Referat mavzu: Banklarning innovatsion loyihalari Guruh: 7 bi-2020 Bajardi: Nuraliyeva. B tekshirdi: Melikov. O


Download 32.29 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi32.29 Kb.
#1798416
TuriReferat
Bog'liq
Bank innovatsion


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
"Bank ishi va auditi"
yo'nalishi talabasi Nuraliyeva Barno
REFERAT
Mavzu:Banklarning innovatsion loyihalari

Guruh: 7 BI-2020
Bajardi: Nuraliyeva.B
Tekshirdi:Melikov.O
Reja:

1. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi

2. Innovatsion loyihalarning prognozlash

Maʼlumki, bugungi kunda dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilgʻor gʻoyalar, “nou-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib boryapti. Tan olishimiz kerak, maʼlum muddatda mamlakatimizda bu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar qoniqarli boʻlmadi.


Buni Prezident ham oʻz chiqishlaridan birida aytib oʻtar ekan, “Biz, avvalo, chetdan kredit va sarmoyalar olib kelish boʻyicha samarali tizim yaratishimiz, har bir kreditni aniq ishlatishni oʻrganishimiz lozim. Bu masalada yetti oʻlchab, bir marta kesadigan, oqibatini puxta oʻylab ish olib boradigan davr keldi.
Shu nuqtayi nazardan, davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash oʻta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun Oʻzbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish boʻyicha kuchli milliy gʻoya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur Oʻzbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim” deb taʼkidlagan edi.
Yurtboshimiz bu yoʻldagi dolzarb muammoni hal etishga oʻz lavozimiga kirishgan dastlabki yillardanoq qatʼiy kirishdi. Harakatlar strategiyasida aynan innovatsiyalar masalasiga alohida urgʻu berildi. Xususan, unda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Binobarin, Prezident tomonidan 2018-yilga esa Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili, deb nom berilib, shu boʻyicha davlat dasturi ishlab chiqildi. Shu asosda qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Eʼtiborlisi, bu boradagi amaliy izlanishlar, saʼy-harakatlar 2018-yilda tugab qolgani yoʻq, balki bugun ham zamon talablariga muvofiq jadal davom ettirilyapti. Quvonarlisi, mazkur strategik yoʻlda banklarning ham ishtiroki, ahamiyat oshib boryapti. Quyida shu haqda kengroq toʻxtalib oʻtamiz.
Maʼlumki, zamonaviy faol tadbirkorlik bu biznes faoliyatini innovatsion, yaʼni zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etish deganidir.
Prezidentimiz aytib oʻtganidek, “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish oʻrinlari yaratib, nafaqat oʻzini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz boʻlishi shart. Kerak boʻlsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tugʻdirib berishimiz lozim.
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yoʻliga oʻtmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan boʻlsak, uni aynan innovatsion gʻoyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qoʻydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda oʻziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz”.
Shulardan kelib chiqib, soʻnggi yillarda yurtimizda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonlarida banklarning salohiyatini ham kengaytirishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Natijada aynan banklar mazkur yoʻnalishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarining yaqin hamkoriga aylanib boryapti. Bu eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarni keng qoʻllab-quvvatlash misolida namoyon boʻlayotir. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borilayotgani ham katta rol oʻynamoqda. Zero, shu asosda sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga zamin yaratilyapti.
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali,bank xizmatlari koʻlamini yana-da kengaytirilmoqda. Ilgʻor axborot texnologiyalari asosida bank tizimi rivojlantirilyapti. Investorlar mamlakatimizda oʻzini imkon qadar erkin his qilishlari uchun barcha sharoitlar taqdim etilmoqda.
Pirovardida aytib oʻtganimizdek, moliyaviy loyihalarni moliyalashtirishda banklarning oʻrni tobora ortib boryapti. Respublikamiz hududlarida shamol va foto elektr stansiyalarini qurish, xususiy taʼlimni ravnaq toptirish, IT-parklar faoliyati, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligida klaster tizimini kengaytirish, yoshlarning ratsionalizatorlik salohiyatini yuzaga chiqarish borasida banklar yaqindan koʻmakchi boʻlayotgani fikrimiz tasdigʻidir. Bu borada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, bilan hamkorligimiz tiklandi, Yevropa investitsiya banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan oʻzaro hamkorlik ham samarali tus olayotgani eʼtiborga loyiq.
Oʻz navbatida Prezidentning tegishli Farmoni bilan yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar, venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari oʻzlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar boʻyicha, yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari boʻyicha 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy toʻlovlar toʻlashdan ozod qilindi. Bu ham bank va innovatsion loyiha egalari oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga, oʻzaro ishonchli muhitni rivojlantirishga katta turtki beradi.
Qolaversa, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, xususan, startaplar toʻgʻrisidagi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Bu kabi hujjatlar qabul qilinsa, bu banklarga ham foyda deb oʻylayman. Zero, shular asosida innovatsion loyihalar, gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi. Demakki, banklarning ham bu boradagi faolligi tubdan oshiriladi.
Tan olish kerak, maʼlum muddat zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan innovatsion loyihalar uchun banklardan kredit resurslar olishda qiyinchiliklar koʻp edi. Natijada innovatsiyalarga boʻlgan talab hajmining oʻsish surʼatlari maʼlum muddat sekinlashib qoldi. Texnologiyalar bozori, innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayoni ham yetarli darajada rivojlanmay qoldi. Chunki oʻsha paytlarda ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va innovatsion jarayonlarni banklar tomonidan moliyalashtirish tizimining mukammal tarzda shakllantirilmagan edi. Ekspertlarning aytishicha, qisqa muddatli kreditlar boʻyicha kapital qiymatining ancha yuqoriligi va garov boʻyicha taʼminot talablarining kattaligi ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirishni murakkablashtirib yuborgandi. Bu esa, ayniqsa, odatda yetarli garov taʼminotiga ega boʻlmagan, nisbatan kichik innovatsion korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlashda banklar faoliyatini kengaytirishga taʼsir koʻrsatadigan toʻsiqlarning katta qismi asosan meʼyoriy-huquqiy baza, xususan, garov taʼminoti boʻyicha masalalarning mukammal ishlab chiqilmagani bilan bogʻliq edi. Garov mulkini undirish va musodara qilish tartibi, shuningdek, garovni mijozning roziligisiz sotib yuborish huquqining mukammal emasligi; musodara qilingan garovni tez va kam xarajatlar bilan sotib yuborish mexanizmlarining ishlab chiqilmagani; garovning narx qiymatini obyektiv baholash; garov mulkiga soliq solish muammosi shular jumlasidan edi. Kredit tizimini rivojlantirishda loyihalarni birgalikda moliyalashtirish imkoniyatining yuqligi ham toʻsiqlar qatorida edi. Sababi mazkur omil banklar uchun tavakkalchilik darajasini oshirib, yirik loyihalarni amalga oshirish uchun korxonalarning kredit resurslarini izlab topishida qiyinchiliklar tugʻdirardi. Soʻnggi yillarda aynan ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar izchil olib borilyapti.
Bank-kredit tizimini kengaytirish uchun nisbatan maqbul sharoitlar yaratish, innovatsion korxonalar uchun kreditlar olishni yengillashtirish boʻyicha tatbiy etilayotgan chora-tadbirlar buning tasdigʻidir.
Bu borada samaradorlikni oshirish uchun yana nimalar qilish kerak? Bank sohasi mutaxassislari bu borada jahon amaliyotini misol qilib keltirishadi.
Gap shundaki, ilgʻor davlatarda hozirgi kunda yangiliklar yaratish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadiga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni amalga oshirishda ragʻbatlantiruvchi imtiyozlar portfeli joriy etilgan. Masalan, foydadan olinadigan soliq boʻyicha, yangi jihozlar va qurilishlarga ajratiladigan kapitalga, ilmiy-texnik ishlanmalar uchun xarajatlarga mos imtiyozlar beriladi. Jadallashtirilgan amortizatsiya hisobi, odatda ilmiy tadqiqotlarda qoʻllaniladigan asbob-uskunalarning alohida turlari uchun sarflarni joriy xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Kichik innovatsion korxonalar uchun past stavkalar boʻyicha foyda yoki daromad soligʻi solishdan keng foydalaniladi.
Shunday ekan, innovatsiyalar uchun investitsiyalarni faollashtirishni ragʻbatlantiruvchi qulayliklar yaratib berish davlatning taraqqiyot strategiyasida asosiy oʻringa chiqishi kerak. Bu davlatning yaratuvchi va tartibga solib turuvchi rolini kuchaytirish bilan bogʻliqdir. Binobarin, u jamiyatning fan va texnikani rivojlantirish muammolariga munosabatini belgilab berishga qodir siyosiy kuch, bu boradagi fundamental huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun chiqaruvchi organ sifatida namoyon boʻlishi kerak. Oʻz navbatida xususiy kapitalni innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etishga yordam beradigan muhit tashabbuskori va yaratuvchisi, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalarga oʻtish tashkilotchisi, mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham patent himoyasini taʼminlash boʻyicha kuchli yuridik tizim sifatida oʻzini koʻrsatishi lozim.
Banklar esa aynan mazkur strategik vazifalarni amalga oshirishda davlatga, ishbilarmonga, jamiyatga eng yaqin koʻmakchi boʻlishi shart. Shundagina mamlakatning innovatsion taraqqiyotini xalq farovonligini yuksaltirish, har bir shaxsning zamonaviy yutuqlardan foydalanishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash, manfaatlar muvozanatini saqlashga yoʻnaltirish mumkin.
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard so‘mni;
2023-yil 1-sentabrdan e’tiboran ikki yuz milliard so‘mni;
2024-yil 1-apreldan e’tiboran uch yuz ellik milliard so‘mni;
2025-yil 1-yanvardan e’tiboran besh yuz milliard so‘mni tashkil etishi kerak”
“Tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, bank tashkil etilayotgan yoki qayta tashkil etilayotgan kundagi bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Banklar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlarda o‘z ustav kapitali miqdorini mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtirishi kerak. Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lgan banklar norezidentlarga davlat ulushini to‘liq sotish orqali xususiylashtirilganda Markaziy bank boshqaruvi bank ustav kapitalini mazkur moddaning birinchi qismida belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirish bo‘yicha belgilangandan boshqa muddatlarni o‘rnatishga haqli”;
hi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor qilish hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘ida axborot taqdim etish nazarda tutilmaydigan davlatda yoki hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar va shunday davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar bankning muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas (bundan chet el fond bozorlarida bank aksiyalarini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar mustasno)”;
Download 32.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling