Referat "bilish konsepsiyasining falsafiy-metodologik muammolari " Bajardi: Rahmonqulov I tekshirdi: Sulaymonov J


Download 39.77 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi39.77 Kb.
#143786
TuriReferat
Bog'liq
bilish konsepsiyasining falsafiy-metodologik muammolari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI




REFERAT

“BILISH KONSEPSIYASINING FALSAFIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI




Bajardi:Rahmonqulov I

Tekshirdi:Sulaymonov J

Toshkent-2015

REJA:


  1. Bilishning tarixiy ildizlari haqida

  2. Bilish Beruniy nigohida

  3. Bilishning metodologik asoslari

BILISH KONSEPSIYASINING FALSAFIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI
1. Bilishning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari: empirik, ratsionalizm

Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanishi qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat va jamiyatni nixoyat o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usulini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi gnoseologiya vujudga keldi.

Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga vazifalar ko‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida Evropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishni o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustun- ligiga alohida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataladi.



Bilish ob’ekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyatini qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari, moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.

Bilishning sub’ekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqi- qotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.

Bilishning maqsadi. Ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan-fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.

Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanish bilan turli ilm sohalarning hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.



Bilish predmeti. Sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlari bilish predmetidir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, fanlari bir-biridan muhim belgidir.

Bilish muammosining milliy falsafiy tahlili. Bilishning mohiyati, mazmuni bilan bog‘lik masalalarning tahlili uzoq o‘tmishga ega. Odamlar qadim zamonlardayok o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi narsa va hodisalarning mazmun-mohiyatini o‘rganganlar, ularning qadri va ahamyati to‘g‘risida fikr yuritganlar. Zamonlar o‘tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi masalalar ko‘lami kengaygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan. Ong va bilish, g‘oya va ruh bilan bog‘liq mavzular ko‘plab afsona hamda asotirlar, diniy, ilmiy-siyosiy qarashlarning o‘zagi, markaziy qismini tashkil etgan. Falsafa tarixidagi aksariyat oqimlar va mutafakkirlar bu mavzuni chetlab o‘tmaganlar, u hakda xilma-xil fikrlarni bayon qilganlar.

Alohida ta’kidlash lozimki, Evropa va sobiq ittifoqning mintaqa- mizdan boshqa xududlarida yashaydigan mutaxassislarning ushbu mavzuga bag‘ishlangan kitob, risolalarida gap, asosan, G‘arb mutafakkir va olimlari merosi, ularning gnoseologiyaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida boradi. Bunda Suqrot, Platon, Aristotel, I. Kant, I. Gegel, F. Nitsshe, Z.Freyd va boshqalarning nomlari tilga olinadi. Bu faylasuflarning fandagi o‘rni, merosning ahamiyati katta, «sofizm», «platonizm», «ekzistensializm», «psixologizm» kabi ko‘plab oqim va ta’limotlar G‘arb olimlarining nomi, ta’limoti hamda asarlari bilan bog‘liq holda shakllangan. Ularning bilish nazariyasiga qo‘shgan hissalari xilma-xil ammo bu sohada ahamiyatga molik xizmatlari va gnoseologiyani boyitgan fikr mulohazalari ko‘p. Ularni fanga qo‘shgan hissalari kattadir.

Olamni bilish muammosini millatimizga xos falsafiy tahlil, avvalo qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, xikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Ularda dunyoning mifologik manzarasi xilma-xil talqinda o‘z ifodasini topgan. Ushbu dunyokarashda umumbashariy va umuminsoniy masalalarga ko‘proq e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Qadimgi odamlar borliq to‘g‘risida yo‘llaganlarida, afsona, yoki dostonlar so‘ylaganlarida olamni yaralishi, tabiat hodisalari, koinot va odamzot aloqalari inson ongi va tafakkurining mohiyati, mazmuni kabilarga alohida e’tibor berganlar, ularning ahamiyatini turlicha izohlaganlar. Olamni bilib olingan qonuniyatlari narsa va qonuniyatlarni anglagan xususiyatlaridan foydalanganlar, anglamaganlarni iloxiylashtirganlar.

Olamni anglash mavzusi dastlabki diniy dunyoqarashlar va ularning eng qadimgi shakllarida ham o‘z aksini topgan, har bir din o‘ziga xos bilish va qadriyat deb ataladigan dadil xulosalar tizimiga ega. Ular bir-birlaridan shu tizim bilan farq qiladilar. Dinlarning tarixiy shakllari takomillashib borgani sayin ulardagi bilishga xos dalillar tizimi ham yangi-yangi qirralarini namoyon qilib boraveradi. Ularni har biri olamning ibtidosi, inson bilimi, aqli, tafakkur va tasavvuri xaqida o‘ziga xos «haqiqat»larga tayangan.

YUrtimiz tarixining qadimgi davrida sof gnoseologik ta’limot va nazariyalar paydo bo‘lmagandek tuyuladi. Aslida unday emas, balki bu o‘sha davrning yaxshi tahlil kilinmagani, qadimgilarga xos merosning tarixiy sabablari, urush va bosqinchiliklar oqibatida gorat qilingani va yo‘qotilgani bilan izoxlanadi. Masalan, «Avesto» da o‘sha davr uchun etarli darajada mukammal bo‘lgan bilimlar tizimi, dunyoning mifalogik va diniy manzarasi bayon qilingan edi. «Avesto» dan so‘ng qanchadan qancha allomalar yashagani, ularning nomlari va merosi dastavval makedoniyalik Aleksandr, so‘ngra Grek-Baktriyaning to‘rt yuz yillik xukumronligi, keyinroq esa arab istilosi davrida yo‘q qilib yuborilganini faqat tahlil qilish mumkin, xolos. YUnonistonda falsafani fan darajasiga ko‘targan Arastu o‘z falsafiy tizimini yaratish va takomillashtirishda «Avesto» dan foydalanilgani ma’lum. Xuddi shuningdek jaxon matematiklari Xorazmiydan, Kopernikning Ulug‘bekdan ilhomlangani ham rost. Faqat zamonaviy gnoseologiyada masala bu yo‘nalishda alohida mavzu sifatida tahlil kilinmagan.

Arab istilosi davrida ko‘pgina qadriyatlarimiz yo‘qolgan tafakkur va tilimizda o‘zgarishlar bo‘lgan. Bu xaqda Abu Rayxon Beruniy «qadimdan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozgan.

Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi.

Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi. Uning eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi. Biz ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.

Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi va kombinatsiyalari) dan iborat xolos. Binobarin, biz o‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi.

Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Falsafiy ta’limotlardan biri bo‘lgan agnostitsizm2 vakillari esa inson dunyoni bila olmaydi bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz agnostik faylasufi D.YUm ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bizning bilishlarimizning manbai ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz, deyiladi.

Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun» ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun» bu insonni qurshab to‘rgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar o‘zida» esa bular: erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy kuchlar, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‘ladi: amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior (lotincha aprior so‘zidan olingan bo‘lib o‘zbekchaga: tajribadan oldin, azaldan degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi.

Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iborat. Kant ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.

Umuman, insonning borliqni bilishi masalasida izchil agnostitsizm, skeptitsizm bilan birikib ketib, nigilizmga olib keladi.

Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishni doimo e’tirof etib kelganlar. Qadimgi yunon faylasuflari inson dunyoni va o‘zini bilishi, haqiqatga erishishi mumkin, deyishadi. Ular inson bilishining roli haqida ham hikmatli fikrlar aytishgan.



XULOSA

O‘rta asr arab faylasuflarining ilg‘or vakillari xususan Markaziy Osiyo mutafakkirlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, A. Navoiylar insonning dunyoni va o‘zini bilish masalasi haqida to‘xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o‘zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli - faol, u inson bilishining asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deyishadi3.

Tasavvuf falsafasi vakillari esa o‘z qarashlarida insonning hissiy bilishi tashqi bilishni tashkil qilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson dunyoni va o‘zini bilishi uchun kamolotga erishmog‘i lozim, Lekin bu kamolotga erishish quruq intilish bilan emas, balki o‘qib o‘rganish, bilimlarni va hunarlarni egallash jamiyatda boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda va munosabatda bo‘lish orqali yuzaga keladi, deyishadi.

XVII - XVIII asr Evropa faylasuflari ham insonning dunyoni va o‘zini bilish haqidagi qimmatli fikrlarni bildirishadi. Masalan, ingliz faylasufi F.Bekon, inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orkali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta ishlab chiqadi, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq ekanligini ularga xizmat qilishi lozimligini aytadi. Fransuz faylasufi Dekart esa insonning dunyoni va o‘zini bilishi masalasi haqida to‘xtalib, birdan bir to‘g‘ri bilish tafakkurdir, deydi. Inson bilishning haqiqatliligi tajriba bilan emas, balki aql bilan aniqlanadi, deb bilishda sezgi a’zolarining faoliyatiga ishonmaydi.



Fransuz ma’rifatparvarlari: Didro, Golbax, Gelvetsiy, Volter va Lametrilar esa insonning bilish masalasida fikr yuritishib, sezgilar tafakkurning asosi ekanligini, ular inson bilishining quyi boshlang‘ich bosqichi, tafakkur esa eng yuqori, murakkab bosqichi ekanligini aytishadi.

1 Скептицизм - юнонча: скептома - ўзбекча: шубҳаланаман дегани

2 агностицизм - юнонча: «а» ва «гносис» - ўзбекча: билишни инкор киламан.

3 Масалан, Абу Наср Форобий аклий билишни ҳар томонлама асослаб, инсон тафаккури билиш қобилиятининг чексизлигини, унинг борлиқни билишдаги ролини, акл ҳақиқат мезони эканлигини, у илм - фан, маърифат орқали ривожланиб боришини таъкидлайди.

Download 39.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling