Raqamli texnologiyalar sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish. Reja: Standartlashtirish nima


Download 36.33 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1503375
Bog'liq
Nodir M va S



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot Texnalogiyalari Universiteti “AKT sohasida kasb ta`lim” fakulteti 3-bosqich 650-20 guruh talabasi To`ychiyev Nodirning Metralogiya Standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan yozgan
Mustaqil ishi

Tekshirdi :Rahmonova Gulnora


Raqamli texnologiyalar sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish.

Reja:
1. Standartlashtirish nima
2.Standartlashtirishni tashkil etish
3.Standartlashtirish bo`yicha normative hujjatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Standartlashtirish – haqiqatda mavjud yoki potentsial vazifalarga nisbatan umumiy va ko'p karrali foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida muayyan sohada tartibga keltirishning optimal darajasiga erishishga qaratilgan ilmiy-texnik faoliyat. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni boshqarish va ishlarni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi amalga oshiradi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va o'tkazish uchun: «UNICON.UZ»
• Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi qoshidagi Standartlashtirish tayanch tashkiloti (STT) (http://unicon.uz/bos/);
• Standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita;
• O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiyasi (Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiya);
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi standartlashtirish xizmatlari (standartlashtirish bo'yicha vakil) ish olib boradilar. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismi hisoblangan tarmoq «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi» yaratildi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
• normativ hujjatlarning texnik, ijtimoiy zarurligi va maqbulligini hisobga olgan holda ularni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi;
• standartlashtirishning o'zaro bog'langan ob'ektlarini standartlashtirish kompleksliligi,shu jumladan ushbu ob'ektlarga qo'yiladigan kelishilgan talablarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni amalga kiritish muddatlarini muvofiqlashtirish asosida metrologik ta'minot;
• aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning fan, texnikaning zamonaviy yutuqlariga, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish tendentsiyalari, ilg'or tajriba, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta'minlash;
• standartlashtirish bo'yicha barcha darajadagi normativ hujjatlarning o'zaro bog'liqligi va kelishilganligi, normativ hujjatlar ishlab chiqilishini boshqaruvning turli darajalardagi standartlashtirish identik ob'ektlariga takrorlanishini istisno etish;
• standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar, dasturlar va ishlar rejasi to'g'risidagi axborotning ochiqligi;
• normativ hujjatlarni ko'pchilik manfaatdor tomonlar kelishuviga erishish asosida tasdiqlash;
• normativ hujjatlardan sertifikatlashtirish va metrologiya maqsadlari uchun foydalanish imkoniyati;
• standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo'llash.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan xalqaro, davlatlararo, milliy, mintaqaviy va davlat hamda tarmoq standartlarining keng qo'llanishi uchun Standartlashtirish tayanch tashkiloti tomonidan normativ hujjatlar fondi yaratildi va yuritiladi.
Fond strukturasi standartlashtirish bo'yicha xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlarning (ISO, ITU, ETSI) normativ hujjatlari, davlatlararo standartlar, O'zbekiston davlat standartlari, rahbariy hujjatlari va tavsiyalari; qog'oz va elektron eltuvchilardagi tarmoq normativ hujjatlaridan iborat. Normativ hujjatlar «Aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma'lumotlar banki» avtomatlashtirilgan tizimiga (NHMB AT) kiritiladi.
Keng doiradagi foydalanuvchilarning aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining ma'lumotlar bankidan tezkorlik bilan foydalana olishi maqsadida NHMB AT Internet-versiyasi ishlab chiqildi. Joriy yilning iyul oyidan sohadagi kompaniyalar va korxonalar http://stt.unicon.uz saytida ro'yxatdan o'tganidan va parol olganidan keyin, ma'lumotlar bankidan normativ hujjatlarni bepul olishlari mumkin.
Normativ hujjatlar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert komissiyasi aloqa va axborotlashtirish sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko'rib chiqish, ularni ekspertiza qilish maqsadida tashkil qilindi. 
Standart – bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum soxalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan xamda faoliyatning xar xil turlari gayoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga bo’lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi.
Davlat standartlari maxsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida yangi maxsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va istehmolchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum soxada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo’ladi. Standartlashtirishning muxim natijalari odatda maxsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish xamda ilmiy-texnikaviy xamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Standartlashtirish yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyixa – konstruktorlik xujjatlar berish, korxonaning yangi maxsulotini berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa maxsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish maxsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida maxsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda maxsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish tub moxiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari xaqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo’nalishlarni bir – biriga bog’lovchi vosita xamdir.
Ko’pgina texnika jixatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning nazariyasiga xam katta ehtibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, maxsulot sifatini yaxshilash, mexnat xarajatlarini kamaytirish va moddiy resurslarni tejashning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.
1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to’g’risida" O’zbekiston Respublikasining Qonuni xam qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish soxasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy qonuniy asoslardan xisoblanadi.
Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari qonunning 1-moddasida quyidagicha keltirilgan:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida istehmolchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
mahsulotlarning o’zaroalmashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo’jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
istehmolchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
mudofa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;
o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir.
Standartlashtirishningasosiyvazifalari:
- istehmolchi va davlatning manfaati yo’lida maxsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yish;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el extiyoji uchun tayyorlangan maxsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy xujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash, shuningdek xujjatlardan nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek maxsulotning o’zaroalmashinuvchanligini ta’minlash;
- parametrik va turlar o’lchovi qatorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jixatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo’llash asosida bir xillashtirish;
- maxsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xom ashyo va materiallar ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishini ta’minlash;
- material va energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo’llash;
- maxsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
- metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni kengaytirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
- xorijiy mamlakatlarning talablari O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligi extiyojlarini qondira olgan xollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to’g’ridan-to’g’ri qo’llash tajribasini amalga oshirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- maxsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish soxasida xalqaro xamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
- texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriyqilish;
- sinovlarni me’yoriy-texnika jixatidan ta’minlash, maxsulot sifatini sertifikatlashtirish, baxolash va nazorat qilish;

2. O’zbekiston Respublikasida davlat standartlashtirish tizimi va ob’ektlari.


O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi.
Respublikada standartlashtirishishlarini tashkil yetish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi (Davarxitektqurilish" qo’mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi (Davlattabiatnimuhofazaqilishqo’mitasi);
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo’yicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr yetadilar.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "maxsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo’lib, buni xar qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish xar qanday ob’ektning muayyan jixatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini aloxida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish xar xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o’zida qamrab olgan me’yoriy xujjat xisoblanadi.
"Me’yoriy" xujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini xam o’z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko’p qirrali bo’lib, ular asosan quyidagilardan iborat: bir xillashtirish (xar xillikni boshqarish), qo’llanishlilik, moslashuvchanlik, o’zaroalmashuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muxitni asrash, maxsulotni ximoyalash, o’zarotushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadni amalga oshirish vaqtida boshqa maqsadlar xam amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda maxsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko’rsatmasdan maxsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo’llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
O’zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o’rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat.
Xarxillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan extiyojini qondirish uchun zarur bo’lgan eng maqbul o’lchamlarni yoki maxsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
Standartlashtirishishlarini o’tkazish. "O’zstandart" agentligi Qonunga muvofiq standartlashtirishishlarini o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqa ruvorganlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
"O’zstandart agentligi", "Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni saqlash vazirligi o’zvakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamgarmalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.

3. Standart toifalari va turlari.


Me’yoriy hujjatlarning toifalariva ulargaqo’yiladigan asosiy talablar qonunning 6-moddasida keltirilgan.
Unda O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi me’yoriy hujjatlar qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tarmoq standartlari;
texnik shartlar;
korxona standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
ma’muriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlariga amal qilinadi.
Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, me’yorlari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini "O’zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlarigaasoslangan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqchato’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgayo’lqo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolgamo’ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o’zgartishlar "O’zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. "O’zstandart" organlarida ro’yxatdan o’tgan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar davlat axborot jamgarmasini tashkil yetadi.
Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy vaaxborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o’zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg’alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo’jalik faoliyati sub’ektlari rioya yetish uchun majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’zga talablar ham belgilab qo’yilishi mumkin.
Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasidaamal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo’lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.

4. Standartlar ustidan davlat tekshiruv va nazorati


Qonunning 8, 9 va 10 – moddalarida bu xaqida quyilagilar keltirilgan.

8-modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari


Xo’jalik faoliyati sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya yetishi ustidan davlat nazoratini "O’zdavstandart" agentligi", "Davarxitektkurilish" qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasidaamalga oshiradilar.
Idoraviy bo’ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat Bosh inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya yetilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
xo’jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish
xo’jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o’tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb yetish;
standartlashtirish bo’yichaamaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o’lchovlarni) o’tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf yetish to’g’risidako’rsatmalar berish;
xo’jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo’yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man yetish huquqiga yega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish;
standartlar buzilishidaaybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidako’rsatmalar berish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to’xtatib qo’yish to’grisidako’rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man yetish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimato’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir yetilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishdato’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
10-modda. Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Qonun qoidalarni buzilishidaaybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Xalqaro standartlashtirish va uning boshqaruv tizimi.


Bugungi kunda turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish soxalarida me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu soxalardagi ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va bu soxalar bo’yicha xar xil yordam ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanib kelmoqda. Bularga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo’yicha Xalqaro konferentsiya, G’arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab tashkilotlarini misol keltirish mumkin.
Ana shu tashkilotlardan biri Xalqaro standartlashtirish tashkilotibo’lib,uningolibborayotgan ishlari, faoliyatdoiralarixususida qisqacha ma’lumotberib o’tishmaqsadgamuvofiqdir.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/


Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz keyinroq, birinchi jaxon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi (1918 y), Amerika qo’mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish soxasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarining Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shaxrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli soxalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jaxon urushi ISAning faoliyatini to’xtatib qo’ydi.
Xozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko’rsatib, rivoj topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish xamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar soxasida xamdo’stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
-dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan soxalarda uyg’unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko’rish;
- xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar xar bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);
- o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari xaqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
- soxaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko’zda tutiladi.
ISO raxbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan. Raxbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
ISOda prezident, vitse-prezident, g’azinachi va bosh sekretarь lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya - ISOning Oliy Raxbari bo’lib, ISOning yig’ilishi uch yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat soxasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muxim muammolari va yo’nalishlari muxokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini xamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizningdastlabkimustaqillikyillaridagi (1992 yil) muhimvoqealardanbiri O’zbekiston Respublikasining 92- davlat sifatida ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga qabul qilinishibo’ldi.
Endilikda O’zbekiston Respublikasi ISOning teng xuquqli a’zolaridan biri xisoblanadi.
Maxsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo’yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o’zining bir qator me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqdi, bu xujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko’rsatish mumkin:
Takrorlash uchun savollar:
1. Standartlashtirishni qanday izoxlay olasiz?
2. Standartlashtirishning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari qanday?
3. Milliy va mintaqaviy standartlashtirish nima?
4. O’zaroalmashuvchanlik deganda nimalarni tushunasiz?
5. Me’yoriy xujjat atamasiga ta’rif keltiring.
Standartlashtirishning uslubiy asoslari va maxsulot sifati.
Ma’ruza rejasi:
Tizimlashtirish va kodlash.
Afzal sonlar qatori. Afzal sonlar qatorini tuzish printsiplari. Parametrik qatorlar.
Optimal o’lchamlar qatori. Asosiy va qo’shimcha parametrlarni tanlash printsipi
Mashinalarni unifikatsiyalash va agregatlashtirish
Standartlashtirishning texnik iqtisodiy samaradorligi

1.Tizimlashtirish va kodlash.


Har qanday mahsulot turi aniq sonlar bilan ifodalangan parametrlar bilan xarakterlanadi, masalan, avtomobilning yujko’tarish og’irligi 8 t, elektrodvigatelь quvvati 100 kVt, val diametri50 mm. Parametrlar qiymati hisoblash yo’li bilan aniqlanib, konstruktiv mulohazalar orqali belgilanadi. Bunda parametrlarning son qiymatlari turlicha bo’lishi mumkin.
Qo’llaniladigan sonli tavsiyalarni cheklamasdan turib parametrlarni birxillashtirish va standartlashtirish mumkin emas.

Xulosa


Standartlashtirish tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlashtiriladigan ob’ektni tavsiflovchi parametr sonlari ketma-ketligi
tasodifiy bo’lmasdan, balki matematik qonunlardan kelib chiqqan qatorlar bo’lishi lozim. Bu quvvatni, unumdorlikni, yuk ko’tarishni, mustahkamlikni tavsiflovchi parametrlarni, shuningdek, geometrik o’lchamlarni o’zaro bog’lanishini ta’minlashi mumkin. Bu masala parametrlarning son qiymatlarini tanlashda afzal sonlar qatorini belgilash bilan yechiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:


1.  O’zbekiston 
Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to’g’risida”gi Qonuni. 28.12.1993 y. 
2. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni. 28.12.1993 y. 

.
Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling