Referati namangan 2023 yil mavzu: Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari


Download 94.96 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2023
Hajmi94.96 Kb.
#1795973
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
E’STETIK TARBIYANING TURLARI VA YO\'NALISHLARI ..





TURAN INTERNATIONAL UNIVERSITY
BOSHLANG’ICH TA’LIM
23-AU GURUH TALABASI
QAMBARALIYEVA GULNOZANING


E’STETIK TARBIYANING TURLARI VA YO'NALISHLARI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


REFERATI


NAMANGAN 2023 YIL
Mavzu: Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.
Ta’lim berish texnologiyasining modeli


zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil “ Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan Shunday fikrlarni o’qish mumkin: yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdirBu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb-hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidirMustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ko’proq o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularga yangi tushuncha, ya’ni Davlat Ta’lim standartlaridagi 1-komponent bilim berishga e’tibor berilmoqda. Shu yo’nalishga qaratilgan turli xil zamonaviy usullardan foydalanish shakllari tavsiya etilmoqda.Insoniy kamolotni ta’minlashda o’quvchilarning o’z ishtiroki ularning bilim olish va tarbiyalanish yo’lida bevosita qatnashishi masalasi yangilanayotgan milliy pedagogikada dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Buning uchun ta’lim va tarbiya jarayonida qatnashayotgan har bir bolaning ongli extiyoji va ichki qiziqishini uyg’otish talab qilinadi. Bunday extiyoj va qiziqish esa faqat mustaqil, erkin fikrli kishida bo’ladi.


Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o`quvchilarining qobiliyatlarini to`liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o`quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo`lga qo`yadi. Sinf rahbari deganda o`quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo`lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi, o`quvchilarini to`g`ri tarbiyalash jarayonida o`quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishi va sinf rahbari tomonidan o`quvchilarga e`tiborliroq bo`lishi kerak.O`quvchilar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yish hamda o`quvchilarning o`sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Sinf rahbari qiladigan ishlari hujjatlarini olib boradi va uni maktab ma`muriyatiga taqdim etad SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar.O’quv mashg’ulotning maqsadi: Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim.
Talabalarni kishik guruhlarga bo’lib, mavzu bo’yisha savollarni beradi.
2. Ko’rgazmali plakatlardan foydalanadi
3. Slaydalar, mul’timyedialardan foydalanadi
5. Mavzular asosida byerilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va hulosalaydi, faol ishtirokshi talabalarni rag’batlantiradi va umumiy baholaydi
SHaxsni estetik hamda badiiy jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan. «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul qilishdan maqsad ham insonparvar jamiyat qurishdek ulug‘vor vazifani amalga oshirishga qaratilgan. CHunonchi, «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu o‘z navbatida, fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni estetik jihatdan tarbiyalash bugungi kunning zaruriy talabi ekanligidan dalolat beradi.Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida qayd etib o‘tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda”.
Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta’sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko‘ra, avvalo: narxining arzonligi; asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo‘lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag‘ishlaydi;- chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma’naviy va jismoniy olamining uyg‘un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi ko‘rinishi, uning jamoat orasida o‘zini tutishi, jismoniy baquvvat bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. SHubhasiz, yuksak did ma’lum darajada kishining estetik tarbiya ko‘rganidan dalolat beradi.2. “Ommaviy madaniyat” aksariyat xollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo‘q “badiiy” filmlar ham ko‘payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, anna shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushad. “Ommaviy madaniyat”ning illat sifatida namoyon bo‘lishi:
1.“Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o‘zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san’at” namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, balki pullaydi ham.
2.Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.
3.Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
4.U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi ham bora-bora bir o‘lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o‘y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.5.SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6.“Ommaviy madaniyat” o‘z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma’rifatparast”lik g‘oyalari asosida o‘ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‘rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o‘zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so‘zlar”ga tayanilishi orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz.“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. SHuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. 3.Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati psixologik jihatlar. Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin.
1. Sezgilar. Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash qobiliyatiga ega2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. SHuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‘ladigan joylarga o‘rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas.
3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham xaridorlarni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.
4. YAshirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko‘pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan.2. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvch
muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning
estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan
foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda
bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish
ko’nikmalarini hosil qilish o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning
ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi,
o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda
insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aksetadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik
tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga
muvofiq bo’lmaydi.Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaningmuhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda.
Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini,
tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi orloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda
estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki
ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur.aholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar
yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni
o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai
fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish,
nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat
bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi,
farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi ushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat akkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik
tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan
va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm
chiqarish adolatdan emas. Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalarbor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin. 1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksizyozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi. 3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar
orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda
ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin
ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga
olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi
yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin.
Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda
“Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech
ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi
isbotlab beradi. Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yoʻnalishlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning sixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni oʻrganadi. Har ikkala fan uchun umumiy boʻlgan sanʼat psixologiyasi va badiiy ijod ixologiyasi degan maxsus yoʻnalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning oʻzaro munosabatlarida sanʼatni hamkorlikda oʻrganish masalalari muhim. Sanʼat asari alohida inson shaxsiga eʼtibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uchun oʻziga xos material boʻlib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan sanʼatning oʻzaro aloqalarini, sanʼatning ijtimoiy vazifalarini; sanʼatkorning jamiyatdagi oʻrni, mavqei, kitobxon shabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida sanʼatlar va sanʼat asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni oʻrganish uchun Estetika va sanʼat sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va sanʼat doimo bir-birini toʻldirib keladi, koʻp hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti boʻlib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi oʻlaroq, sanʼat asarining oʻziga xos koʻrinishi — diniybadiiy asar vujudga keldi. Mas, Shohizinda meʼmoriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning "Muqaddas oila" asari, "Abu Muslim jangnomasi" qissasi va boshqalar Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. Estetikaning pedagogika bilan bogʻliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; ped. ham estetik tarbiya bilan shugʻullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil qismlarga boʻlingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Mas, maktabgacha tarbiya, oʻquvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va h.k. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini ishlab chiqadi — inson tugʻilganidan boshlab, to oʻlimigacha oʻtadigan umr bosqichlari uchun taalluqli boʻlgan tarbiya falsafasi sifatida ish koʻradi. Estetikaning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Maʼlumki, har bir sanʼat asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon boʻladi, yaʼni bilish va baholash natijalari boʻlmish semiotik hamda pragmatik axborotni oʻzida mujassam qilgan sanʼat asari oʻsha axborotni yetkazib berishga ham moʻljallangan; u sanʼat turiga qarab turlicha belgilar — harflar, chiziqlar, notalar va h.k. orqali amalga oshiriladi. Sanʼatning semiotik belgilar bilan bogʻliq ana shu tomonlarini — kommunikativvositachilik jihatlarini semiotika oʻrganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy yondashuv ham mavjud. Shuningdek, Estetika barcha sanʼatshunoslik fanlari hamda tabiat Estetikasi nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika bilan aloqadorlikda ish koʻradi.
Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa" singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh ilgari surilgan estetik gʻoyalar keyinchalik Hindistonda, undan soʻng Yunonistonda Estetika rivojiga taʼsir koʻrsatdi. qadimiy Sharkdagi estetik gʻoyalar dastlab foydalilik (nima foydali boʻlsa — oʻsha goʻzal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu boʻlsa — oʻsha goʻzal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari, ayniqsa, Aristotel goʻzallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi; bu jihatdan uning "Poetika" ("Sheʼriyat sanʼati") asari eʼtiborga molik. Oʻrta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu gʻoyalarni takomiliga yetkazib, yangi bosqichga koʻtardi; Uygʻonish davri va Yangi davr Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos boʻlib xizmat qildi. Estetika Byork, D.Yum, I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol koʻrish mumkin. Mas, Kantning goʻzallik haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil — goʻzallikning begʻaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning obʼyekti ekanligi (Gʻazoliy); goʻzallikni oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, goʻzallik biz uchun oʻzini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan soʻng nemis ratsional Estetikasida Shiller, Shelling, Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun ahamiyati katta boʻldi. Shopengauer, Nitsshe, Diltey singari noratsional yoʻnalishdagi faylasuflarning estetik qarashlarida ham oʻziga xos yangi gʻoyalar ilgari surildi, mas, Shopengauer Estetikaga yangi — "qiziqarlilik" kategoriyasini kiritdi, Nitsshe esa sanʼatni ikki — apolloncha va dionisiycha turga ajratib oʻrganishni taklif etdi. Eng yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung taʼlimotida sanʼat asari va sanʼatkorning oʻzaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida oʻrganilishi olgʻa tashlangan yangi qadam boʻldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda goʻzallik va sanʼatning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va turmush Estetikasiga ham jiddiy eʼtibor berilmoqda; xulqiy goʻzallik muammosi yanada muhim oʻrin egallay boshladi.Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik (Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila" (1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Estetikaga alohida eʼtibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi. Hozirgi vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, EstetikaUmarov, A.Sher, B. Husanov). Oʻzbekiston milliy un~tida Estetika yoʻnalishi boʻyicha magistratura faoliyat koʻrsatmoqda, shu yoʻnalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy ishlar muntazam olib boriladi.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning
necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy
negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni



Download 94.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling