Referat tayyorladi: bozorova sohiba


Download 10.13 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1466018
TuriReferat
Bog'liq
BOZOROVA SOHIBA


XALQARO NORDIK UNIVERSITETINING 1-BOSQICH TALABASI BOZOROVA SOHIBANING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI
REFERAT
Tayyorladi: BOZOROVA SOHIBA
Gmail (Google Mail dan, gmeyl yoki jmeyl deb oʻqiladi) — AQShning Google kompaniyasi tomonidan bepul elektron pochta xizmati. Elektron pochtani veb interfeysi va POP3S protokoli orqali tekshirishga imkon beradi.
Gmail 2004-yilning 1-aprelidan ishga tushdi. Boshida faqat AQShda yashovchilar hisob yaratish huquqi bor edi. Hozirda esa xohlagan foydalanuvchi hisob yaratishi mumkin.
2012-yilning oktabr oyida Gmail servislari Hotmail va Maykrasoftga tenglashdi[1].. Uning foydalanuvchilari 450 millionga yetdi.
Asosiy qism:6 gigabaytdan ortiq hajmdagi xatlarni saqlash uchun disk fazosi (2008-yilning 25-yanvariga maʼlumot). Bu ko`rsatgich har kuni avtomatik ravishda o`sib bormoqda. Shunga qaramay, bir xatning hajmi 20 megabaytdan ortmasligi kerak.
Avtosaqlanish. Xat yozilayotganda har daqiqada xatlarning nusxalari saqlanadi. Bu imkoniyat yozilgan xatingiz elektr tarmog`i bilan muammo bo`lgan taqdirda ham, yozayotgan xatingiz to`liq saqlanib qolishini taʼminlaydi.
Google katta qidiruv tizimi hisoblanib, u dunyoda qidiruv tizimlari boʼyicha birinchi oʼrinda turadi. Unda oʼzining xizmatlari va saytlari uchun yagona kirish akounti yaʼni hisob qaydnomasi bor, u gmail.Com elektron pochtasi hisoblanadi. Unda siz registratsiyadan oʼtgan boʼlsangiz, google xizmatlaridan va saytlaridan toʼliq foydalana olasiz.
Eslatma: har bir qurilma uchun alohida regirtratsiya kerak, bu deganda yangi boshqa registratsiya kiritish kerak degani emas, shunchaki o'sha registratsiyani, har bir qurilma uchun alohida kritish kerak, xohlasangiz har bir qurilma uchun alohida registratsiya kiritishngiz mumkin, hozir biz uchun registratsiya bu gmail.com elektron pochtasi hisoblanadi.

Gmail.com elektron pochtasini yaratish

1.Birinchi biz Sozlamalar(Настройки) ga kiramiz.
2.Hisob qaydnomalari(Аккоунты) ga kiramiz.
3.Google ni tanlaymiz.
4.Bizdan so'raladi:
1.Ochilgan hisob qaynomasini tiklash(Существующый), agar siz avval hisob gaydnomasi(gmail.com) ochgan bo'lsangiz, unda siz tayyor ochilgan hisob qaydnomasini tiklashingiz mumkin, buning uchun siz elektron pochta nomi va paroli bilsangiz bo'ldi, unda siz albatta elektron pochtani tiklashiz mumkin.
2.Yangi hisob qaydnomasini yaratish(Новый), unda siz yangi hisob qaydnomasi(gmail.com) yaratishiz mumkin, agar siz biron marta ham hisob qaydnomasi ochmagan bo'lsangiz, albatta hisob qaydnomasi ochishingiz shart va zarur, unda siz bilan hozir hisob qaydnomasi ochishni ko'rib chiqamiz:
Eslatma: Elektron pochta ohish uchun internetiz yongan bo'lishi kerak va internet trafigiz bo'lishi kerak.
1.Yangi hisob qaydnomasi yaratish bandini tanlaysiz.
2.Имя:Ismingizni va Фамилия:familiyangizni kiritasiz.
3.Yozish maydoniga elektron pochtangiz uchun nom yozasiz.
4.siz bergan nom bo'yicha elektron pochta ochilganmi yoqmi shu tekshiriladi.
5.Agar siz bergan nom bo'yicha elektron pochta ochilgan bo'lsa, unda bu haqida xabar chiqariladi va siz keyin boshqa nom ostida elektron pochta ochishingiz kerak bo'ladi.
6.Agar siz bergan nom bo'yicha elektron pochta ochilmagan bo'lsa, unda keyingi oynaga o'tiladi.
7.Endi siz bu oynada elektron pochtangiz nomini qayta kiritasiz(o'sha nomni yozishingiz kerak.) va elektron pochtangizga parol qo'yasiz(esingizdan chiqmaydigan parol qo'ying, sababi telefonizga biron narsa bo'lsa yoki boshqa telefon oladigan bo'lsangiz, unda shu elektron pochtadan foydalanishingiz mumkin, buning uchun siz elektron pochta nomini va parolini bilishingiz kerak bo'ladi.)
8.Endi siz chiqqan oynadan savol tanlaysiz va u savolga javob berasiz.
9.Elektron pochtangiz google ni bazasiga kiritlgancha 5 minut kutib turasiz.
10.Elektron pochta ochilgandan keyin sizga xabar beriladi va siz keyin quyidagi dasturlardan foydalanishingiz mumkin bo'ladi: Play market(google.play.com), Youtube(youtube.com), Play knigi, Play filmi, Google+, gmail, Play magazin.

Play market - bu dasturdan siz dasturlar va o'yinlar yuklab olishiz mumkin, bu dasturda dasturlar va o'yinlar juda ko'p.

Siz play marketga kirganizdan keyin menyudan sozlamarga kirib, avto yangilashni o'chirib qo'ying, sababi: play market telefonni o'zini dasturlari va boshqa telefonga o'rnatilgan dasturlar avtomatik yangilaydigan qilingan bo'ladi, bunda play market sizni internet trafigizni bir zumda 100-200 mb ham yeb tashlaydi.

Youtube - Bu dasturdan siz videolar tomosha qilishiz mumkin, hamma videolar internet foydalanuvchilari tomonidan joylanadi, siz ham video joylashiz mumkin.

Play knigi - bu dasturdan siz kitoblar yuklab olishiz mumkin, bu dasturda kitoblar juda ko'p.

Play filmi - bu dasturdan siz kinolar ko'rishingiz mumkin, bu dasturda kinolar juda ko'p.

Google+ - bu google kompaniyasining ijtimoiy tarmog'i hisoblanadi, undan siz foydalanmaganingiz yaxshi, sababi: u faqat amerikada ishlatiladi, o'zbekistonda foydalanuvchilari juda kam.

Gmail - bu dasturdan siz elektron pochtangizga kelgan xabarlarni o'qish uchun foydalanasiz va biror kimning elektron pochtasiga xabar yuborishingiz mumkin, xabarda siz matn, rasm, video va boshqa xil ko'rinishdagi ma'lumotlarni jo'natishiz mumkin, xabarda cheksiz ma'lumot yozib bo'lmaydi, xabarda ma'lumot joylashning chegarasi bor.


Foydalanilgan adabiyotlar:
Internet.
Gmail.uz
Download 10.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling