"Ravshan" g’oyaviy-badiiy pishiq ishqiy -sarguzasht dostondir. U 1927 yilda birinchi bo’lib, Hodi Zarif tomonidan Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan va 1941 yilda nashr ettirilgan


Download 25 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi25 Kb.

“Ravshan” g’oyaviy-badiiy pishiq ishqiy –sarguzasht dostondir. U 1927 yilda birinchi bo’lib, Hodi Zarif tomonidan Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan va 1941 yilda nashr ettirilgan. Ergash shoir “Ravshan”ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo’rondan o’rgangan. Bu doston ham “Go’ro’g’li” turkumiga mansub. “Ravshan” pok va samimiy muhabbatni kuylovchi maqsadga erishish yo’lida mardlik va botirlikni ulug’lovchi, zulm va adolatsizlikni qoralovchi asardir. Uning qisqacha mazmuni quyidagichadir:

“Go’ro’g’libek Chambil yurtida Yunus bilan Misqol parinmi Ko’hi Qofdan, Eram bogidan keltirib, umr o’tkazar edi. Unga Xudo farzand bermaydi, shuning uchun Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib o’g’il qiladi. Hasanxon Arzirumdan xon Dallini olib kelib uylanadi va o’g’il ko’radi. Unga Ravshan deb ism qo’yadilar. Avazxonga Gulqiz degan suluvni olib berishadi va qizli bo’ladi, ismini Gulanor qo’yadi. Ikki asrandi o’g’ilni tarbiyalab olgan Go’ro’g’li Avazxon bilan Hasanxonni quda qilmoqchi bo’ladi, lekin Avazxon rad etadi. Bu so’zlarni eshik ortida eshitib turgan Ravshan qattiq xafa bo’lib, buvisi Yunus pari oldiga borganda ovunsin deb buvisi qo’llidagi uzukni beradi. Ravshan uzukdagi go’zal bir qizning suratini va “Zulxumor” degan yozuvni ko’rib, bu qizga oshiq bo’lib qoladi. Jiyronqush degan tulpor otini minib, Shirvon yurtiga yo’l oladi. Shirvon bozorini aylanib, “telpak bozori qaydadir” deb yuradi. Bozordagi ko’shkning ustida yuzini ochib o’tiradigan Zulxumorning husni jamolini ko’rish uchun yigitlar bir la’li tillani ko’rmana berishadi. Ravshanning gul tagida pisib o’tirganidan qo’rqib ketgan qizlar qiy-chuv qilishib, Zulxumorning yoniga borishadi. Zulxumor Oqqiz degan kanizini yigit kim, qayerlik ekani, nimaga kelganini so’rab, ko’rmanasini olib kelishga yuboradi. Ravshan tillasi yo’qligi uchun Yunus pari bergan sehrli uzukni berib yuboradi. Zulxumor unda o’zining ismi va suratini ko’radi. Bir necha kunni Ravshanbek Zulxumor bilan shod-xurram o’tkazadi. Ravshanga ko’p iltifot qilsa-da, uning e’tiborini qozona olmagan Oqqiz alamidan Zulxumorning bog’ida bolayotgan voqealarni onasiga aytib beradi. Onasi hamma gapni Qozonxonga yetkazadi. Yosh va tajribasizligi, oqko’ngilligi tufayli band etilib, zindonga tashlangan Ravshandan Zulxumor yashirincha xabar olib turadi. Ravshanga 40 kun muhlat beriladi. Zulxumor mayna qushi orqali maktub yo’llaydi. Mayna Chambilga yetadi, avval Hasanxonning tomiga tushadi, nola-afg’on qilib yurgan Dallini ko’rib, ayolning Ravshanni onasi ekanligini fahmlab, qattiq sayraydi-da, uning qo’liga kelib qo’nadi. Hamma voqeadan xabar topgan Go’ro’g’li tarbiyasini olgan dongdor polvon, sherday haybatli, g’ayratli Hasanxon Go’ro’g’lining G’irko’k (G’irot) otida ikki oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, Ravshan osiladigan kun Shirvonga yetib keladi. Uni birinchi bo’lib Jaynoq kal taniydi. Hasanxon zolim Qoraxon lashkariga qarshi jang qilib, shirvonlik og’a-ini botirlar – Aynoq (polvon, “ot, tuya, arava ko’tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko’chirmoqchi bo’lsa, piyoda ketar edi..”), Jaynoq (masxaraboz, “har tusli bo’la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo’lsa, har tusli bo’lganida o’zining jo’ralari ham tanimas edi”), Tersak kal (sinchi, “yilqining tulporini suyagidan tanir edi, qilichning o’tkirini qinidan bilar edi”), Ersak (mergan, “oqshomlari kamonni qo’liga olsa, qushni ko’zidan urar edi”)lar ko’magida Qoraxonni yengadi, o’g’lini o’limdan qutqaradi. Hasanxon Zulxumorni Ravshanga nikoh qilib beradi, Shirvon shahriga Aynoqni podsho, ukalarini vazir, mahram qilib qaytadi”.

Dostondagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh obrazlar bo’lsa, shirvonlik kampir-ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling