Referati mavzu: O`zbekiston ovozi gazetasi Reja: I. Kirish. "O`zbekiston ovozi" gazetasi tarixi II. Asosiy qism


Download 119.79 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2021
Hajmi119.79 Kb.
#170278
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Gulrux referat


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistikasi fakulteti Jurnalistika faoliyat turlari bo`yicha yo`nalishi 1”V”- guruh talabasi Rimbayeva Gulruxning Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi fanidan “ O`zbekiston ovozi ” mavzusida yozgan


REFERATI

Mavzu: O`zbekiston ovozi gazetasi

Reja:

I.Kirish. “O`zbekiston ovozi” gazetasi tarixi



II.Asosiy qism:

1.Gazetadagi ijtimoiy-iqtisodiy maqolalar

2.Gazetadagi siyosiy maqolalar

3.Gazetada parlament hayoti aks etgan maqolalar

4.Gazetadagi madaniyat sohasiga oid maqolalar

III.Xulosa: “O`zbekiston ovozi” gazetasining boshqa matbuot nashrlaridan farqi

Keyingi yillari Oʼzbekistonda matbuot sohasida katta oʼzgarishlar boʼldi. Buning asosiy sabablaridan biri davlatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bogʼliq. Sababi, mustaqillikdan keyingi yillari oʼquvchilarning nashrlarga boʼlgan talablari ham oʼzgardi, shu tariqa nashrlarni ham ushbu talablarga moslashishga harakat qilinmoqda. Yaʼni auditoriyaning xususiy qiziqishlarini inobatga oladigan gazetalar soni ortib ketdi.

Oʼzbekistonda nashr etiladigan gazetalarni quyidagi gazetalar tarmoqlarini ajratib koʼrsatish mumkin.

- Ijtimoiy-siyosiy nashrlar

- Iqtisodiy, ishbilarmonlar, moliya sohasi nashrlari

- qishloq xoʼjaligi va fermerlik harakat boʼyicha nashrlar

- ilm va taʼlim sohasi nashrlari

- sogʼliqni saqlash va salomatlik haqida gazetalar

- koʼngil ochar nashrlar va daydjestlar

- xotin-qizlar uchun nashrlar

- sport nashrlari

- satirik nashrlar

- kechki nashrlar

- siyosiy partiya nashrlari

- milliy tallardagi nashrlar



Oʼzbekistonda partiya nashrlari ham oʼz mavqeiga ega, partiya nashrlari sifatida “Oʼzbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana”, “Milliy tiklanish”, “XXI asr”, “Аdolat”. Men hozir mana shu siyosiy partiya nashrlaridan Milliy tiklanish partiyasi nashri bo`lmish “O`zbekiston ovozi” gazetasiga to`xtalib o`tmoqchiman.

"OʻZBEKISTON OVOZI" — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Gazeat ikki tilda: o`zbek va rus tillarida chiqadi.O`zbek tilidagi nashri haftada 3 marta, rus tilidagi nashri — "Golos Uzbekistana" esa 1 marta chiqadi.

«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida chop etiladi. Korxona manzili: Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy.

Gazeta ofset usulida, A-2 formatida bosiladi.

Hajmi — 4 bosma taboq.

Shiori: Shu aziz Vatan - barchamizniki!

Dastlabki soni 1918 yil 21 iyunda — "Ishtirokiyun" ("Kommunist") nomi bilan chiqqan. Keyinchalik "Qizil bayroq" (1920), "Turkiston" (1922), "Qizil Oʻzbekiston" (1924), "Sovet Oʻzbekistoni" (1964) nomlarida nashr etilgan. 1991 yildan hozirgi nomada chiqa boshladi. Gazetaga turli yillarda U. Eshonxoʻjayev, Qamchinbek, K. Aliyev, Q.Sorokin, M. Shermuhammedov, M.Romiz, M. Hasanov, V. Rahimiy, A. Xudoybaxtov, M. Usmonov, R. Majidiy, A. Oʻrazayev, R. Abdurahmonov, S. Azimov, 0. Abdurahmonov, S. Rajabov, H.Gʻulomov, Sh. Rashidov, M. Qoriyev, L.Qayumov, Oʻ. Usmonov, R. Rahmonov, Sh. Ubaydullayev, A. Suyun va boshqalar muharrirlik qilgan.

Oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasining ulkan namoyandalari — Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya va boshqalar oʻzlarining ilk ijodlarini shu gazeta sahifasida eʼlon qilganlar.

Hayotning barcha sohalarida boshlangan islohotlar mohiyatini ochib berish, istiqlol siyosatini xalq qalbiga olib kirish, yangicha ong , yangicha tafakkurni shakllantirish, mustaqillik mafkurasini yaratish — gazetaning asosiy vazifasidir. Siyosat, maʼnaviyat va maʼrifat, parlament va huquq, ijtimoiy hayot va iqtisodiyot, ekologiya va sihatsalomatlik, sport va harbiy vatanparvarlik, xatlar va ommaviy ishlar hamda tijorat boʻlimlari bor. Mamlakatning barcha viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oʻz muxbirlariga ega. Adadi 10000 (2005). Bosh muharriri Safar Ostonov (2002 yildan)

Gazetaning har bir sonida ijtmoiy-iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan maqolalar berib boriladi. Jumladan gazetaning 2020-yil 18-noyabr sonida “Yong`in xavfsizligi qoidalari” nomli maqola nashr qilindi.



Barcha maʼmuriy maskanlarda, ishlab chiqarish, ombor va yordamchi binolarning koʼrinadigan joylarida yongʼin oʼchirish xizmatining telefon raqamlari koʼsatilgan yoʼriqnoma oʼrnatilishi shart.

Barcha muassasalarda buyruq (farmoyish) asosida yongʼin xavfsizligi talablariga javob beradigan tartib oʼrnatilishi kerak. Unda xususan quyidagi koʼrsatmalar boʼlishi talab etiladi:

chekish uchun maxsus joy ajratilishi;

bir vaqtning oʼzida saqlanishi mumkin boʼlgan yonuvchi materiallarning saqlanish joyi va ularning miqdori;

yonuvchi chiqindi va ish kuni tugashi bilan elektr uskunalarini elektr tarmogʼidan uzib qoʼyish tartibi;

vaqtinchalik ochiq olovdan foydalanish, payvandlash yoki boshqa turdagi yongʼin chiqish xavfi bor ishlarni bajarish tartibi va vaqti;

ish kuni tugugandan soʼng xonalarni koʼzdan kechirish va eshiklarni qulflash;

yongʼin xavfsizligi xizmatchilarining harakati;

yongʼin xavfsizligi boʼyicha yoʼriqnoma berish, dars oʼtkazish tartibi va vaqt, tadbirlarni oʼtkazishga javobgar shaxslar tayinlanishi.



Bir vaqtning oʼzida qavatda 10 kishidan ortiq odam boʼladigan bino inshootlarida (yashash uylaridan tashqari) yongʼin haqida xabar beradigan moslama oʼrnatilishi, yongʼin vaqtida binoni tark etish rejasi ishlab chiqilib, koʼrinadigan joyga oʼrnatilishi kerak.

Аholi koʼp yigʼiladigan maskanlar rahbari (50 kishidan koʼp) yongʼin vaqtida binoni tark etish chizmali rejasi bilan birgalikda xizmatchilarning tez binoni tark etishiga koʼmaklashadigan yoʼriqnoma ishlab chiqishlari hamda ishga jalb etilgan barcha xizmatchilar ishtirokida ushbu yoʼriqnoma boʼyicha kamida yarim yilda bir marotaba amaliy mashgʼulot oʼtkazishlari kerak.

Tungi vaqtda aholi koʼp boʼladigan maskanlarda (kasalxonalar, bolalar bogʼchalari, maktab-internatlar va boshqalar) yoʼriqnoma ikki xil turdagi — kunduzgi va tungi variantda boʼlishi kerak.


Download 119.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling