Referat buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi bh 420 Guruh Fan


Download 66.63 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi66.63 Kb.
#1697534
TuriReferat
Bog'liq
Sug\'urta Mustaqil ish


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
BANK MOLIYA XIZMATLARI FAKULTETI



REFERAT
Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi
BH 420 Guruh

Fan:_____________
Mavzu: ______________________________

Bajardi: ___________________
Tekshirdi: _________________
Sug'urta kompaniyalari moliyaviy asoslari
Reja:
1. Sug'urta korxonalari moliyaviy asoslari
2. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari va moliyaviy natijasi
3. Sug'urta tashkilotlarida moliyaviy natijani shakllanishi
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy potensiali o'z mablagiari vajalb qilingan mablag'lar manbaasi asosida shallanadi. Shu mamoda sug'urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari ulaming moliyaviy potensialini belgilab beradi. Sug'urta tashkilotlarining xususiy kapitali ulami davlat ro'yxatiga olishda shallantiriladi.Xususiy kapital sug'urta tashkilotlari uchun faoliyatni boshlashning dastlabki vaqtida asosiy moliyaviy resurs hisoblandi. Xususiy kapital turli xil manbalardan to'ldiriladi. Dastlab ta’sischilar tomonidan kiritilsa. keyinchalik korxonaning daromadlari va boshqa manbalar hisobidan to'ldiriladi. Sug'urta tashkilotlarining jalb qilingan mablag'lari daromad shaklida kelib tushuvchi sug'urta mukofotlari hisobidan (sug'urta zaxirasi sifatida), bank kreditlari, ish haqi, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha kreditorlik qarzlar hisoblanadi.U balans passivining ikkinchi boiimida “Majburiyatlar" deb nomlanadi. Bulardan tashqari haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar, ko'zda tutilgan daromadlar, harajatlar va to'lovlar zaxirasi, dargumon qarzlar bo'yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar ham ushbu bo'limda aks ettiriladi.
Sug'urta tashkilotlarining moliyaviy potensialini va resurslarini shakllanishida sug'urta tashkilotining oladigan daromadlari va sarf qilinuvchi xarajatlari asosiy manbaa hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari asosida uning moliyaviy natijasi hisoblanadi.Sug'urta tashkilotlari buxgalteriya hisobi bo'yicha moliyaviy natijalami aniqlashda barcha buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatjlami ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo'yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy naijalami shakllantirish tartibi to'g'risida Nizom”ga va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligda 2005 yil 18 oktyabrda 1517-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “Sug'urta tashkilotlarining xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalami shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida Nizom“ga asosan amalga oshiradilar.Sug'urta tashkilotlarining daromadlarini quyidagi gumhlarga ajratish mumkin.
1. Sug'urta faoliyatidan daromadlar;
2. Sug'urta faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar;
3. Sug'urta faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan faolivatdan olinadigan daromadlar
Sug'urta tashkilotlarida bajarilishi majburiy bo'lgan to'lov layoqati normalarini va ulami aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo'yicha sug'urtalovchilaming majburivatlari cheklangan yo'l qo'yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlaming jami miqdorini, sug'urtalovchilaming to'lovga layoqatliligi bo'yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash, to'lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ulaming moliyaviy barqarorligiga qo'yiladigan boshqa talablami ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi davlat sug'urta nazorati inspeksiyasining vakolat doirasiga kiradi.
O'zbekiston Respublikasida sug'urtachi va qayta sug'urtachining to'lov layoqati “Sug'urtachi va qayta sug'urtachilaming to'lov layoqati to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tartibga solinadi. Mazkur nizom 2008 yilning 22 aprelida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 41 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yilning 12 mayida 1806 son bilan ro'yxatga olingan.
Sug'urtachilami va qayta sug'urtachilaming to'lov layoqati ularning moliyaviy majburiyatlarini to'liq va o'z vaqtida bajarilishini bildiradi. To'lov layoqatining asosini ustav kapitalining shakllanganligi, zaxiralaming vetarliligi va qayta sug'urta tizimi tashkil qiladi. Sug'urtachi va qayta sug'urtachining to'lov layoqatini aniqlashda to'lov layoqatining me’vorlaridan foydalaniladi.
To'lov layoqatining me’vorlariga quyidagilar kiradi:
- to'lov layoqatining marjasining yetraliligi;
- alohida risklar bo'yicha sug'urtachi va qayta sug'urtachiga ruhsat berilgan maksimal javobgarlik miqdori.Sug'urtachining to'lov layoqatini ko'rsatkilarini aniqlashda buxgalteriya hisobi va hisobotlari madumotlaridan foydalaniladi.
Sug'urtachilaming toiov layoqati ko'rsatkichlariga yuqorida keltirilgan nizomda belgilangan to'lov layoqatining me’yorlari. aktivlami jovlashtirish talablari, qayta sug'urta operatsiyalari bo'yicha talablar kiradi.Tolov layoqati marjasining yetarliligi asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tolov layoqati uning miqdori birdan kam boimasligini talab qilinadi. Toov layoqati marjasining yetarliligi haqiqatdagi toiov layoqatining maijasini uning me'yorlashgan miqdoriga boiib topiladi va quvidagi fomrula asosida hisoblanadi:
TQME=TKMF/TKMX
TQME - Tolov layoqatining marjasini yetarlilik me’yori;
TKMF - tolov layoqatining marjasini haqiqatdagi miqdori;
TKMX - tolov layoqati marjasining me’yori.
Umumiy sug'urta tarmog'i uchun tuzatish koeffitsenti oldingi 36 oy ichida hisoblangan jami sug'urta qoplamalari va qayta sug'urtachining ulushi o'rtasidagi farqni shu davrda hisoblangan sug'urta qoplamalariga bo'lish orqali aniqlanaadi. Umumiy sug'urta tarmog'i uchun belgilangan tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam bo'lmasligi kerak. Tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam bo'Igan hollarda 0.5 tuzatish koeffitsenti sifatida olinadi.
Umumiy sug'urta tarmog'ida faoliyat yurituvchi sug'urtachining sug'urta faoliyatini amalga oshirganiga 36 oydan kam muddat bo'Igan bo'Isa. tuzatish koeffitsenti 1.0 olinadi.Hayot sug'urtasi tarmog'ida faoliyat yurituvchi sug'urtachilar uchun to'lov layoqatining marjasi me’yori sifatida quyidagi kattaliklardan eng vuqorisi tanlanadi:
-Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka asosan sug'urta tashkilotlari
uchun belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori;
-quyidagi ikki kattalikning yig'indisi:
a) mukofotlar zaxirasining 5% ni hayot sug'urtasi tarmog'i uchun belgilangan tuzatish koeffitsentiga ko'paytirilgan natija;
b) umumiy sug'urta tarmog'ining 1 va 2 klasslari uchun belgilangan tuzatish koeffitsentini quyidagilardan eng katta bo'Igan miqdorga ko'paytirish natijasi:
Sug'urta tashkilotining operatsion byudjeti. Operatsion byudjetga sug'urta tashkiloti faoliyatining yo’nalishlarini aks ettiruvchi daromadlar va xarajatlar to'g'risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.Sug'urta mukofotlari tushumi byudjeti. Bunda keyingi yil uchun qancha sug'urta mukofotlari yig'ilishi, sug'urta shartnomalar soni, sug'urta turlari va ular bo'yicha tarif stavkalar, qayta sug'urta bo'yicha ko'rsatkichlar aks ettiriladi.Sug'urta tolovlari byudjeti. Bu tuzilgan va uzaytirilishi mumkin bo'lgan sug'urta shartnomalarining zararlilik darajasi ko'rsatkichlariga bog'liq holda to'ziladi. Agar sug'urta to'lovlari byudjeti ko'rsatkichlari yuqori bo'lsa, unda byudjet sug'urta mukofotlari byudjetiga muvofiq ravishda tuziladi. Bunda asosiy ko'rsatkichlar sifatida to'langan sug'urta mukofotlari va toianishi lozim bo'lgan sug'urta to'lovlari hisobga olinadi.Qayta sug'urta byudjeti. Sug'urtaga qabul qilingan risklari va o'z mablag'lari hajmiga qarab shakllantiriladi. Byudjet ma’lumotlari sug'urta mukofotlari hajmi va qayta sug'urtaga berilgan mukofotlar hajmi ma’lumotlari asosida shakllanadi.
O'zbekiston sug‘urta bozorida asosiv salmoqni agentlar orqali sotuv, so‘ng banklar va boshqa kanallar tashkil qiladi. Buning sababi shuki, sug‘urta bozori endigina rivojlanish jarayonida potensial sug‘urtalanuvchiga sug‘urta kabi murakkab mahsulotni tanishtirish, uning afzallik tomonlarini ko‘rsata bilish va shu tariqa iste'molchilar ehtiyojini rivojlantirish va doimiy ravishda qondirib borish vazifasini agentlar bajaradi.
O ‘zbekiston Respublikasida sug‘urta kompaniyalari faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning shakllanishi deb potensial iste'molchilarga maqsadli ta’sir natijasida Sug‘urta xizmatlariga bo'lgan talab darajasini muayy'an sug‘urta kompaniyasi amalga oshirayotgan taklifiga yaqinlashtirish deb tushuniladi.Potensial iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatishning quyidagi usul va vositalar:
aniq maqsadga yo‘naltirilgan reklama, sug‘urta shartnomalari tuzish soxasidagi tashkiliv tadbirlar majmuidan, narxning shakllanishi, sug'urta xizmatlari tariflarini tabaqalashtirishdan va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.Sug‘urta shamomasining tuzilishi muayyan sug‘urta kompanivasining xizmatiga bo‘lgan talabning shakllanishining yakunlovchi bosqichidir. Bunda potensial sug‘urtalanuvchi hali sug‘urta kompanivasining mijozi bo‘lmaganligi sababli sug‘urta xizmatlariga talabni jonlantirishga ahamiyat berish muhimdir.
Sug'urta xizmati ko'rsatishning yuqori darajada madaniyatli boiishi potensial sug'urtalanuvchilarda sug‘urta xizmatlariga talabning shakllanishi garovidir. Shuning uchun muayyan sug‘urtalovchi ko'rsatadigan servis darajasi qancha yuqori bo"Isa. uning sug'urta xizmatlari talabi ham shuncha yuqori bo‘ladi.Lekin servis darajasini oshirish xarajatlami ko'paytirishga olib keladi. Bu holda sug'urtalovchi amalga oshiradigan marketing xizmatining vazifasi xizmat ko'rsatish bilan sug'urta xizmatlariga talabning iqtisodiy omillari o'rtasidagi o‘zaro nisbatning qonuniyligini aniqlashdan iborat bo'ladi. Sug'urtalanuvchilarga xizmat ko'rsatish sifat mezoni ular tomonidan e’tirozlami yo'qligi hisoblanadi.Sug'urta kompaniyalarining faolivati davomida sug'urta xizmatlariga talabni shakllanishida quyidagi bosqichlami belgilash mumkin:
• Sug‘urta bozorini o‘rganish va tahlil qilish uchun kerakli axborotlami to'plash:
• Aniq sug'urta xizmati turlariga talabni o'rganish va ulaming raqobat qodir narxlarini aniqlash
• Sug‘urtalovchininng reklama faoliyatini tadqiq etish muhimdir
Sug‘urtalovchining moliyasi sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlaydi. Sug‘urtalovchi sug‘urta fondi mablag‘larini shakllantiradi va sug‘urtalanuvchilar zararlarini qoplash va sug‘urta ishini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor sharoitida, sug‘urtalovchi sug‘urta fondining bir qismi va o‘z mablag‘lari hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sug‘urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo‘jaligining boshqa sohalari korxonalariga nisbatan ancha murakkabdir.
Sug‘urta tashkilotining pul aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o‘z ichiga oladi: sug‘urta himoyasini ta’minlovchi pul aylanmasi va sug‘urta ishini tashkil qilish bilan bog‘liq pul aylanmasi. Bunda sug‘urta himoyasini ta’minlovchi pul aylanmasi ikki bosqichni bosib o‘tadi: birinchi bosqichda sug‘urta fondi shakllanadi va taqsimlanadi, ikkinchi bosqichda sug‘urta fondi mablag‘lari foyda olish maqsadida investitsiya qilinadi.Sug‘urta fondi sug‘urta tarifi bo‘yicha aniqlanadigan va sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘lanadigan sug‘urta badallari hisobidan shakllanadi.Kutilayotgan va haqiqatdagi zarar o‘rtasidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomutanosiblik, avvalo, tarif tuzilishiga ma’lum talablarni qo‘yadi: uning asosiy qismi (netto-stavka)ga haqiqiy zararni kutilganidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimolli farqini aks ettiruvchi tavakkal ustamasi qo‘shiladi.
Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydilar.Sug‘urtalovchi tomonidan tashkil qilingan sug‘urta fondi o‘zining majburiyatlarini bajarishga yetarli bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa, sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mablag‘lar aylanishining tavakkal xarakteridagi sharoitlarda sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga ehtiyoj zararni qoplashni kengaytirishga asoslangan qayta sug‘urtalash usulini vujudga keltirdi.Bozor sharoitida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati o‘z xarajatlarini qoplashnigina emas, balki foyda olishni ham ko‘zda tutadi. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta operatsiyalaridan katta foyda olishga intilmasligi lozim, aks holda bu bilan sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ekvivalentlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlarida «foyda» iborasi shartli qo‘llaniladi, sug‘urta tashkilotlari milliy daromad yaratmaydilar, balki faqatgina uni qayta taqsimlashda ishtirok etadilar. Sug‘urta operatsiyalaridan olingan foyda deganda shunday ijobiy moliyaviy natija tushuniladiki, unda sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘ladi.
Sug‘urta tashkiloti uchun foyda olishning asosiy manbai bo‘lib investitsion faoliyat hisoblanib, u sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismini tijorat maqsadlarida foydalanish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatining maqsadi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish, investitsion faoliyatning maqsadi esa, foyda olish bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.

Bir tomondan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbai sug‘urta fondi hisoblansa, ikkinchi tomondan, investitsiya faoliyatidan olingan foyda sug‘urta operatsiyalarini, zarar bilan ishlovchi sug‘urta turlariga dotatsiyalar, kadrlar tayyorlash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish va boshqalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari ham alohida xo‘jalik subyektlari hisoblanar ekanlar, ular ham o‘z xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus sug‘urta va boshqa fondlarni shakllantiradilar, jumladan nizom va amortizatsiya fondlari. Aksionerlik sug‘urta kompaniyalari nizom fondining egalari hisoblanadilar (ta’sischilar tomonidan berilgan mulk, jumladan aksiyalarni sotishdan olingan daromadlar). Mamlakatimizda qabul qilingan tartib bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari nizom fondining 20 % idan kam bo‘lmagan rezerv fondini yillik sof foydaning 5 % idan kam bo‘lmagan miqdordagi ajratmalar qilish orqali shakllantirishlari lozim.
Zahira fondlarni shakllantirishga zarurat sug‘urtaning xususiyatli belgilaridan biri bo‘lgan zararni vaqtlar bo‘yicha qoplash bilan asoslanadi. Sug‘urta hodisalarining to‘satdan ro‘y berishi sug‘urtalovchining mablag‘larini noqulay davrlarda zarar ko‘rgan xo‘jaliklarga yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qulay davrlarda jamg‘arishni talab etadi.Zahira fondlarini shakllantirishdan maqsad sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligining ta’minoti hisoblanadi, shakllantirish manbai esa – barcha to‘lovlar tushumlar bo‘yicha netto-stavkaning ishlatilmagan qismi hisoblanadi, vaholanki sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lashga qoplamalar sug‘urta xizmatining bahosi – tarif - aynan netto-stavka mo‘ljallangan. Joriy qulay yilda bevosita maqsad yo‘nalishida sarflanmagan to‘lovlarning netto-stavka qoldiqlari yildan-yilga sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishga joriy to‘lov tushumlari yetmaydigan noqulay yil kelguncha jamg‘arilib boradi.
Zahira fondlarining zaruriy hajmi sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning obyektiv talablari bilan asoslanadi. Bundan kelib chiqib, qayta sug‘urtalash sug‘urta portfelini moliyaviy barqarorligini oshirish va tavakkalchiliklarni tenglashtirish imkonini beradi, uni qo‘llash zahira fondlari hajmini sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Qayta sug‘urtalash qanchalik kuchli rivojlangan bo‘lsa, sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligini shunchalik kam zahira fondlari bilan ta’minlash mumkin.
Sug‘urta zahiralari vaqtincha bo‘sh turgan maxsus sug‘urta resurslari aylanmasi hisoblanib, unga sug‘urtalovchining daromadi sifatida qaralmaydi. Ular sug‘urta kompaniyalari uchun investitsiya faoliyati orqali, qaysiki tijorat maqsadlarida sug‘urta fondi mablag‘larini bir qismini ishlatish yo‘li bilan daromad olish manbai asosi hisoblanadi.Investitsiya faoliyatidan olingan mablag‘lar sug‘urta operatsiyalarini moliyalashtirishga shu jumladan, sug‘urta turlari bo‘yicha zararlarni qoplash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga va hokazolarga yo‘naltiriladi.
Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari sug‘urta operatsiyalaridan, investitsiya faoliyati va boshqalardan olinishi mumkin.Sug‘urta operatsiyalaridan daromadlar sug‘urta to‘lovlari asosida shakllanadi.Sug‘urta to‘lovi sug‘urta xizmatining sotish bahosini bildiradi, uni kalkulyatsiya bahosidan farqlash lozim.
Gosstraxning monopol faoliyati davrida kalkulyatsion baho bir vaqtning o‘zida sotish bahosi ham hisoblangan, u vaqtda to‘laqonli bozor munosabatlari bo‘lmagan. Bozor sharoitida kalkulyatsion baho bilan sotish bahosi mos kelmasligi mumkin. Sug‘urtalovchi brutto-tarifni hisoblayotganda sug‘urta xizmatining kutilayotgan qiymatini belgilaydi, sotish bahosi esa sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda aniq bo‘ladi. Sug‘urta xizmatining qiymati –obyektiv kattalikdir, baho esa qator omillar: bozor kon’yunkturasi, davlatning baho siyosati, sug‘urtalaovchilarning monopol kelishuvlari, kredit foizlarining dinamikasi va boshqalar ta’siri natijasida shakllanadi.
Sug‘urta to‘lovlari – bu sug‘urta tashkilotining birlamchi daromadi va mablag‘larning keyingi aylanishi asosi, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbai hisoblanadi.Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning to‘lovlari sug‘urtalovchilarda uzoq davr saqlanadi. Bundan tashqari sug‘urta tashkilotlarida zahira va rezerv fondlari shakllantirilib, o‘n yillab ishlatilmasligi mumkin. Bularning barchasi sug‘urtalovchiga mablag‘lardan investitsion maqsadlarda foydalanish asosini yaratadi.
Sug‘urtalovchining mablag‘lari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga turli shakllarda: bevosita investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa ko‘rinishlarda joylashtirilishi mumkin. Investitsion faoliyatdan olingan daromadlar sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlarni kompensatsiyalashga, sug‘urta ishini rivojlantirishga, xuddi shunday tijorat maqsadlarida yoki iste’mol uchun sarflanishi mumkin. Shunday tarzda sug‘urtalovchining sug‘urta xizmatlari uchun past baholarda ham yetarli rentabellikni saqlab turish mumkinI. Iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqi berilgan. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi.
Sug'urtada sug‘urta mukofotidan kelayotgan daromad ancha kamdir: aksariyat shartnomalar qisqa muddatlidir. Ya’ni mijozlar har yili sug’urtalovchini o‘zgartirishi mumkin.Investitsiyaning mazkur turining o‘ziga xos xususiyatilari quvidagicha ta’riflanishi mumkin;
-zaxiralar miqdori sug‘urta mukofotlariga qaraganda hayot sug‘urtasidagidan ancha kam;
- iqtisodiy qiyinchilik davrlarida sug‘urta qoplami o‘sish tendensiyasiga ega. Mijozlar mulkni beparvolik bilan ishlatishga majbur bo'ladi, transport vositalarini ishlatishda past xarajatlarga o'rganib qoladi va hakozo;
- noqulay omillar ko‘p hollarda hayot sug‘urtasiga nisbatan katta ahamiyatga ega;
- qayta sug‘urtalashga qaramasdan halokatli risk yuzaga kelishi mumkin.bu esa katta hajmda pul mablag‘larini tezkorlik bilan to‘lab berishni taqozo etadi.Oldini olish investitsiyaning ba’zi bir tamoyillari hayotda qo'llaniladigan hayot sug;urtasi tamoyillai-i bilan mos keladi. Shu bilan birga qo4shimcha holatlar ham mavjud:
- sug‘urta qoplamasini to‘lab berishda pullaming naqdligi katta ahamiyatga ega. Bu esa investitsiyalar qisqa muddatga kiritilishi yoki bo'lmasa ularni oson va tez pulga aylantirib olishni talab qiladi.
Masalan, moddiy mulkka kiritilayotgan investitsiyalar bu maqsadlarga to'g'ri kelmaydi.Shu bilan birga ba’zi sug'urta e’tirozlari masalan, mas’uliyatlikni sug‘urtalash bilan bog'liq e’tirozlar uzoq vaqt davomida to'liq toianmay turishi mumkin. Shu munosabat bilan investitsiya qilinmav turilishi mumkin. ammo ular real qiymatni saqlab qolishi va daromad keltirishi lozim. Mazkur usul daromad vig'ilishi va qoplamani to'liq to'lab berishi uchun kerak bo'ladi.Shuningdek halokatlilik riski qisqa muddatli portfelida qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlami ushlab turishga olib keladi. Mazkur qimmatli qog'ozlaming kursi kam tebranish xususiyatiga ega boTib, kapitalning yo'qotish ehtimolini kamaytiradi.Halokatli riskga kelganda ba?zi bir olimlar uni investitsion sohadagi yechimlarda inkor qilishni tavsiya etadi. Asosiy g‘oya shundatt iboratki, katta summa kerak bo‘lib qolganda bankdan overdraft olish maqqulroqdir. Overdraft qiymati uzoq vaqtdan key in majburiy yuqori likvidlik bilan bog‘liq boMgan omonat foizidan yo'qotishlardan kamroq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
"Sug'urta nazariyasi va amaliyoti"
I.X Abdurahmonov
"Sug'urta ishi" o'quv qo'llanma
X.Shennayev
Download 66.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling