Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti
<>
fakulteti 5BB-20 guruh talabasi
Ro'zimov Nodirbekning
Biznesni boshqarish asoslari fanidan
REFERAT
Mavzu: Biznesni tashkil etish
Reja:
1.Biznesni tashkil etish tartibi;
2.Biznesni tashkil etishning xususiyatlari va ularning mazmuni;
3.Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash;
4.Biznesni qayta tashkil etish va yopish tartibi.
I. Biznesni tashkil etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, biznes faoliyatilar to‘g‘risidagi, xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlarda ko‘p ukladlilik asoslari belgilanib, ular mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligini qaror toptirish, mulkdorlarning huquqlarini qat’iy himoyalanishi, xususiy mulkni yanada himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgandir. Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub biznes faoliyatilarni barpo etish, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy xujjatlarda keng yoritib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi biznes faoliyatilarga bo‘linadi:
-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy) mulkiga asoslangan biznes faoliyati;
-jamoa mukiga asoslangan jamoa, oila, maxalla, ishlab chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli; jamoat tashkilotlarining, diniy tashkilotlarining va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan biznes faoliyati;
-davlat mulkiga asoslangan respublika davlat, Qoraqalpog‘iston respublikasi davlat korxonalari, kichik va xususiy, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaxar davlat korxonalari, kichik va xususiy biznes faoliyatlarining boshqa turlari;
-to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma biznes faoliyatilar) respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy xuquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan biznes faoliyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |