Radioaktiv chiqindilar haqida tushuncha Reja


Download 37.52 Kb.
bet1/6
Sana16.04.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1361354
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
So‘z turkumlari tasnifi


Radioaktiv chiqindilar haqida tushuncha
Reja

  1. Radioaktiv chiqindilar haqida tushuncha

  2. Chiqindilar haqida umimiy tushuncha

  3. Tibbiyot chiqindilar haqida

  4. Xavfli va radioaktiv ashyolar bilan muomala qilishni huquqiy tartibga solish

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Radioaktiv chiqindilar — tarkibida davlat miqyosida tasdiqlangan normadan ortiq miqdorda radioaktiv izotoplar (RI) boʻlgan suyuq, qattiq va gazsimon chiqindilar.
Suyuq radioaktiv chiqindilar atom elektr stansiyalari (AES) ishlaganida, ishlatilgan issiqlik ajratuvchi elementlardan yadro yoqilgʻisi olishda, fan, texnika va tibbiyotda turli xil radioaktiv nurlar manbalaridan foydalanishda hosil boʻladi. Oʻzbekistonda har qanday hollarda ham RI konsentratsiyasi oʻrtacha yillik ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori boʻlgan Radioaktiv chiqindilarni ochiq suv tarmoqlariga tashlash qonun bilan taqiqlangan. Suyuk, Radioaktiv chiqindilar faolligiga koʻra, 3 kategoriyaga: faollik konsentratsiyasi 10~5kyuri/l dan yuqori boʻlmagan quyi darajali; faollik konsentratsiyasi 10"5dan 1 kyuri/l gacha boʻlgan oʻrtacha darajali va faollik konsentratsiyasi 1 kyuri/l dan katta boʻlgan yuqori darajali chiqindilarga boʻlinadi. Yuqori darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar, odatda, kichik hajmga qadar konsentrlanib, yer ostiga germetik idishlarda koʻmiladi. Xonalarni va korjomalarni yuvganda hosil boʻladigan quyi darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplardan maxsus usullar yordamida tozalangach, qayta ishlatish uchun ishlab chiqarish sistemasiga qaytariladi yoki kanalizatsiyaga tashlanadi. Bu chiqindilardan ajratib olingan RI oʻrtacha darajali faol chiqindilar hisoblanadi.
Qattiq radioaktiv chiqindilarga yuvib ketkazib boʻlmaydigan ifloslangan materiallar, ishlatilgan korjomalar va boshqa kiradi. Bu narsalarning hammasi beton zovurlarga tashlab ustidan sement quyib, butunlay koʻmib yuboriladi.
Atom sanoati obʼyektlarida va AESda suyuq va qattiq Radioaktiv chiqindilardan tashqari, tarkibida RI uchuvchan birikmalar yoki |3CH, |291, 85 kg, kabi RI bor tashlandilar, shuningdek, radioaktiv aerozollar hosil boʻlishi mumkin. Bunday chiqindilarning bari maxsus tozalash sistemasidan oʻtkazilib ventilyasiya moʻrkoni orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Tozalash sistemasidan chiqayotgan RIning umumiy miqdori shamol, relyef va oʻsimliklarning tabiati nazarga olingani holda ushbu obʼyektlar uchun belgilangan RI miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim. Ventilyasiya murkonlarining balandligi 100-150 m dan kam boʻlmasligi shart.
Chiqindilar bilan bogʼliq faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish ekologik qonun hujjatlari, shu jumladan chiqindilarga oid qonunchilikni shakllantirish va uni tadbiq etish orqali amalga oshiriladi. Huquqning, shu jumladan fuqarolarning qulay atrof muhitga boʼlgan huquqining ijtimoiy ahamiyati, birinchi navbatda, tegishli huquqiy meʼyorlarning bajarilish jarayonida namoyon boʼladi. Chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni davlat tomonidan tartibga solish deganda, bizning fikrimizcha, vakolatli davlat organlarining chiqindilarga oid ishlarni bajarish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʼyicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.Chiqindilar sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish maʼlum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi.
Ekologiya huquqida chiqindi deganda quyidagilar tushuniladi:
1) mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish jarayonida shakllangan, jismoniy yoki maʼnaviy foydalanish natijdasida oʼz isteʼmol xususiyatlarini toʼla yoki qisman yoʼqotgan xom-ashyo, material, yarimfabrikat mahsulotlarning qoldiqlari;
2) insonlar hayotiy faoliyati natijasida shakllangan qattiq maishiy chiqindilar;
3) foydalanishda boʼlmagan ishlab chiqarish jarayonida shakllangan qoʼshimcha moddalar;
4) foydali qazilmalarni kovlab olish jarayonida toʼplangan ikkilamchi, qoʼshimcha va foydalanishga yaroqsiz qazilmalar.
Chiqindilarning atrof tabiiy muhit holati va insonlar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatishining oldini olish, shuningdek, bunday chiqindilarni xoʼjalik faoliyatiga qoʼshimcha xom-ashyo manbai sifatida jalb etish maqsadida Oʼzbekistonda chiqindilar bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qabul qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi 2002 yil 5 apreldagi “Chiqindilar toʼgʼrisida” qonuni, “Oʼzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʼlovlarini qoʼllash tartibi toʼgʼrisida” nizom (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 maydagi 199-son qaroriga 5-ilova) va b.q.lar shular jumlasidandir.
Uning shakllari boʼlib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat. hiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat hiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar; chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori; chiqindilarni joylashtirish obyekti chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy; chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.Davlat tomonidan tartibga solish uslublari deganda, ijtimoiy munosabatlar subʼektlariga davlat tomonidan taʼsir koʼrsatish usullari tushuniladi. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy koʼrsatmalar berish kiradi.Chiqindilarga oid munosabatlar tegishli davlat organlarining ruxsat berish uslubi asosan chiqindilarga oid jiddiy ishlarni amalga oshirishda qoʼllaniladi. Jumladan, xavfli chiqindilarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratishga ruxsat berish.Rozilik berish (sanktsiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan meʼyorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Chiqindilar sohasida munosabatlarni tartibga solishning taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qoʼllaniladi va chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish boʼyicha maʼlum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Chiqindilar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda qatnashadigan davlat organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subʼektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Аmmo majburiy koʼrsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida qoʼllaniladi.
Chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni davlat nomidan tartibga solishni amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega boʼlgan davlat organlariga boʼlinadi. Maxsus vakolatga ega boʼlgan organlar oʼz navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga boʼlinadi.Umumiy vakolatga ega boʼlgan organlar qatoriga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular oʼzi mustaqil ravishda, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga kiritish masalalarini hal qiladi. Umumiy vakolatga ega boʼlgan davlat organlari chiqindilarga oid davlat boshqaruvining baʼzi funktsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab beradi. Jumladan, chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash, chiqindilarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida olib oʼtish, chiqindilarni pasportlash tartiblarini, chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʼlov hajmini belgilaydi, xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʼlgan chiqindilarning roʼyxatini tasdiqlaydi. Bunda umumiy vakolatga ega boʼlgan organlar faqat ushbu tartiblarni belgilab beradi xolos, ularni amalga oshirish bilan esa maxsus vakolatli davlat organlari shugʼullanadi. Mazkur organlarning roli juda kattadir, chunki chiqindilarga oid asosiy funktsiyalar ularning zimmasiga yuklatilgan. Maxsus vakolatli davlat organlariga chiqindilarga oid ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qoʼmitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyatlari asosan chiqindilarga oid munosabatlarni tartibga solish bilan bogʼliq boʼlganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadi. Ular tarmoqlararo, yaʼni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, yaʼni maʼlum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga boʼlinadi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bu – Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, “Oʼzkommunxizmat” agentligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʼrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasilari hisoblanadi.Ekologiya sohasida, jumladan chiqindilar sohasida davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar: chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish va ularning zararli taʼsirini bartaraf etish boʼyicha meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni taʼminlovchi meʼyorlarni belgilash, ekologik sertifikatlash, chiqindilarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish, ekologik nazoratni amalga oshirish, nizolarni hal qilish.Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʼlgan mahsulot va chiqindilarni Oʼzbekiston hududiga olib kirish va undan olib chiqib ketishga ruxsatnoma berishning asosi boʼlib ekologik sertifikat hisoblanadi. Ushbu sertifikat Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasining ekologik sertifikatlash organlari yoki “Oʼzstandart” agentligida akkreditatsiyadan oʼtgan hududiy organlar tomonidan beriladi yoki tan olinadi.Sogʼliqni saqlash vazirligi esa “Chiqindilar toʼgʼrisida”gi Qonunga koʼra, chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiena sertifikatini beradi.
Tibbiy chiqindilarga muddati o'tgan dori vositalari, aralashmalar va tabletkalardan qolgan qoldiqlar, qadoqlash materiallari, qo'lqoplar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash birliklarining ifloslangan chiqindilari, kiyim-kechaklar kiradi. Ushbu chiqindilarning barchasi tadqiqot laboratoriyalari, sud ekspertizasi muassasalari, kasalxonalar va veterinariya klinikalari faoliyatidan hosil bo'ladi.Rivojlangan mamlakatlarda ushbu turdagi chiqindilar yuqori harorat yordamida yo'q qilinadi, Rossiyada bu turdagi chiqindilar axlat bilan umumiy shahar poligonlariga tashlanadi, bu yuqtirish va yuqtirish xavfini sezilarli darajada oshiradi.Har bir muassasa chiqindilarni yig'ish bo'yicha xavfsizlik qoidalariga ega bo'lgan maxsus yo'riqnomaga ega. Qonunchilik tibbiy chiqindilarni yo'q qilish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar uchun litsenziyani talab qiladi. Maxsus sanitariya-epidemiologiya bo'limlari litsenziya berish huquqiga ega.Chiqindilarni yo'q qilish muammosini hal qilish tibbiy chiqindilar, uning turidan qat'i nazar, inson salomatligiga katta zarar etkazishi, ekotizim va uning aholisiga zarar etkazishi mumkin. Qutqarish sinflarga bo'linadi:

  • A - xavfli emas;

  • B - potentsial xavfli;

  • C - juda xavfli;

  • G - toksik;

  • D - radioaktiv.

Har bir chiqindining o'z chiqindilarini tashish qoidalari mavjud. A sinfidan tashqari barcha navlar majburiy yo'q qilish guruhiga kiradi. Ko'pgina muassasalar chiqindilarni yo'q qilish qoidalarini e'tiborsiz qoldiradilar va ularni umumiy axlatxonaga olib boradilar, bu vaqt o'tishi bilan noqulay sharoitlarda yuqumli kasalliklar epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkin.Xavfli guruhga axlatxonalar yaqinida yashovchilar, shuningdek, axlatxonalarni, hayvonlar, qushlar va hasharotlarni parvarish qiladigan odamlar guruhi ham yuqtirish vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin.Tibbiy chiqindilarni yo'q qilish uchun maxsus jihozlardan foydalanish juda qimmatga tushadi, davlat ularni yo'q qilishda tejaydi.
Tibbiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash Tibbiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash sanitariya ekspertizasidan o'tgan va ushbu faoliyat turi uchun litsenziya olgan maxsus tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalarda chiqindilarni qayta ishlash to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladigan maxsus jurnal yuritiladi, har bir chiqindilar klassi o'z hisobga olish shakliga ega.

Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling