oziqa  elementlarining  faolligini  ta’minlaydi. 
Kaliy  yetishmasligi  natijasida  simbioz  jarayonining  faolligi  kamayadi. 
Mikroelementlardan  gektariga  1  kg  bor  va  20—50  g  Mo  sarflanadi.
Tuproqdagi  bakteriofaglar  va  hasharotlarning  qurtlari  tuganaklarga 
zarar  yetkazadi.  Tuganaklar  nematodalardan  ham  kuchli  zararlanishi 
mumkin.
Dukkakli  don  ekinlari  bir  gektarda  o'rtacha  50—200  kg,  beda  250— 
400  kg  azot  to'playdi.
18
www.ziyouz.com kutubxonasi

Juda  ko‘p  tadqiqotchilarning  fikricha,  dukkakli  ekinlarni  yetishti­
rishda  ma’danli  azotni  qo‘llash  o'simlikning  o‘sishi,  rivojlanishi,  hosilning 
shakllanishiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.  Boshqa  bir  guruh  olimlar  dukkak­
li  ekinlarni  yetishtirishda,  dastlabki  rivojlanish  davrida,  gektariga  30  kg 
ma’danli  azotni  qo‘llashni  (start  miqdor)  tavsiya  etishadi,  chunki  dukkakli 
ekinlar  hayotining  dastlabki  10—14  kunida  tuganaklar  hosil  qilmaydi, 
azotga  ehtiyoj  sezadi,  deyishadi.
0 ‘zbekistonning  sug'oriladigan  yerlarida  dukkakli  don  ekinlari  va  tu­
ganak  bakteriyalarning  faoliyati  uchun  yetarli  sharoit  yaratilganda  simbioz 
faoliyati  natijasida  azotli  o‘g‘itlar  solinmasa-da,  urug'  hosildorligi  3—4  t/ga, 
bedaning  pichan  hosili  25—35  t/ga  yetishi  mumkin.  Bunday  holda  azotli 
o‘g‘itlarni  solish  befoyda,  ular  faqat  tuganak  bakteriyalar  faoliyatini 
so'ndiradi,  xolos.  Ma’danli  azot  tuganak bakteriyalar tomonidan  havo  azotini 
o'zlashtirishni  kamaytiradi,  hosilni  oshirmaydi  (5-jadval).
5-jadvcil
Simbioz  uchun  qulay  sharoitda  dukkakli  ekinlar  hosildorligining 
azotli  o‘g‘it  me’yorlariga  bog‘liqligi  (Posipanov  bo'yicha)
Ekin
Azotsiz
Azot me’yori kg/ga
N S % 5
70-165
200-370
Ko'k no'xat
3,00
2,92
2,64
0,37
Xashaki dukkak
3,10
2,70
-
0,61
Ingichka bargli lyupin
2,61
2,76
2,83
0,33
Loviya
2,99
2,91
2,96
0,23
Beda  (pichan)
12,20
12,00
13,70
1,30
Qizil sebarga
10,20
•  10.10
9,50
0,91
Keyingi  yillardagi  tadqiqotlarning  ko'rsatishicha,  o‘simlikda  sim- 
biozning  boshlanishigacha,  dukkakli  don  ekinlari  tuproqdan  6—7  kg/ga, 
ko'p  yillik  o'tlar  1,5—2  kg/ga  azot  o'zlashtiradi.  Bunday  miqdordagi 
azot  har  qanday  tipdagi  tuproqlarda  mavjud.  Simbioz  sodir  bo'lmaganda 
solingan  30  kg/ga  azot  hosilni  1,5—2,0  s/ga  oshiradi.  Solingan  ma’danli 
azot  simbiozni  6—10  kunga  kechiktiradi.  Ayrim  olimlar  esa  solingan 
m a’danli  azot  ta’siri  natijasida  simbioz  umuman  sodir  bo'lmaydi  va 
dukkakli  ekinlar  hosili  sezilarli  darajada  kamayadi,  tuproqda  azot 
to'planmaydi  deb  ta ’kidlashadi.
Dukkakli  ekinlarni  yetishtirishda  tuproqda  rizobium  bakteriyalari 
bo'lmagan  holda,  m a’danli  azot  gektariga  100—150  kg  qo'llaniladi. 
Ko'p  yillik  dukkakli  o'tlar  (beda,  sebarga)  qishlab  chiqqandan  keyin 
solinadigan  60—100  kg/ga  azot  tuganaklarda  leggemoglobulinni  kamayti­
radi,  tuganaklar  o'sishdan  to'xtab  faoliyati  pasayadi.  Shonalash  davri­
da  tuganaklar  soni  yanada  ko'payadi  va  bu  jarayon  har  o'rimda  takror- 
lanadi.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.3.  0 ‘SIMLIKLARNING  OPTIMAL 
NAMLIK  BILAN  TA’MINLANISHI
D ala  ekinlari  potensial  hosildorligining  shakllanishi  uch un  
o'simlikning  o'suv  davrida  tuproqning  optimal  miqdordagi  cheklangan 
dala  nam  sig'imi  (CHDNS)  60—100  %  oralig'ida  bo'lishi  talab  qilina­
di.  Cheklangan  dala  nam  sig'imi  (CHDNS)  —  bu  tuproqdagi  gravitat- 
sion  suv  oqib  ketgandan  keyin  tuproqqa  bog'lanib,  tuproq  g'ovaklarida 
qolgan  suv  bo'lib,  tuproqning  maksimal  darajada  suvni  ushlab  turish 
qobiliyatidir.  Shunday  holdagi  tuproq  quritilib,  mutlaq  quruq  tuproqqa 
nisbatan  uning  namligi  aniqlanadi.  Aniqlangan  nam lik  C H D N S - 
ning  100  %  teng  bo'ladi.  Bu  ko'rsatkich  tuproqning  mexanik  tarkibi 
va  gumus  miqdoriga  bog'liq  bo'ladi.
O'rtacha  qumoq  tuproqlarda  gumus  miqdori  2  %  bo'lganda  100  % 
CHDNS  absolut  quruq  tuproq  namligining  25—26  %  ga  to'g'ri  keladi. 
Qumloq,  gumus  miqdori  kam  tuproqlarda  bu  ko'rsatkich  22—24  %, 
og'ir  loy  tuproqlarda  27  %  va  undan  ortiq  bo'lishi  mumkin.  Eng  kam 
dala  nam  sig'im i  (E K D N S),  (rus  tilida  HB  —  наим еньш ая 
влагоемкость)  ko'pincha  CHDNS  sinonimi  sifatida  ishlatiladi.  Ammo 
bu  atama  unchalik  qulay  emas,  sababi  tuproqning  so'lish  namligi  eng 
kam  dala  nam  sig'imidan  ancha  past  bo'ladi.  Shuningdek,  tuproqqa 
birikkan  eng  ko'p  namlikni  eng  kam  dala  nam  sig'imi  deb  atash  man- 
tiqqa  to'g'ri  kelmaydi.  Eng  kam  dala  nam  sig'imidan  kam  bo'lgan  tup­
roq  namliklari  (so'lish  koeffitsienti,  gigroskopik  namlik)  ham  bor.  Ama- 
liyotda  mahsuldor  namlik  ko'rsatkichi  ham  ko'p  qo'llaniladi.
Har  bir  ekin  uchun  o'ziga  xos  optimal  tuproq  namligi  bor.  Bu 
ko'rsatkich  o'simlikning  rivojlanish  fazalari  bo'yicha  ham  o'zgarishi 
mumkin.  Tuproq  namligi  CHDNS  100  %  ga  teng  bo'lganda  tuproq­
ning  hamma  kapillarlari  suv  bilan  to'lgan  va  bog'langan  bo'ladi,  yirik 
yoriqlar  (poralar)  havo  bilan  to'lgan  bo'ladi.  Shuning  uchun  o'simlik 
ildizi  kislorod  tanqisligini  sezmaydi.  Ildiz  kapillarlarrii  topib,  ulardan 
butun  hayoti  davomida,  turning  va  navning  genotipiga  bog'liq  holda
5—20  kun  davomida  suvni  yutadi.  Tuproq  namligi  CHDNS  100  %  dan 
yuqori  bo'lsa,  ildizlar  kislorodning  yetishmasligini  sezadi  va  bunday  nam­
lik  keragidan  ortiqcha  hisoblanadi.  Shuning  uchun  CHDNS  100  % 
optimal  namlikning  yuqori  chegarasi  deb  atash  mumkin.
Tuproq  yuzasidan,  o'sayotgan  o'simlik  yuzasidan  suvning  bug'lanishi 
tufayli,  tuproqning  haydalma  qatlamida  namlik  doimiy  ravishda  kamayib 
boradi  va  m a’lum  bosqichga  kelib  yagona  suv  kapillar  tizimi  buziladi, 
tuproq  kapillarlari  uziladi.  Tuproqning  namlik  bo'yicha  bu  holati  tup­
roq  kapillar  namligining  uzilishi  (KNU)  deyiladi.  Ko'pgina  tuproqlarda
20
www.ziyouz.com kutubxonasi

u  CHDNS  60  %  da  boshlansa,  yengil,  gumus  miqdori  kam  tuproq­
larda  bu  holat  63—65,  og'ir,  gumus  miqdori  ko'p  tuproqlarda  55—58  % 
da  boshlanadi.
Tuproqdagi  namlik  kapillar  namlikning  uzilishidan  pasayganda,  ka- 
pillarni  topgan  ildiz  tukchasi  undagi  suvni  tez  o'zlashtirib  tugatadi  va 
nobud  bo'ladi.  Ildiz  tukchasining  faoliyat  ko'rsatishi  10—20  kundan  3—4 
kungacha,  hatto  bir  necha  soatga  kamayadi.  Bunday  holatda  o£simlik 
kapillar  suvni  topish  uchun  yangi-yangi  ildiz  tukchalarini  hosil  qilishga 
majbur.
Ildiz  tukchasining  uzunligi  o'rtacha  1  mm,  qo'ng'irboshsimonlarda 
1,5  mm  bo'ladi.  Makkajo'xori  ildizining  o'sish  qismida  1  mm2  da  1900 
dona  ildiz  tukchasining  bo'lishi  aniqlangan.  Bitta  o'simlikdagi  ildiz 
tukchalarining  umumiy  uzunligi  3—4  km,  qovoqda  25  km  bo'lishi  aniq­
langan.  Bug'doyzorda  1  ga  maydondagi  o'simliklar  ildizining  yuzasi  100 
ming  m2  yetadi.  Suv  yetishmaganda  shunday  katta  yuza  tez-tez  almashi- 
nishga  majbur.
Shuning  uchun bo'lsa  kerak,  quruq  cho'l  mintaqasida  tuproqda  nam­
likning  davriy  ravishda  yetishmasligi  undagi  gumus  miqdorining  orti- 
shiga  olib  kelgan.  Bunday  sharoitda  o'simliklar  qoplami  yuz  ming,  mil­
lion  yillar  davomida  suv  bilan  to'lgan  kapillar  yoriqlarni  izlashga  va 
ildiz  tukchalarining  tez-tez  hosil  bo'lishi  uchun  fotoassimilatorlarning 
asosiy  qismi  ildizga,  tuproqqa  yo'naltirilgan.  Binobarin,  kapillar  nam­
likning  uzilishi  (KNU)  tuproq  namligining  yuqori  chegarasidir.
Tuproq  namligi  CHDNS  50—45  %  da  o'simlik  turgor  holatini  saqlab 
qoladi  va  tashqi  ko'rinishidan  suv  taqchilligi  belgilari  ko'rinmaydi,  ammo 
fotoassimilatlarning  katta  qismi  mayda  ildizchalar  va  ildiz  tukchalari 
hosil  bo'lishi  uchun  sarflanadi,  yer  usti  vegetativ  va  generativ  organlari 
massasining  ortishi  sekinlashadi.  Tuproqdagi  GHDNS  35—25  %  bo'lganda 
yer  usti  quruq  massasining  to'planishi  to'xtaydi  va  hamma  assimilatlar 
suv  izlaydigan  mayda  ildizchalar,  ildiz  tukchalarining  hosil  bo'lishi  va 
o'sishi  uchun  sarflanadi.
Ayniqsa,  tuproq  kapillar  namligining  uzilishi  (KNU)  azotli  o'g'itlar 
solinmaydigan  dukkakli  ekinlarga  katta  zarar  yetkazadi.  Havo  azotini 
simbiotik  fiksatsiya  qilish  uchun  o'simlik  juda  ko'p  uglevodlarni  sarf­
laydi.  Tuproq  namligi  kam  bo'lganda  mayda  ildizlar  hosil  bo'lishi  uchun 
tuganaklardagi  uglevodlar  sarflanadi  va  energiyaning  yetishmasligi  nati­
jasida  havo  azotining  fiksatsiyalanishi  dastlab  kamayadi,  keyinchalik 
to'xtay  boshlaydi.  Tuganaklar  nobud  bo'la  boshlaydi.  Nam  bilan 
ta’minlanganlik  hamda  simbioz  faolligiga  bog'liq  holdagi  dukkakli  ekin­
lar  hosildorligi  6-jadvalda  keltirilgan.
21
www.ziyouz.com kutubxonasi

6-jadval
Nam  bilan  ta’minlanganlikka  bog‘Iiq  bolda  dukkakli  ekinlar  hosil­
dorligi,  t/ga,  (fon-P,  К,  B,  Mo  bilan  yetarli  ta’minlangan,  ino- 
kulatsiya,  рН^б,5 -6 ,8 )  (Posipanov  bo'yicha)
Ekin
Nam bilan ta’minlanganlik
Qurg6oqchilik yillari
optimal
yetarli emas
Ko‘k no‘xat
3,0
1,8
1,2
Xashaki dukkak
3,1
2,2
0,7
Loviya
3,0
2,1
1
Soya
1,9
1,4
0,8
Beda  (pichan)
13,7
7,5
3,9
0 ‘zbekiston  sharoitida  sug'orish  rejimining  buzilishi  soya  ildizlarida 
tuganaklarning  hosil  bo'lmasligiga  olib  keladi.  Shunday  holat  boshqa 
dukkakli  o'simliklar  —  beda,  ko‘k  no'xat  singari  o£simliklarda  ham  ku- 
zatilgan.  Tuganaklarning  hosil  bo'lmasligi  natijasida  o'simliklar  faqat 
suvning  yetishmasligidan  emas,  balki  azotli  oziqlanish  tanqisligidan  ham 
qiynalishadi.  Tuproq  namligi  sug'orish  yoki  yog'ingarchiliklar  natijasida 
tiklansa,  eski  tuganaklar  tiklanmaydi,  ammo  ildiz  tizimining  chekkalarida 
yangi  azot 
0‘zlashtiradigan  tuganaklar  hosil  bo'ladi.  Bunday  hollarda 
o'simlik  vegetatsiya  davrining  ma’lum  davrida  suv  va  azot  yetishmagan- 
ligi  tufayli  mahsuldorlik  kamayadi.
Tuganaklar  hosil  qilmaydigan  o'simliklar  kapillar  namlikning  uzili- 
shidan  mahsuldorligini  unchal'ik  keskin  kamaytirmaydi.  Sababi  namlik­
ning  tiklanishidan  ular  darhol  ma’danli  azotni  o'zlashtira  boshlaydi.
Shunday  qilib,  dala  ekinlarining  hosildorlik  imkoniyatlaridan  to'la 
foydalanish  uchun  tuproq  namligi  o'suv  davrida  CHDNS  100  %  (KNU) 
kapillar  namlikning  uzilishigacha  bo'lgan  darajada  ushlanishi  talab  qili­
nadi.  Kapillar  namlikning  uzilishi  tuproqni  sug'orishdan  oldingi  che- 
garasi  bo'lib  hisoblanadi.
Turli  turdagi  o'simliklar  vaqtinchalik  namlik  yetishmasligini  turlicha 
o'tkazishadi.  Bu  xususiyat  ular  ildiz  tizimlarining  rivojlanish  darajasiga 
bog'liq.  Misol  uchun,  issiqxonada  o'stirilgan  1  tup  javdar  ildizlarining 
umumiy  uzunligi  623  km,  ularning  umumiy  yuzasi  639  m2  yoki  yer 
ustki  organlarining  yuzasidan  130  baravar  ko'p  bo'lgan.  Ildizlarning  bir 
sutkada  umumiy  o'sishi  5  km,  bitta  ildizchaning  o'sishi  2—6,5  sm 
bo'lgan.  Bu  ildizlar  hajmi  61  tuproqda  o'sgan.  Suv  va  botqoq  o'simliklarda 
ildiz  tukchalari  bo'lmaydi.
Dukkakli  ekinlarning  namlik  yetishmasligiga  munosabati  turlicha. 
Tuproq  namligi  CHDNS  50  %  gacha  doimiy  kamayganda  faol  simbio- 
tik  potensialning  15  %  gacha  ko'k  no'xatda,  60  %  sariq  lyupinda,  75 
%  burchoqda  kamayishi  kuzatilgan.  Bu  burehoq  va  sariq  lyupin  ildiz­
larining  chuqurga  kirib  borishi  bilan  ta’riflanadi.
Namlikning  me’yordan  ortiq  bo'lishi  (100  %  CHDNS)  duragay  se­
barga  simbioziga  kam  ta’sir  qilsa,  esparsetga  kuchli  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi. 
Bedada  sizot  suvlarning  1  m  va  undan  yuza  bo'lishi  simbiotik  apparat- 
ning  faolligiga  va  kattaligiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi

Keyingi  yillarda  o'tkazilayotgan  tajribalar  shuni  ko'rsatmoqdaki,  il­
diz  massasining  asosiy  qismi joylashgan  tuproqning  haydalma  qatlamini 
zaxlatish  yaxshi  natija  bermoqda.  Bunda  sug'orish  me’yorlari  kam  bo'ladi, 
ammo  tez-tez  sug'orib  turishga  to'g'ri  keladi.  Bu  usulda  suvning; umu­
miy  sarfi  kamayadi,  oziqa  moddalarning  haydalma  qatlamdan  pastga 
yuvilishining  oldi  olinadi,  ma’lum  birlikdagi  suv  hisobiga  maksimal  hosil 
olinadi,  m a’danli  o'g'itlar  samaradorligi  ortadi.
Tuproq  namligi  doimo  o'zgarib  turadigan  ko'rsatkich  bo'lganligi 
uchun,  ekin  uchun  tuproqning  optimal  namligi  deyilganda  uning  ma’lum 
chegaralarda  o'zgarib  turishi  yoki  sug'orishdan  oldingi  namlik  chegarasi 
haqida  gapirish  mumkin.
1.4.  EKINZORDA  0 ‘SIMLIKLARNING 
FOTOSINTEZ  FAOLIYATI
Ekinzordagi  fotosintetik  tizim.  Hosil  fotosintez  jarayonida,  yashil 
o'simliklaming  uglerod  to'rt  oksidi  (C 0 2),  suv  va  m a’danli  moddalardan 
organik  moddalami  yaratishi  natijasida  hosil  bo'ladi.  Bu jarayonda  quyosh 
nurlarining  energiyasi  o'simlik  biomassasi  energiyasiga,  ya’ni  quyosh 
kinetik  energiyasi  potensial  energiyaga  aylanadi.  Bu  jarayonning  sama­
radorligi  hosil,  ekinzorning  fotosintezlaydigan  tizim  sifatidagi  faoliyatiga 
bog'liq.
Fitosenoz  yoki  agrosenoz  ma’lum  maydondagi  o'simliklaming  maj- 
muasi  bo'lib,  o'zgarib  turadigan,  o'z-o'zini  boshqaradigan  murakkab  foto­
sintetik  tizimdir.  Bu  sistema  doimo  o'zgarib  turadi,  turli  omillarning 
ta ’sir  qilishiga  qaram asdan  o 'z -o 'z in i  boshqarib  turadi,  ayrim 
ko'rsatkichlari  o'zgarsa-da,  gemostaz  holatini  saqlab  turadi.
Fotosintez  tizimining  xususiyatlari  bitta  alohida  olingan  o'simlik  xu- 
susiyatlaridan  farq  qiladi.  Misol  uchun,  bitta  o'simlikning  oziqlanish 
maydoni  oshirilsa,  u  bilan  bog'liq  holda  yoritilganlik  ham  oshirilsa, 
o'simlikning  urug'  mahsuldorligi  oshadi.  Ammo  senoz  uchun  hosildor­
likni  oshirish  o'simliklar  qalinligini  m a’lum  darajada  oshirish  bilan 
bog'liq.  Buning  uchun  senoz  va  alohida  bir  o'simlikning  mahsuldor- 
ligini  maksimal  oshirish  sharoitlari  bir-biriga  to'g'ri  kelmaydi.
Hozirda  senozlar  fotosintezini  tadqiq  qilish  uchun  Xalqaro  biologik 
dastur  yaratilgan.  O'simliklarda  fotosintez  jarayonini  boshqarish  yuqori 
hosil  olish  va  hosil  shakllanishining  boshqarish  imkoniyatlari  nazariyasi 
bilan  chambarchas  bog'liq.  Fotosintez  mahsuldorligini  o'rganishga 
A.N.  Nichiporovich,  I.S.  Shatilov  va boshqa  olimlar  katta hissa  qo'sliishgan.
Senozlarda  hosilning  shakllanishini  boshqarish juda  murakkab  bo'lib, 
o'suv  davrida  o'simlik  o'zgarib  turadi  va  murakkab  tizimlar  —  tuproq 
mikroorganizmlari,  zararkunandalar,  kasallik  tarqatuvchi  zamburug'lar, 
bakteriyalar,  viruslar,  begona  o 'tlar  bilan  o'zaro  ta ’sirda  bo'ladi.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi

Muhitning  juda  ko'p  omillari  —  harorat  rejimi,  yog'ingarchiliklar, 
yorug'lik  va  boshqa  omillami  amaliy jihatdan  nazorat  qilish  qiyin.  Ammo 
ma’lum  tuproq-iqlim  mintaqasim  tahlil  qilib,  shu  sharoitga  moslashgan 
navlarni  tanlab  ulardan  yuqori  va  sifatli  hosil  yetishtirish  texnologiya- 
larini  ishlab  chiqish  mumkin.
Juda  ko'p  omillami  —  tuproq  unumdorligi,  m a’danli  oziqlanish, 
begona  o'tlar,  kasalliklarning  senozga  ta’sirini  boshqarish  mumkin.  Hosil 
shakllanishini  o'simliklaming  rivojlanishi,  fotosintez  faolligini  oldindan 
belgilangan  o'lchamlar  asosida  boshqarish  mumkin.
Fotosinietik  faol  radiatsiya.  Fotosintez  jarayonida  quyosh  ra- 
diatsiyasining  energiyasi  yashil  o'simliklar  tomonidan  qancha  ko'p  yutil- 
sa,  don,  tuganak,  ildizmeva  va  boshqa  turdagi  hosil  shuncha  ko'p  bo'ladi.
Fotosintez  jarayonida  quyosh  nurlarining  ko'rinadigan  qismigina 
o'simliklar  tomonidan  yutiladi  va  ular  fotosintetik  faol  radiatsiya  FFR 
yoki  FAR  deyiladi.  Bu  nurlarning  to'lqin  uzunligi  380  dan  720  nm 
gacha  (nanometr  yoki  millimikron)  bo'ladi.  Quyoshdan  kelayotgan  ultra- 
binafsha  nurlar  uzunligi  200  dan  380  nm  gacha,  infraqizil  nurlar  uzun­
ligi  720  nm  yuqori  bo'ladi  va  ular  ko'zga  ko'rinmaydi,  fotosintezda 
ishtirok  etmaydi.  Yashil  o'simliklar  tomonidan  yutiladigan  energiya  FAR 
umumiy  quyosh  radiatsiyasi  energiyasining  50  %  ini  tashkil  qiladi.  Ul- 
trabinafsha  nurlar  quyosh  yorug'lik  energiyasining  1  %  ini  tashkil  qila­
di.  Infraqizil  nurlar  umumiy  quyosh  energiyasining  49  %  idan  iborat 
va  ular  fotosintezning  fotokimyoviy  reaksiyalarida  ishtirok  etmaydi.  Bu 
nurlar  tuproq  tomonidan  yutiladi,  tuproq  yuzasi,  qavati,  o'simliklarni 
qizdiradi,  transpiratsiya  va  tuproqdan  suvning  fizik  bug'lanishini  kuchay- 
tiradi.  FAR  ning  kunlar,  oylar,  yillar  bo'yicha  turli jug'rofiy  mintaqalar- 
dagi  miqdori  turli  ma’lumotnomalarda  berilgan.
Hosil  miqdori  FAR  dan  foydalanish  koeffitsientiga  bog'liq  bo'lib, 
bu  ko'rsatkich  2—3  %,  juda  yuqori  hosil  olinganda  4—5  %  va  undan 
yuqori  bo'lishi  mumkin.
Ekinzorlar fotosintetik faoliyatining  ko‘rsatkichlari.  Ekinzor  FAR  ni 
yutadigan  optik  tizimdan  iborat.  Dastlabki  rivojlanish  davrida  o'simlikning 
assimilatsion  yuzasi  kam  bo'lishi  tufayli  FAR  ning  ko'p  qismi  barglar 
tomonidan  yutilmaydi.  Barglar  yuzasining  ortib  borishi  bilan  barg  in- 
deksi  4—5  ga  yetganda  bir  gektarda  40—50  ming  m2  barg  yuzasi  hosil 
bo'ladi  va  FAR  ning  barglar  tomonidan  yutilishi  maksimal  darajaga 
75—80  %  yoki  umumiy  radiatsiyaning  40  %  iga  yetadi.  Barglar  yuza­
sining  yanada  oshishi  FAR  yutilishini  oshirmaydi.
Ekinzorda  barglarning  shakllanishi  optimal  bo'lsa,  FAR  ning  yuti­
lishi  o'suv  davrida  tushayotgan  radiatsiyaning  50—60  %  iga  teng  bo'ladi. 
O'simlik  qoplami  tomonidan  yutilgan  FAR  fotosintezning  energetik  aso- 
sidir.  Ammo  hosilda  bu  energiyaning  faqat  m a’lum  qismigina  akku- 
milatsiya  bo'ladi,  to'planadi.  FAR  ning  foydalanish  koeffitsienti,  odat- 
da,  o'simlik  qoplamiga  tushayotgan  FAR  ga  nisbatan  aniqlanadi.
24
www.ziyouz.com kutubxonasi

Quruq  biomassa  hosili  o'suv  davrida 
0‘rtacha  barglar  yuzasiga,  o'suv 
davrining  davomiyligiga  va  fotosintez  sof  mahsuldorligiga  bog'liq:
H  =  FP  -S F M
Bunda:  FP  —  fotosintetik  potensial  ming  yoki  mln  m2  kun/ga;  SFM
—  sof  fotosintez  mahsuldorligi,  g/m 2  kun,  H  —  hosildorlik.
Fotosintetik  potensial  quyidagi  formula  bo'yicha  aniqlanadi:
FP  =  Sy  •  T
Bunda:  Sy  —  o'suv  davrining  boshlanishi  va  oxirida  bargning  o'rtacha 
yuzasi,  ming,  m2/ga;  T  —  davrning  davomiyligi,  kun.
Barglarning  o'rtacha  yuzasi  quyidagi  formula  bo'yicha  aniqlanadi:
Bunda:  S,  va  S2  —  davrning  boshlanishi  va  oxirida  bargning  yuzasi 
ming  m2/ga.
Shunday  qilib:
H  =  S y -T   •  SFM
Senozning  asosiy  ko'rsatkichlari  hosildorlik  singari  1  m 2  yoki  1  gek- 
targa  hisoblab  chiqiladi.  Barglar  yuzasi  ham  ming  m2/ga  hisobida  bo'ladi. 
Bulardan  tashqari  barg  yuzasi  indeksi  ham  qo'llaniladi.
Assimilatsiya  yuzasining  asosiy  qismini  barglar  yuzasi  tashkil  qiladi 
va  ularda  fotosintez  amalga  oshadi.  Fotosintez  poyalarda,  qiltiqlarda, 
boshoq  qipiqlarida,  yashil  mevalarda  va  boshqa  organlarda  ham  sodir 
bo'lishi  mumkin,  ammo  umumiy  fotosintezda  ularning  salmog'i  juda 
kam.  Ekinzorlarni  bir-biri  bilan  solishtirish  hamda  ekinzoming  o'zgarib 
turadigan  barg  yuzasini  «assimilatsiya  yuzasi»  deb  atash  qabul  qilingan.
Barglarning  yuzasi  ekinzorda  asta-sekin  oshib  boradi.  Dastlab  barg 
yuzasi  sekin  (maysalashda)  keyin  tez  (tuplanish,  naychalash)  oshadi  va 
boshoqlash  fazasidan  keyin  pastki  barglarning  sarg'ayishi  va  nobud  bo'lishi 
bilan  kamayib  boradi.  O'suv  davrining  oxirida  yashil  barglar  o'simlikda 
bo'lmaydi  (donli  ekinlar).
Barglar  yuzasi  ekinlarda  o'sish  sharoitiga,  qo'llanilgan  agrotexnikaga 
bog'liq  holda  o'zgarib  boradi.  Ekinzorda  qurg‘oqchilik  yillari  barg  yu­
zasi  5—20  ming  m 2/ga,  namlik  va  azotli  oziqlanish  yetarli  bo'lganda  70 
ming  m2/ga  gacha  ortishi  ham  mumkin.  Ekinzorda  barg  indeksi  4—5 
(4—5  m2/m 2)ga  teng  bo'lganda  fotosintez  tizimi  optimal  rejimda  ishlay- 
di  va  eng  ko'p  FAR  yutiladi.  Barglar  yuzasi  kam  bo'lganda  FAR  barg­
lar  yuzasi  bilan  kam  ushlanib  qoladi.  Optimal  barg  yuzasi  50  ming 
m2/ga  dan  oshganda  pastki  barglar  soyalanib  qoladi,  ularning  fotosin­
tezda  ishtiroki  kamayadi  va  hatto  yuqorigi  barglar  pastkilarini  «boqadi».
Eng  ko'p  barg  yuzasi  qo'ng'irboshsimonlarda  boshoqlash,  gullash,
25
www.ziyouz.com kutubxonasi

donning  sut  pishish,  dukkakli  don  ekinlarida  dukkaklarning  yuqorigi 
yaruslarda  hosil  bo'lishi  davrida,  ko‘p  yillik  o‘tlarda  gullash  fazasida 
kuzatiladi.  Oziqa  ekinlarida  barglar  oziqa  massasining  asosiy  qismini 
tashkil  etadi,  ularda  barg  yuzasi  60—80  ming  m2/ga  ga  yetishi  mumkin.
Fotosintetik  potensial  (FP)  barglarning  yuzasi  va  ularning  faoliyat 
ko'rsatish  davrining  davomiyligiga  bog'liq  bo‘ladi.  Fotosintetik  poten- 
sialni  har  10  kunda,  bir  oyda  yoki  rivojlanish  fazalari  oralig'ida  aniq- 
lash  mumkin.  Bu  ko'rsatkichni  dastlabki  aniqlash  quyidagicha  amalga 
oshiriladi.  Misol  uchun,  barglarning  FPi  dastlabki  aniqlanishda  20  ming 
m2/ga,  10  kun  o'tgach  aniqlanganda  30  ming  m 2/ga,  o‘n  kun  ichida 
FP  (20  +  30)  /   2  x  10  =  250  ming  m 2/ga  ni  tashkil  etadi.  O'suv  davri 
100—110  kun  bo'lsa  fotosintetik  potensial  o'suv  davrida  2,0—2,5  mln 
m 2-kun/ga  tashkil  etadi.  O 'zbekiston  sharoitida  kuzgi  bug'doy 
sug'oriladigan  yerlarda  3—4  mln  m2-kun/ga  FP  hosil  qiladi.
Fotosintez  sof  mahsuldorligi  (FSM)  ekinzordagi  fotosintez  jadal 
(intensiv)ligini  ko'rsatib  1  m2  barg  yuzasida  hosil  bo'lgan  gramm  hisobi- 
dagi  quruq  modda  bilan  hisoblanadi.  Sug'oriladigan  yerlarda  kuzgi 
bug'doy  FSM  6—7  g/m 2  kunni  tashkil  etishi  mumkin.
FSM  =  (V2  -   V,)  /   FP
Bunda:  V,  va  V2—  ma’lum  birlikdagi  maydonda,  davrning  boshida  va 
oxiridagi  o'simliklar  quruq  moddasining  ortib  borishi,  V2  —  V,  —  quruq 
biomassaning  ortib  borish  ko'rsatkichi.  FP  —  fotosintetik  potensial.
O'simliklaming  dastlabki  rivojlanish  davrida  FSM  yuqori  bo'ladi, 
sababi  barglar  bir-birini  soyalamaydi,  hamma  barglar  yaxshi  yoritilgan 
bo'ladi.  Keyingi  rivojlanish  fazalarida  pastki  barglarning  soyalanishi  tu- 
fayli  FSM  —  g/m 2  kun  hisobida  kamayib  boradi.  Dastlabki  rivojlanish 
fazalarida  biomassaning  to'planishi  sekin  kechib,  keyinchalik  tezlashadi. 
O'suv  davrining  oxiriga  kelib  barglar  yuzasi  kamayganligi  uchun  sutka­
lik  biomassaning  ortishi  ham  katta  bo'lmaydi.  Bu  davrda  barglarda, 
poyada,  ildizlarda  hosil  bo'lgan  assimilatlaming  generativ  organlarga  taqsi- 
moti  sodir  bo'ladi.
Har  qanday vaqt  oralig'ida  biomassaning  ortib  borishi  FP  va  SFM  teng 
bo'ladi.  Masalan,  kuzgi  bug'doyda  SFM  6  g/m2  kun,  FP  4  mln.  m2  kun/ga 
bo'lganda  quruq biomassaning  miqdori  100  kunda  24  t/ga  ni  tashkil  qiladi.
Ekinzorda  barglar  yuzasi  30—50  ming  m2/ga  bo'lganda  fotosintez - 
lovchi  tizim  mahsuldorligi  eng  yuqori  bo'ladi.  Fotosintez  mahsuldorligi
5—7  g/m2 kun,  barg  yuzasi  40  ming  m2/ga  bo'lganda  30  kun  davomida
6—8  t/ga  biomassa  to'planadi  (40  ming:  5  =  200  kg/ga  1  sutkada,  30 
kunda  •  200  =  6  t/ga).  Bu  davrda  FAR  foydalanish  koeffitsienti 
o'simlikning  dastlabki  rivojlanish  fazalari  va  o'suv  davrining  oxiriga  nis­
batan  2—3  marta  ko'p  bo'ladi.
Pishish  paytiga  kelib  ildizlar  va  o'simlikning  50—60  %  quruq  mas-
26
www.ziyouz.com kutubxonasi

sasi  to'planadi  va  uning  asosiy  qismi  kletchatkadan  iborat.  To'plangan 
12  t  quruq  biomassaning  5—6  t/ga  qismi  don  hissasiga  to'g'ri  keladi.
Fotosintezni  cheklovchi  omillar.  Hosil  biomassasi  X  =  FP  x  SFM 
iborat  bo'lib,  FP  va  SFM  to'g'ri  proporsional.  Ammo  ular  omillar  ta’siri 
ostida  turli  darajada  o'zgaradi.  Fotosintez  sof  mahsuldorligi  sekin 
o'zgaradigan  konservativ  ko'rsatkichdir.  O'simlikning  o'sishi  uchun  zarur 
omillar  oziqlantirish,  suv  ta’minoti  va  boshqalar  yaxshilansa  o'sish jara­
yoni  jadallashadi,  barglar  yuzasi  kattalashadi.  SFM  begona  o'tlar 
yo'qotilganda,  retardantlar  qoilanilganda,  chekanka  qilinganda,  kasal­
liklar,  zararkunandalarga  qarshi  kurashilganda  ham  ortadi.
Tik  bargli,  arxitektonikasi  yangicha  genotipli  intensiv  tipdagi  yangi 
navlarni  yaratish  ham  SFM  ni  oshiradi.
Madaniy  o'simliklarda  fotosintez  S3  tipida  o'tganda  C 0 2  konsen- 
tratsiyasi  ortishi,  yorug'likka  to'yinishi  bilan  fotosintez jarayoni  kuchayadi. 
Yorug'likka  to'yinish  to'la  quyosh  yorug'ligi  50  %  ga  yetganda  kuzati­
ladi.  Shu  bilan  birgalikda  fotosintez  jarayonida  fiksatsiya  qilingan  ugle- 
rodning  15—30  %  qismi  fotonafas  olishga  sarflanadi.
Fotosintez  S4  tipida  o'tadigan  o'simliklarga  shakarqamish,  mak­
kajo'xori,  oq jo'xori,  tariqning  ayrim  turlari,  gultojixo'roz  kiradi.  Ular­
da  yorug'lik  bilan  to'yinish  va  sezilarli  fotonafas  olish  kuzatilmaydi. 
Hamda  C 0 2  kompensatsiya  nuqtasi  juda  past.  Shuning  uchun  SFM  S4 
o'simliklarda  S3  o'simliklarga  nisbatan juda  yuqori,  ayniqsa,  barg  yuzasi 
katta  bo'lganda.
So'nggi  yillarda  aniqlanishicha,  bo'yi  past,  barglari  poyaga  nisbatan 
o'tkir  burchak  ostida joylashgan  navlarda  SFM  yuqori  bo'lishi  aniqlan- 
gan.  Qand  lavlagida  barglarning  voronkasimon  bo'lib  joylashishi  ham 
SFM  ni  oshiradi.
O'simlik  navlarida  barglarda  hosil  bo'lgan  oziqa  moddalarni  gene-- 
rativ  organlarga  tez,  jadal  o'tkazishi  ham  muhim  jarayon  hisoblanadi.
Biomassa  hosilining  oshishida  FP  va  SFM  ning  ahamiyati  bir  xil 
qiymatga  ega.  Hosildorlikni  2  baravar  oshirish  uchun  FP  yoki  SFM  ni 
ikki  marta  oshirish  kerak.  Sug'orish,  o'g'itlash,  qator  oralarini  ishlash 
va  boshqa  agrotexnik  uslublar  barg  yuzasining  keskin  ortishiga,  ular 
faoliyat  ko'rsatish  davomiyligining  uzayishiga  olib  keladi.  Bunday  holda 
fotosintetik  potensial  (FP)  ortadi,  ammo  SFM  kamayib  borishi  mum­
kin.  Tadqiqotlarda  hosildorlik  bilan  FP  va  SFM  o'rtasida  kuchsiz  kor- 
relyativ  bog'lanish  bo'lib,  salbiy  (teskari)  yo'nalishga  ega.
Yuqori  hosil  olish  uchun  ekinzorda  yetarli  darajada  fotosintetik  po­
tensial  hosil  qilinishi  kerak.  Kechpishar  navlar  nisbatan  yuqori  FP  hosil 
qiladi,  ertapishar  navlar  uchun  FP  —  1,5—2  mln  m2  kun/ga,  o'rtapishar 
navlar  uchun  2,5—3,  kechpishar  navlar  uchun  3—5  mln  m2  kun/ga 
bo'lishi  talab  qilinadi.
Bitta  nav  doirasida  FP  ni  oshirish  barglar  yuzasini  va  uning  mak-
27
www.ziyouz.com kutubxonasi

simal  ko'rsatkichini  ko'paytirishga  asoslanadi.  Tup  qalinligi  ham  FP  ni 
boshqarishning  muhim  omillaridan  biridir.  Ammo  tup  qalinligini  juda 
oshirish  o'simliklarning  bir-birini  soyalashiga  va  SFM  ning  kamayishi­
ga,  reproduktiv  organlarning  kam  hosil  bo'lishiga  sabab  bo'ladi.
O'zbekistonda  ekilayotgan  qishloq  xo'jalik  ekinlarining  navlari  yu­
qori  potensial  hosildorlikka  ega,  lekin  bu  imkoniyat  ekin  o'stirishdagi 
noqulay  omillar  tufayli,  FP  shu  nav,  mintaqa  uchun  xos  optimal  katta- 
likka  yetmasligi  tufayli  foydalanilmaydi.  Odatda,  ekinlarning  dastlabki 
rivojlanish  fazalarida  barglar  yuzasi  sekin  kattalashadi,  optimal  barg  yuzasi 
qisqa  davr  mobaynida  faoliyat  ko'rsatadi.
Barg  yuzasining  sekin  ortishi,  ayniqsa,  o'simliklar  siyrak  bo'lgan 
ekinzorlarda  mutlaqo  maqsadga  muvofiq  emas,  sababi  FAR  foydalanish 
uchun  zarur  bo'lgan  vaqtdan  samarasiz  foydadanishga  olib  keladi.
Barg  yuzasining  ortishi juda  tez  sodir  bo'ladigan  (tup  qalinligi  yuqori) 
bo'lsa  xo'jalik jihatdan  qimmatli  boshoq,  dukkaklar,  so'talaming  shakllani­
shiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatadi.  O'g'itlash  va  sug'orish  bir  paytda  amalga 
oshirilganda  o'sish  jarayonlariiii  shunday  kuchaytiradiki,  natijada  barglar 
yuzasi  optimal  ko'rsatkichdan  yuqori  bo'ladi.  Bu  hoi  yorug'lik  rejimining 
buzilishiga,  generativ  organlar  rivojlanishining  sekinlashishiga  sabab  bo'ladi.
Ekinzorda  suv  yetishmaganda  barglar  yuzasi  va  FP  hamisha  past 
bo'ladi.  Bunday  sharoitda  yuqori  miqdordagi  ma’danli  o'g'itlarni  qo'llab 
m o'l  hosil  olib  bo'lmaydi.  Bunday  holda  namlik  cheklovchi  omil  bo'lib 
xizmat  qiladi.
Yuqori  hosil  olish  uchun  namlik  bilan  bir  qatorda  ma’danli  oziq­
lanish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  M a’danli  o'g'itlarni,  ayniqsa,  azot­
ni  ko'p  qo'llash  o'simlikning  shiddat  bilan  o'sishiga,  barg  yuzasining 
optimal  kattalikdan  ham  oshib  ketishiga,  o'simliklarning  yotib  qolishi- 
ga,  fotosintez jarayoni  ko'rsatkichlarining  pasayishiga  olib  keladi.  N am ­
likning  va  azotli  oziqning  ko'p  bo'lishi  bug'doy  hosilida  don  hissasi 
kamayib  somon  miqdori  ortishiga  olib  keladi.
Juda  ko'p  navlar  seleksiya jarayonida  suv  ta’minoti  va  tuproq  unum­
dorligi  cheklangan  sharoitda  yaratilib,  bu  ko'rsatkichlar  (fon)  yax- 
shilanganda  kuchli  o'sish  xususiyatiga  ega  qilib  yaratilgan.  Bu  foydali 
xususiyat  yuqori  me’yorlarda  o'g'it,  suv  yetarli  sharoitda  qo'llanilsa  sal­
biy  natija  berishi  mumkin  (yotib  qoladi).
O'simlikning  suv  ta ’minoti  va  ma’danli  oziqlanishini  muqobillash- 
tirib,  o'sish  jarayonlarini  va  fotosintezni  boshqarish  usullari  mavjud:
—  o'suv  davrining  ikkinchi  yarimida  suv  ta’minotini  chegaralash;
—  ma’danli  oziqlantirishni  optimallashtirish;
—  mikroo'g'itlardan  samarali  foydalanish;
—  qirqish,  shakl  berish,  chekanka  yo'li  bilan  hosil  elementlarining 
shakllanishini  boshqarish;
—  fiziologik  faol  moddalar  (retardantlar,  o'sish  regulatorlari)  dan 
foydalanish.
28
www.ziyouz.com kutubxonasi

Fotosintez  mahsuldorligini  oshirishda,  yangi  navlarda  foydali  hosil 
(don,  ildizmeva,  tuganak  qismi)  ko'p,  vegetativ  organlarining  kam 
bo'lishi,  nisbatan  past  bo‘yli,  barglarda  hosil  bo'lgan  assimilatlarni  hosil 
elementlariga  tez  o'tkazish  talab  qilinadi.
Hosilning  shakllanish  jarayoni  bosqiclilarga  bo'linadi.  Dukkakli  don 
ekinlarida  boshlang'ich  (ekish-unib  chiqish)  va  oxiigi  (pisliish)  bosqichlari 
bor.  Oxirgisida  fotosintez  bo'lmaydi.  O'simliklaming  maysalanishdan 
pishishigacha  biologik  davri  farqlanadi:
—  maysalash-gullashning  boshlanishi;
—  gullash  va  mevalarning  hosil  bo'lishi;
—  mevalarning  o'sishi;
—  donning  to'lishi.
Birinchi  davrda  barglar  va  FP  oshib  boradi.  Ikkinchisida  barg  yuza­
si  va  FP  maksimal  ko'rsatkichga  yetadi.  Uchinchi  davrda  barglar  asta- 
sekin  kamayib  boradi,  ammo  hali  yuqori  darajada  bo'ladi,  biomassa 
oshib  boradi.  To'rtinchi  davrda  o'simlik  uchinchi  davrda  to'plagan  meva­
lar  va  urug'lar  soniga  bog'liq  holda  fotosintez  o'tadi.  Bu  davrda  donlar 
to'lishadi,  barglar,  poyalar,  ildizlar,  dukkaklarning  po'stidagi  plastik 
moddalar  urug'larga  o'tadi.
Urug'lar,  mevalar  ko'p  bo'lsa,  to'rtinchi  davrda  o'simlikni  faol  ra- 
vishda  fotosintez  jarayonini  o'tkazishga  majbur  qiladi.  To'rtinchi  davr­
da  1000  urug'  massasi,  hosildorlik  va  oqsil  hosili  ko'rsatkichlari  shakl- 
lanadi.
Ekinzorda  uchinchi  va  to'rtinchi  davrlarda  fotosintez  tizimi  faol 
faoliyat  ko'rsatadi  va  bu  davrlar  davomiyligi  birinchi  davr  davomiyligiga 
teng  bo'lsa-da,  umumiy  biomassaning  60—70  %  to'planadi.
Shunday  qilib,  ekinzordagi  hosil  va  uning  sifati  o'suv  davridagi  fo­
tosintetik  tizimning  faoliyatiga  ko'p  jihatdan  bog'liq.
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling