Raqamli iqtisodiyotning korporativ boshqaruvdagi roli


Download 20.42 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi20.42 Kb.

RAQAMLI IQTISODIYOTNING KORPORATIV BOSHQARUVDAGI ROLI

Abdiganiyev Raxmatjon iskandar ogli,

Toshkent moliya instituti Menejment fakulteti KM-60 guruh talabasi, abduganiyevraxmatjon@gmail.com, TEL: (97)4464497
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi kundan kunga hayotimizda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Xalqaro miqyosda olib qaralganda ko’pchilik naqd pulsiz ko’rinishda hisob-kitob qilishga va onlayn savdo qilishga odatlanib bormoqda. 2018-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlanib, Hukumatga 2 oy ichida raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish yuklatilganligi ham bejizga emas.Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqilishi hamda «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etilishi juda muhimdir.«Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda investitsiyalar jalb etish zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Soʻnggi ikki yil davomida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilyapti.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani qoʻllashda muhim dasturi amaldir.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisodiyot (internet-savdo, internet-xizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Vaholanki Rossiya elektron kommunikatsiyalar assotsatsiyasining bergan ma’lumotiga ko’ra 2018-yilda Rossiya Federatsiyasi Yalpi ichki mahsulotining 5.1 foizi raqamli iqtisodiyot hissasiga tog’ri kelgan, shundan e-commerce bozori 2 trln rubl, aloqa infratuzilmasi bozori 1.8 trln rubl, reklama bozori 250 mlrd rubl, big data esa 3 mlrd rublni tashkil etadi. Xitoyda esa raqamli iqtisodiyotning Yalpi ichki maxsulotdagi qiymati 2016-yilda 3.3 trln AQSH dollari yoki YaIM ning 30.6 %ini tashkil qilganligini ko’rish mumkin. Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya‘ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi.

Raqamli iqtisodiyotning korporativ miqyosdagi joriy qilinish yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:

-Professional xizmatlar – on demand professional services – buxgalter xizmatlari, dizaynar xizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar.

-Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-funding), o’zaro kreditlash (peer-to-peer lending)

-Uyda ko’rsatiladigan xizmatlar – on-demand household services

-Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation)



-Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation)

Raqamli iqtisodiyotning yana boshqa bir xizmatlari, shu jumladan, big data, sun‘iy intellekt, mashina vositasida ta‘lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko’rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo’lsa, kraudfunding jamoaviy moliyaviy mablag’lar yig’sh mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko’lami, faoliyat turi va kattaligidan qat‘iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar yig’ish texnologiyasi bo’lgan kraudfundung barcha kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, Rossiya bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platformalari bo’lib, ular kraudfunding loyihalarining amalga oshishiga ko’mak berib turadilar. Eng ommabop kraudfundung platformalar planeta.ru va Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. Planeta.ru tomonidan 8 mingta loyihaga 660 mln rubl yig’ilgan bo’lsa, Boombaster tomonidan xuddi shu vaqt intervali davomida 1,5 mingta loyihaga 330 mln rubl yigilgan. Ammo xuddi shu davrning o’zida taniqli xorijiy krudfunding platforma Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , Raqamli iqtisodiyot kelajak iqtisodiyotining asosiy quroli va tayanchiga aylanishi ehtimoli juda katta. Shu sababli bu sohani yurtimizda rivojlantirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ushbu soha bo’yicha soliq imtiyozlarini joriy qilish, ilg’or xorij tajribalarini o’rganish va yurtimiz uchun muqobil variantlardan birini tanlashimiz lozimdir.
Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling