R. O. Oripov, n X. Xalilov


  0 ‘G‘ITLASH  TIZIMINING  BIOLOGIK  ASOSLARI


Download 216 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/49
Sana16.02.2017
Hajmi216 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

1.5.  0 ‘G‘ITLASH  TIZIMINING  BIOLOGIK  ASOSLARI
Qishloq  xo'jalik  ekinlari  genotiplarining  potensial  hosildorligi 
o'simlikning  optimal  oziqa  elementlari  bilan  ta’minlanishiga  ham  bog'liq. 
Madaniy  o'simliklaming  kelib  chiqish  markazlari  turlicha.  Ekinlarning 
kelib  chiqish  markazlarida  tuproq  tiplari,  turlari,  ularning  kimyoviy 
tarkibi,  muhiti  (pH),  NPK  ning,  gumusning  miqdori  turli  xil  bo'lganligi 
uchun  o'simliklaming  oziqa  elementlariga  bo'lgan  talabi  ham  turlicha. 
Ekin  genotiplariga  bog'liq  holda  ularning  tuproq  muhitiga  talabchanligi 
ham  turlicha  bo'ladi.  Misol  uchun  tuproq  muhiti  (pH)  lyupin  4,5—5,8, 
kartoshka  5,0—6,0,  javdar,  suli  5,0—7,0,  zig'ir,  sholi,  tariq  5,5—6,5, 
bug'doy,  arpa,  makkajo'xori  6,0—7,5,  ko'k  no'xat,  xashaki  dukkaklilar 
6,0—7,2,  qand  lavlagi,  kungaboqar  6,0—7,5,  soya,  loviya,  qashqarbeda 
6,3—7,5,  beda,  burchoq  6,5—7,8  bo'lishi  optimal  hisoblanadi.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi

O'zbekistonda  sho'rlangan  yerlar  ham  ko'p  uchraydi.  Sho'r  tup- 
roqlarning  sho'ri  o'g'itlarni  solishdan  oldin  yuviladi.  Ekinlar  turi  va 
navlariga  bog'liq  holda  tuproqdan  100—500  kg/ga  makroelementlarni, 
kam  miqdorda  mikroelementlami  (grammlar  hisobida)  o'zlashtiradi.  Mik- 
roelementlar  o'simlikda  muhim  fiziologik,  biokimyoviy jarayonlarda  ish­
tirok  etish  bilan  birgalikda  tuproqdan  fosfor  va  kaliyning  ham 
o'zlashtirilishiga  ko'maklashadi.
Tuproqdagi  fosforni  harakatchan,  kaliyning  almashinadigan  o'simliklar 
oson  o'zlashtiradigan  shakllari  turli  xil  metodikalar  bilan  aniqlanadi. 
Misol  uchun,  oziqa  moddalaming  harakatchan  shakllari  nordon  (kislo- 
tali)  tuproqlarda  Kirsanov,  karbonatsiz  tuproqlarda  Chirikov, 
O'zbekistonda  keng  tarqalgan  karbonatli  tuproqlarda  Machigin  uslub- 
larida  aniqlanganda  turlicha  natijalar  olinadi  (7-jadval).
7-jadval
Harakatchan  fosfor  va  almashinadigan  kaliy  bilan  tuproqning 
ta’minlamshi  bo‘yicha  klassifikatsiya,  mg/kg  tuproqda
Ta’minlan-
ganlik
p25
k
2
o
Kirsanov
bo‘yicha
kislotali
Machigin
bo^cha
karbonatli
Chirikov
bo^yicha
karbo­
natsiz
Kirsanov
bo^yicha
kislotali
Machigin
bo‘yicha
karbonatli
Chirikov
bo^yicha
karbo­
natsiz
Juda past
<25
<10
<20
<40
<50
<20
Past
26-50
11—15
21-50
41-80
51-100
21-40
0 ‘rtacha
51-100
16-30
51-100
81-120
101-200
41-80
Oshirilgan
101-150
31-45
101-150
121-170
200-300
81—120
Yuqori
151-250
46-60
151-200
171-250
301-400
121-180
Juda
yuqori
>250
>60
>200
>250
>400
>180
O'zbekiston  tuproqlarida  Machigin  uslubi  bo'yicha  aniqlanganda  fosfor 
miqdori  10  mg/kg  dan  kam bo'lsa  «juda  kam»,  10-15  kam,  16—30  o'rtacha, 
31—45  ko'p,  46—60  yuqori,  60  mg/kg  dan  ko'p  bo'lsa  juda  yuqori 
ta’minlangan bo'ladi.  Shunday  ko'rsatkichlar  kaliy  bo'yicha  50  mg/kg juda 
kam,  51—100  kam,  100—200  o'rtacha,  201—300  ko'p,  301—400  yuqori, 
400  mg/kg  dan  ko'p  bo'lsa  juda  yuqori  ta’minlangan  hisoblanadi.
Ekinlarning  fosforga  talabchanligi  turlicha.  Masalan,  javdar,  suli, 
kartoshka,  sholi  ekinlari  tuproqda  16—30  mg/kg  fosfor  bo'lganda  hosil­
dorligi  oshmaydi.  Kaliy  bilan  ta’minlanishning  eng  past  darajasi  51— 
100  mg/kg.
Ayrim  don  ekinlari  —  bug'doy,  arpa,  makkajo'xori,  ko'k  no'xatning  fos- 
foiga  talabchanligi  yuqori  bo'ladi.  Bu  ekinlar  uchun  tuproqning  fosfor  bilan 
muqobil  ta’minlanish  darajasi  31—45  mg/kg.  Loviya,  beda  ekinlari  uchun 
muqobil  fosfor  miqdori  tuproqda  46—60  mg/kg  bo'lishi  talab  qilinadi.
Kirsanov  va  boshqa  olimlarning  tadqiqotlari  natijalariga  ko'ra  ekin- 
laming  fosforga  bo'lgan  talabining  har  xilligi  ildizlar  faoliyati  va  ular
30
www.ziyouz.com kutubxonasi

tuproqqa  ajratadigan  ekssudatlarga  bog'liq.  Ildizlar  ajratadigan  ekssudat- 
lar  miqdori  ekin  turiga  va  tuproq  muhitiga  bog'liq.  Ildizlar  ajratgan 
ekssudatlarni  fosfobakteriyalar  o'zlashtiradi.  Fosfobakteriyalar  nobud 
bo'lgandan  keyin  ularda  to'plangan  fosforni  o'simlik  o'zlashtiradi.  Xan- 
tal  tuproqdagi  fosforni  yaxshi  o'zlashtiradi.
Qishloq  xo'jalik  ekmlarining  kaliy  bilan  ta’minlanishi  tuproqdagi  kaliy 
miqdoriga,  tuproq  muhitiga  va  tuproq  kompleksidagi  qatlamlar  turiga 
bog'liq.  Misol  uchun,  karbonatli  tuproqlarda,  tuproq  muhiti  pH  —  7,8 
undan  almashinadigan  kahy  miqdori  250  mg/kg  bo'lganda  ham  tuproqqa 
kaliyli  o'g'it  solinsa  hosildorlik  oshadi.  Tuproqda  250  mg/kg  almashi­
nadigan  kaliy  bo'lsa,  tuproq  hajmiy  og'irligi  1,35  g/sm3  bo'lganda  hay- 
dalma  qatlamda  1  ga  maydonda  800—1000  kg  almashinadigan  kaliy 
(K20 )  bo'ladi.  Kaliy  tuproqda  ko'p  bo'lishiga  qaramasdan  kaliyli  o'g'itlar 
solinganda  ekinlar  hosildorligining  oshishiga  sabab  tuproqda  kalsiy  (Sa++) 
kationi  ko'p  va  u  kaliyning  o'zlashtirilishiga  antogonist  sifatida  to'sqinlik 
qiladi.  Solingan  kaliyli  o'g'it  kationlar  disbalansini  kamaytiradi  va 
ma’danli  o'g'it  sifatida  solingan  kaliyni  o'simlik  yengil  o'zlashtiradi
Tuproqda  mineral  shakldagi  azot  kam  bo'ladi.  Azot  asosan  organik 
birikmalar  (gumus,  organik  moddalar)  tarkibida  bo'ladi.  Ekinlarning 
azotni  o'zlashtirishi  haroratga,  tuproqdagi  gumus  miqdoriga,  namlikka, 
tuproq  muhitiga  bog'liq.  Tuproq  muhiti  nordon  bo'lganda  azotning 
o'zlashtirilishi  qiyinlashadi.  Misol  uchun,  tuproq  muhiti  (pH)  5,0  bo'lsa 
50  mg/kg  —  past,  70—100  mg/kg  o'rtacha,  100  mg/kg  dan  ko'p  bo'lsa 
yuqori  ta’minlangan  hisoblansa,  tuproq  muhiti  6,0  bo'lganda  40  mg/kg 
juda  past,  50  past,  60-70  o'rtacha,  70  mg/kg  dan  ko'p  bo'lsa  yuqori 
ta’minlangan  bo'ladi.  Bu  yerda  tuproq  muhitiga  bog'liq  holda  azotning 
o'zlashtirilishi  10—30  mg/kg  o'zgaradi.
Dukkakli  ekinlarda  bor  va  molibden  yuqori  samara  beradi.
O'simliklarning  me’yorida  o'sishi  va  rivojlanishi  tuproqdagi  mik- 
roelementlarning  miqdoriga  ham  bog'liq.  Harakatchan  shakldagi  mik- 
roelementlarning  yetishmasligi  ham  o'simlikning  o'sishi  va  rivojlanishini 
cheklovchi  omil  bo'lishi  mumkin.  Bunday  mikroelementlarga  bor,  molib­
den,  kobalt,  marganes  va  rux  kiradi.  Turli  tuproqlarda  mikro- 
elementlarning  miqdori  turlicha  (8-jadval).
8-jadval
Mikroelementlarning  miqdori  bo‘yicha 
tuproq  klassifikatsiyasi,  mg/kg  tuproqda_________ __
Tuproqdagi
miqdori
Bor,  suv 
eritmasida
Molibden,
oksalat
eritmasida
Kobalt, 
1 n.
HN03
da
Mis  In. 
HCi  da
Rux  In. 
HQ da
Marganes 0,1 
n.  H2SO4
Juda  past
0,1
0.05
0.2
0.3
0.2
1.0
Past
0,2
0.15
1.0
1.5
0.1
10
O'rtacha
0,5
0.30
3.0
3.0
3.0
50
Yuqori
1
0.5
5.0
7.0
5.0
100
Juda yuqori
>14
>0.6
>5.1
>7.1
>5.1
>101
31
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ekinlarning  mikroelementlarga  talablari  ham  turlicha.  Ishqorli  tup­
roqlarda  marganes  va  rax  yetarli  bo'lmaydi.  Shuning  uchun  ishqorli 
tuproqlarda  marganes  va  rux  qo'llash  yuqori  samara  beradi.  Bor  elemen- 
tining  yetishmasligi  natijasida  fotosintez  jarayonining  me’yorida  o'tishi 
buziladi.  Shuning  uchun  bor  yetishmasa  zig'irda  tolaning  sifati  yomonla- 
shadi,  ildizmevalarda  hosildorlik  pasayadi.  Molibden  yetishmasligi 
dukkakli  don  ekinlarida  tuganak  bakteriyalar  faoliyatini  pasaytiradi.
Ekinlarni  yetishtirishda  oziqa  moddalarning  maksimal  o'zlashtirilishi 
va  hosil  bilan  chiqib  ketadigan  hamda  ildiz,  ang'iz  qoldiqlari  bilan 
tuproqda  qoladigan  oziqa  moddalar  farqlanadi.  M a’lum  birlikdagi  tovar 
mahsulotning  yaratilishida  ishtirok  etadigan  oziqa  moddalarning  eng  ko'p 
miqdori  —  maksimal  o'zlashtirish,  daladan  oziqa  elementlarini  m a’lum 
birlikda  hosil  bilan  chiqib  ketishi  —  chiqib  ketish  deyiladi.  Misol  uchun,
1  t  don  va  muvofiq  holda  organik  massa  (barglar,  poyalar)  bilan  chiqib 
ketgan  oziqa  elementlari  miqdori  bor.  Maksimal  o'zlashtirish  va  hosil 
bilan  chiqib  ketgan  oziqa  moddalarning  farqi,  ekin  dalada  qoldirilgan, 
ang'iz  qoldiqlari,  to'kilgan  don,  barglarda  qolgan  oziqa  moddalar  miq- 
doriga  teng  bo'ladi.
Oziqa  moddalarning  o'zlashtirilish  miqdori  ekinlarning  biologiyasiga 
bog'liq.  Misol  uchun,  1  t  don  va  shunga  muvofiq  o'suv  organlarini  hosil 
qilish  uchun  arpa  30,  makkajo'xori  34,  soya  82  kg  azot  o'zlashtiradi. 
Oziqa  moddalarning  o'zlashtirilishi  o'simlikning  turli  rivojlanish  fazalarida 
turlicha  bo'ladi.  O'simlikda  quruq  moddaning  maksimal  to'planish  (dumbul 
pishish)  davrida  eng  ko'p  oziqa  moddalar  o'zlashtirilgan  bo'ladi.  Keyingi 
rivojlanish  davrida  ayrim  ildizlar  quriydi,  barglar  to'kiladi  va  ular  bilan 
birga  ma’lum  miqdorda  oziqa  moddalar  ham  chiqib  ketadi  (9-jadval).
Dukkakli  o'tlar  azotni,  fosforni  qo'ng'irboshsimonlarga  nisbatan  ko'p 
o'zlashtiradi.  Kungaboqar,  tuganakmevalar,  ildizmevalar  kaliyni  ko'proq 
o'zlashtiradi.
Suv  tanqis  yillari  suv  ta’minoti  yaxshi  bo'lgan  yillarga  nisbatan 
dukkakli  don  ekinlari  fosforni  kam,  kaliyni  ko'proq  sarflaydi.  Azotni 
o'zlashtirish  ham  kamayadi.  Tuproqdagi  fosforning  miqdori  ekinlarning 
fosforni  o'zlashtirishiga  ta’sir  qilmaydi.  Kaliy  miqdori  tuproqda  ko'p 
bo'lsa  o'simliklar  uni  ko'proq  o'zlashtiradi.
Tuproq  va  o'g'itdan  oziqa  elementlarining  o'zlashtirilish  koeffitsien­
ti  o'simlik  turiga,  naviga,  tuproq  turiga,  haroratga,  yog'ingarchilik  miq- 
doriga,  o'g'it  turlariga,  shakliga,  suv  bilan  ta’minlanganlikka  bog'liq.
Azotning  o'zlashtirilishi  tuproqdagi  solingan  go'ng  tarkibidagi  azot 
hisobidan  amalga  oshiriladi.  Azot  tuproqdan  o'rtacha  10  %,  go'ngdan 
25—30  %,  o'g'itdan  50—80  %  o'zlashtiriladi.  Azotning  qolgan  qismi 
tuproqda  nitrat  shaklida  to'planadi,  suv  bilan  yuviladi,  tuproq  singdi- 
ruvchi  kompleksiga  birikadi.  O'g'it  tarkibidagi  azotning  bir  qismi  sa- 
marasiz  yo'qoladi.  Havo  haroratining  yuqori  bo'lishi,  sug'orishlar  azot­
ning  samarasiz  yo'qolishini  kuchaytiradi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi

9-jadval
1  t  asosiy  mahsulot  va  muvofiq  miqdorda  boshqa  organik  massalarni  hosil 
qilish  uchun  sarflangan  va  hosil  bilan  chiqib  ketgan  oziqa  elementlari,  kg
Ekin
Mahsulot
turi
Maksimal
o‘zlashtuilishi
Hosil bilan chiqishi
N
P2O5
k
2
o
ham-
masi
P2O5
&
 

0
ham-
niasi
Qo‘ng‘irboshsimon don ekinlari
Arpa
Don
30
11
20
61
26
9
15
50
Kuzgi javdar
«
31
14
26
71
26
11
20
57
Suli
«
33
14
29
74
27
11
22
60
Makkajo'xori
«
34
12
37
83
28
10
26
64
Kuzgi bug‘doy
«
35
13
23
71
30
9
15
54
Bahori bug'doy
«
42
12
30
84
35
10
17
62
0 ‘itacha
«
34
13
27
74
29
10
19
58
Dukkakli don ekinlari
Xashaki ko‘k no'xat
Urug*
56
23
26
105
45
20
17
82
Ekma ko'k no‘xat
«
64
21
29
114
50
16
24
90
Ekma vika"
«
74
20
28
122
62
14
16
92
Burchoq
«
70
19
39
128
58
16
30
104
Loviya
«
66
25
40
131
53
22
29
104
Yasmiq
«
70
23
38
131
59
20
28
107
Xashaki dukkak
«
65
26
55
146
52
20
44
116
No'xat
«
64
25
60
149
52
21
49
122
Ingichka bargli 
lyupin
«
78
20
51
149
67
19
43
129
Sariq lyupin
«
80
22
50
152
68
19
42
129
Soya
«
82
26
47
155
72
23
38
133
O'rtacha
«
69
23
42
135
58
19
33
110
Dukkakli o41ar
Qizil sebarga
Pichan
31
9
22
62
22
5
16
43
Lyadvines rogatiy
«
32
13
28
73
21
8
17
46
Ko'k beda
«
39
10
24
73
26
5
14
45
O'rtacha
«
34
11
24
69
23
6
16
45
Qo‘ng‘irboshsimon o‘tlar
O'tloq! suli
Pichan
19
7
20
46
15
5
17
37
Ajriqbosh
«
19
9
28
56
15
7
22
44
Qiltiqsiz yaltirbosh
«
22
10
25
57
17
6
18
41
Erkak o't
«
21
11
33 “ 65
16
6
27
49
0 ‘itacha
«
20
9
26
56
16
6
21
43
Boshqa ekinlar
Kartoshka
Tuganak
6,2
2
8
16,2
5
1,5
6
12,5
Makkajo'xori
Silos
3,6
1
3,8
8,4
3,2
0,8
3,0
7,0
Kungaboqar
«
2,8
0,7
6
9,5
2,4
0,6
6,0
9,0
Kungaboqar
Urug'
60
26
186
272
50
22
160
232
Qand lavlagi
Ildizmeva
5,9
1,8
7,5
15,3 5,1
1,6
7,0
13,7
Tolali zig'ir
Urug"
10,7
53
9,2
252
90
49
87
126
Tolali zig'ir
Tola
80
40
70
190
72
34
61
167
Sabzi
Ildizmeva
3,2
1,0
5,0
9,2
2,4
0,7
3,3
6,4
33
www.ziyouz.com kutubxonasi

Fosfor va  kaliyning  o'simlik  tomonidan  o'zlashtirilishi  tuproq  muhiti- 
ga,  nam  bilan  ta’minlanganlikka  bog'liq.  Tuproqdagi  harakatchan  shakl- 
dagi  fosforni  12—15  %,  o'g'it  tarkibidagi  fosforni  15—20  %  o'simliklar 
o'zlashtiradi.  O'simliklar  tuproqdagi  almashinadigan  kaliyni  20—25  %, 
o'g'it  tarkibidagi  kaliyni  65—80  %  o'zlashtiradi.
Dukkakli  ekinlarda  biologik  simbioz  uchun  sharoit  yetarli  bo'lmasa, 
o'simlik  uchun  o'zlashtiriladigan  azot  yetishmasa,  fosfor va  kaliyni  ekinlar 
muvofiq  holda  3—7  va  5—10  %  o'zlashtiradi,  xolos.  Fosfor  va  kaliyni 
o'zlashtirish  koeffitsienti  o'simlikning  azot  bilan  ta’minlanishiga  bevosi- 
ta  bog'liq.
Tuproq  muhiti  neytral,  suv  ta’minoti  yaxshi,  biologik  simbioz  faol 
o'tadigan  sharoitda  dukkakli  o'simliklar  fosfor  va  kaliyni  tuproqdan 
o'zlashtirishi  kuchayadi.  Misol  uchun  beda  tuproqdan  24  %  fosfor, 
27  %  kaliy,  ma’dan  o'g'itdan  esa  43  %  fosfor,  75  %  kaliyni  o'zlashtiradi. 
Ekinlarni  o'g'itlash  tizimlari  ishlab  chiqilayotganda  ekinlar  tomonidan 
oziqa  elem entlarini  tuproqdan,  go'ngdan,  m a’danli  o 'g 'itlard an  
o'zlashtirish  koeffitsientini  va  unga  ta’sir  ko'rsatadigan  ijobiy  va  salbiy 
omillami  bilish  talab  etiladi.
Ekinlarni  o'g'itlash  tizimida  o'simlik  turi,  uning  qaysi  oilaga  man- 
subligi,  qaysi  oziqa  elementlarga  ko'proq  talabchanligi  e’tiborga  olinadi. 
Dukkakli  ekinlarni  o'g'itlashda  tuproqda  tuganak  bakteriyalarning  sim­
bioz  jarayonini  o'tishi  uchun  zarur  sharoit  borligi  e’tiborga  olinadi  va 
ma’danli  azotli  o'g'itlar  qo'llaniladi  yoki  qo'llanilmaydi.
Dukkakli  ekinlarni  o ‘g ‘itlashda
 
solinadigan  m a’danli  o'g'itlarning 
me’yorini  aniqlashda  quyidagi  xususiyatlar  hisobga  olinadi  va  o'zgartiriladi:
—  tuproqda  tuganak  bakteriyalarning  borligi;
—  tuproq  muhiti  (pH);
—  tuproqda  fosfor,  kaliy,  suv  ta’minoti  holati.
Fosforli  va  kaliyli  o'g'itlarni  solishda  ularning  me’yori  tuproqdagi 
harakatchan  shakllari  bilan  uyg'unlashtiriladi.  Ularning  tuproqdagi  miq­
dori  optimallashtiriladi.
O'suv  davrida  tuproqda  optimal  miqdorda  namlikning  bo'lishiga 
erishiladi.  O'simlikning  suv  bilan  ta’minlanishi  yomonlashsa  fosfor  va 
kaliy  yomon  o'zlashtiriladi,  ularning  ijobiy  ta’siri  pasayadi,  azotning 
yetishmasligi  natijasida  hosil  kamayadi.
Nordon  (kislotali)  tuproqlarda  fosfor  va  kaliyning  ahamiyati  sezilarli 
bo'lmaydi,  ularning  o'zlashtirilishi juda  past  darajada  bo'ladi.  Buning  asosiy 
sababi  nordon  tuproqlarda  namlik,  fosforli,  kaliyli  o'g'itlar  yetarli  bo'lganda 
ham  ko'pchilik  dukkakli  o'simliklar  ildizlarida  tuganakchalar  hosil  qil- 
maydi,  hosil  darajasi  azotning  yetishmasligi  bilan  cheklanadi.
0 ‘g ‘itlami  solish  muddatlari  va  usullari.
 
Almashlab  ekishlarda  ekin­
larning  faqatgina  o'g'itlash  me’yorlarigagina  asoslanib  qolmasdan, 
o'g'itlarni  solish  muddatlari,  usullari  ham  aniqlanadi,  ilmiy  asoslanadi. 
Solish  muddatlari  bo'yicha  asosiy
 
(shudgorlashdan  oldin),  ekishgacha,
34
www.ziyouz.com kutubxonasi

ekish  bilan  (qatorlab,  lentalab),  ekishdan  keyin  (oziqlantirish)  o'g'itlash 
farqlanadi.
Asosiy  o'g'itlash  o'simlikning  butun  o'suv  davrida,  ayniqsa,  jadal 
o'sayotganda  oziqa  moddalar  bilan  ta’minlash  maqsadida  yerni  hay- 
dashdan  oldin  o'tkaziladi.  Asosiy  o'g'itlashda  organik,  fosforli,  kaliyli 
o'g'itlar  solinadi.  Bunda  o'g'itlar  pluglar,  chimqirqarlar  bilan  tuproqning 
nam  qatlamiga  solinadi.
Fosforli  o'g'itlar  egat  tubiga  solinib  ko'milganda  sayoz  solinganda- 
giga  nisbatan  besh  baravar  to'laroq  o'zlashtirilib  uning  o'simlik  tarki­
bidagi  miqdori  sayoz  solingandagiga  nisbatan  1,5  baravar  ko'p  bo'lgan. 
Demak,  fosfor  tuproqda  deyarli  harakat  qilmaydi,  ko'chib  yurmaydi. 
Fosfor  tuproqning  singdiruvchi  komleksiga  (TSK)  tez  adsorbsiyalanadi 
va  suv  tuproqda  yetarli  bo'lganda,  kam  1,0—4  sm  kenglikda  tarqalishi 
mumkin.  Kultivatsiya  bilan  fosforli  o'g'itlar  7—12  sm  chuqurlikka  so­
linsa,  shu  qatlamda  o'simlikning  butun  o'suv  davrida  qoladi.  Tuproqda 
nam  yetarli  bo'lgan,  atmosfera  yog'ingarchiliklari  ko'p  bo'lgan  yillari 
ham  qattiq  fosforli  o'g'itlar  tuproq  yuzasiga  sochib  solinganda  ulaming 
85—95  %  i  tuproq  yuzasida  2  sm  chuqurlikda  qoladi,  bu  chuqurlikdagi 
tuproq  qatlamida  o'simlik  ildizlari  tuproq  qatlami  tez  qurib  qolishi  tu ­
fayli  tarqalmaydi.  Shunday  qilib,  tuproq  yuzasiga  solingan  fosforli  o'g'itlar 
o'simlik  tomonidan  deyarli  o'zlashtirilmaydi.
Suyuq  fosforli  o'g'itlar  —  ortofosfor  kislota  va  ammoniy  fosfatning 
tuproqda  harakatchanligi  yuqori.  Bu  o'g'itlar  sug'orishda  suv  bilan  beril- 
ganda  30  %  i  tuproqning  10  sm  chuqurligigacha  kirib  boradi,  lekin 
55  %  fosforli  o'g'it,  tuproqning  yuza  1—2  sm  chuqurligida  singib  qoladi.
Kaliy  fosforga  nisbatan  ancha  harakatchan.  Tuproqqa  solingan  ka­
liyning  katta  qismi  TSK  birikadi.  Kaliyning  erkin  ionlarining  bir  qismi 
kapillarlar  bo'ylab  suv  oqimi  bilan  harakat  qiladi.  Tuproqning  namligi 
kam,  harorat  yuqori  bo'lganda  kaliyning  harakatchanligi  keskin  kama­
yadi.  Kaliyli  o'g'itlar  tuproq  yuzasiga  solinganda,  namlik  yetarli  bo'lganda
4—6  sm  chuqurlikkacha  harakat  qiladi,  tuproq  yuzasi  quruq  bo'lsa, 
yog'ingarchiliklar  bo'lmasa  kaliy  tuproq  yuzasida  qoladi.  Shuning  uchun 
kaliyli  o'g'itlar  asosiy  o'g'itlar  sifatida  yerni  haydashdan  oldin  solinadi. 
O'simliklar  uni  butun  o'suv  davrida  o'zlashtiradi.  Asosiy  o'g'it  sifatida 
solingan  kaliyni  beda  va  boshqa  ko'p  yillik  o'simliklar  3—4  yil  va  u n ­
dan  ham  ko'proq  vaqt  davomida  o'zlashtiradi.
Fosforli  va  kaliyli  o'g'itlar  ko'p  yillik  o'tlarga  yerni  haydash  ol­
didan  solinadi.  Tuproqda  kaliy  kam  bo'lsa  50—70  %  kaliy  yerni  hay-, 
dash  oldidan,  qolgan  qismi  oziqlantirish  sifatida  beriladi.
0 ‘g ‘itlami  ekishgacha  qo‘llashda  lokal lenta  usulida  solinadi.  Bu  usulda 
fosforli-kaliyli  o'g'itlar  ekish  oldidan  o'tkaziladigan  kultivatsiya  bilan 
12—15  sm  chuqurlikka  lentalar  orasi  15—30  sm  qilib  beriladi.  Lokal 
usulida  fosforli-kaliyli  o'g'itlar  qo'llanilganda,  ularning  foydalanish  ko­
effitsienti  oshadi.  Ayniqsa,  kislotali,  ishqoriy  yer  kationlari  kam,  yarim
35
www.ziyouz.com kutubxonasi

oksidlar  miqdori  ko‘p  bo'lgan  tuproqlarda  bu  usul  yuqori  samara  bera­
di.  Bunday  tuproqlarda  fosfor  sekin  o'zlashtiriladigan  temir  va  ammo­
niy  fosfatlariga  aylanadi,  lokal  usulida  solinganda  fosfoming  tuproq  bi­
lan  birikishi  kamayadi,  o'zlashtirilishi  ortadi.
Ekish  bilan  yoki  qatorlab  o'g'itlash  qo'ng'irboshsimon  donli  ekin­
larni  ekishda  ko'p  qo'llaniladi.  Bu  usul  tuproqda  oziqa  moddalar  miq­
dori  kam  bo'lganda  muhim.  Bunda  fosforli  yoki  azotli-fosforli  o'g'itlar 
gektariga  10—15  kg  miqdorda  urug'  bilan  qatorlarga  yoki  urug'dan  sal 
chuqurroqqa  solinadi.  Qo'ng'irboshsimon  donli  ekinlar  dastlabki  ri­
vojlanish  fazalarida  fosforga  juda  talabchan  bo'ladi.  Shuning  uchun  bu 
usulda  fosforli  o'g'itlarni  qo'llashning  ahamiyati  katta.  Bu  davrda  o'simlik 
kam  fosfor  o'zlashtirishiga  qaramasdan  uning  yetishmasligi  o'simlikning 
rivojlanishiga,  hosildorligiga  salbiy  ta’sir ko'rsatadi.  O'simlik  rivojlanishining 
keyingi  davrlarida  fosfor  bilan  ekin  yetarli  ta’minlansa-da,  uning  dastlab­
ki  rivojlanish  davridagi  fosfor  yetishmasligining  salbiy  ta’sirini  yo'qota 
olmaydi.  Ayniqsa,  mayda  urug'li  ekinlar  dastlabki  rivojlanish  davrida 
fosfoming  yetishmasligidan  kuchli  zararlanadi.
G'alla  ekinlariga  fosfor  qatorlab  berilganda  uning  maysalar  tomo- 
nidan  o'zlashtirilishi  kuchayadi,  to'la  ma’danli  o'g'itlar  esa  maysalardagi 
N RK  miqdorini  bir  necha  baravar  oshiradi.  Shunga  muvofiq  holda 
o'simliklaming  o'sishi,  quruq  moddaning  to'planishi  ham  ortib  boradi.
Yirik  urug'li  dukkakli  don  ekinlari  maysalari  hayotining  dastlabki
10—13-kunlarida  azot,  fosfor,  kaliy  oziqa  elementlari  bilan  oziqlanishi, 
quruq  modda  to'planishining  ortib  borishi  amalda  oziqa  elementlari  bi­
lan  ta’minlanishga  bog'liq  emas.  Shuning  uchun  qatorlab  o'g'it  berish 
o'simlikning  kelgusidagi  o'sishi,  rivojlanishiga  deyarli  ta’sir  qilmaydi.
Qo'ng'irboshsimon  va  dukkakli  don  ekinlari  o'rtasidagi  o'simlik  ri­
vojlanishining  dastlabki  davridagi  bunday  farq  quyidagi  o'zgarishlar  bi­
lan  bog'liq.  Qo'ng'irboshsimon  donli  ekinlarning  urug'lari  ekilgandan 
keyin  10  kun  o'tgach,  dondan  o'sish  organlariga  70—80%  quruq  modda 
o'tadi,  yana  3  kun  o'tgach  donda  7—13%  quruq  modda,  azot,  fosfor, 
kaliy  esa  faqat  3—5  %  qoladi,  xolos.
Don  (urug')dan  quruq  moddaning  va  ma’danli  oziqa  elementlari- 
ning  reutilizatsiyasi  muhit  (tuproq)dagi  ma’danli  oziqa  elementlarining 
borligi  va  tarkibiga  bog'liq  emas.  Ekishdan  ikki  hafta  o'tgach  (ikkita 
bargning  hosil  bo'lishi)  qo'ng'irboshsimon  o'simliklaming  oziqlanishi 
muhit  (tuproq)ning  oziqa  elementlari  bilan  ta’minlanganlik  darajasiga 
bog'liq  bo'ladi.  Qatorlab  to'la  o'g'itlanganda  maysalarning  quruq  mas­
sasi  2,  oradan  19  kun  o'tgach  2,5  baravar  qatorlab  o'g'itlanmagan  maysa- 
larga  nisbatan  ko'p  bo'ladi.  Shunday  qonuniyat  maysalarning  azot,  fos­
for,  kaliy  o'zlashtirishida  ham  kuzatiladi.
Dukkakli  don  ekinlarida  urug'lardan  maysalarga  oziqa  moddalar­
ning  reutilizatsiyasi  juda  sekin  kuchayadi.  Ekilgandan  keyin  10  kun 
o'tgach  urug'da  dastlabki  vazniga  nisbatan  70—90  %  quruq  modda  ke-
Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev

Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling